Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
Pishloqning yetilishi juda murakkaboarayon hisoblanadi. Maxsus "pishloq saqlaydigan
omborxonalarda _ esa sovuq va issiq kameralar mavjuddir. Kameralar maxsus moslamalar bilan jihozlangan bo‗lib, stellajlar tokchasiga pishloqlar terib qo'yiladi. Stellajlarga esa termometr hamda psixrometrlar o'rnatilgan. Ular havoning harorati va nisbiy namligini juda aniqlikda o`lchab turadi. Kameralarda pishloqlar shirdon va mikroorganizmlar ishlab chiqargan fermentlar ta‘sirida yetiladi. Pishloq mikroflorasi sut mikroflorasidan va shirdon tomizg‗ilari mikroflorasidan hamda sut kislotasi bakteriyalarining sof tomizg‗isidan ibo ratdir. Pishloq yetilishining mohiyati hammasi uchun bir xil boisa -da, ular yetilishining o‗ziga xos xususiyatlari bo‗ladi. Masalan, «Gollandskiy» pishlog'i 75 kunda yetilsa, shveysar pishlog`ining yetilishi uchun 180 kun zarur bo'ladi. Buning boisi, pishloq donalarining katta yoki kichikligida emas, balki ulardagi mikroorganizmlar bilan uzviy bog'liqdir. Pishloq yetilishi jarayonida nazorat
qilib turiladi. Kislorodli sharoitda mikroorganizmlar yaxshi rivojlanib, pishloq yuzasida zamburug' va yopishqoq moddalar hosil qiladi. Agar bular yuvib tozalanmasa, pishloq qobig'ini yemiradi, ularda begona hid hamda ta‘m paydo bo'ladi. Shu sababli pishloqlar vaqti-vaqti bilan yuvilib, tozalab turiladi. Ikkinchidan, ular shaklini saqlash uchun aylantirib turiladi. Ko'pc hilik hoilarda qurib qolishdan va qobig'ining holatini saqlash maqsadida pishloqlar parafinlanadi. Bu ishni yetiltirishga yuborgandan so'ng bir oy o'tgach amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun parafin maxsus idishlarda 150°C da qizdirilib eriti ladi. Keyin esa maxsus ushlagich yordamida pishloq donasi parafin eritmasiga 2 —3 soniya davomida botirib olinadi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling