biokimyoviy jarayonlar ro'y beradi. Asosiylardan biri sut shakari laktozaning o'zgarishidir.
Sut kislotasi ishlab bergan fermentlar ta‘sirida sut shakari sut kislotasiga aylanadi. Bu
jarayon kislota tomizg'ilari qo'shgandan boshlanib, pishloqqa shakl berish, presslash,
Sut kislotasi tomizg‗ilari tarkibiga kislota hosil qiluvchi va xushbo‗y moddalar
ishlab beruvchi bakteriyalar solinadi. Ular pishloqda efir, spirt, karbonil, karbonat
angidrid kabi aromatik moddalar hosil qilib, o‗ziga xos yoqimli hidini ta‘minlaydi. Pishloq
kesimida ko‗zchalar g‗ovaklarning hosil bo‗lishida esa karbonat angidridning roli juda
Pishloqning yetilishida hosil bo‗ladigan sut kislotasi xamirining tuzilmasiga katta
ta‘sir ko‗rsatadi. Kislotaning hosil bo'lishi bilan sutning ivishidan yuzaga keladigan
parakazeindan kalsiyni sut kislotasining biriktirib olishi kuchayadi. Natijada, pishloq
massasida erkin parakazein, monokalsiy parakazeinat, dikalsiy parakazeinat moddalari
hosil bo‗ladi. Bu moddalaming suvni biriktirib bo‗kish darajasi har xil bo‗lganligi sababli
pishloq xamiri ba‘zan cho‗ziluvchan va uqalanuvchan konsistensiyaga ega bo'ladi. Demak,
pishloq tarkibida kerakli me‘yorda sut kislotasining yig‗ilishi, ularning eng yaxshi
konsistensiyasini ta‘minlaydi. Kislotali bijg'ish keyingi jarayonlarning, xususan-
oqsillaming gidrolizlanish jarayoniga ham katta ta‘sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: