Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#264536
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
sut bo'cha

esa 28,5—35,0  %ni tashkil etadi.  

Shuningdek,  germetik  berkitilgan,  quyultirilgan  sutning  1  gramida  ichak 

tayoqchasi bakteriyalari bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi.  

Bankasi  shishib  ko‗tarilgan  (bombai).  teshilgan,  oqib  chiqqan  jeyfefi  bo'lgan, 

zanglagan,  temir,  yem-xashak  hidi  yaqqol  sezilib  turadigan  konservalar  sotuvga 

chiqarilmasligi kerak.  



Quruq sut. Quruq sut tarkibida ko‗p  miqdorda qimmatli oqsil  moddalari, kalsiy  va 

В  guruh  vitaminlari  mavjudligi  uchun  yuqori  ozuqaviy  ahamiyatga  ega.  Quruq  sutlarni 

ishlab  chiqarish  tabiiy  sut  tarkibidagi  suvning  95-97  %ni  bug'latish  yo'li  bilan 

mahsulotdan  chiqarib  yuborishga  asoslangandir.  Sut  tarkibidagi  suv  miqdorini 

belgilangan  darajagacha  kamaytirish  mikroorganizmlarning  yashash  sharoiti  uchun 

noqulay sharoit tug‗diradi. Ular bu sharoitda uzoq muddat saqlanganda, qirilib ketadi.  

Quruq  sut  me‘yorlashtirilgan,  yog'i  olinib  pasterizatsiya  qilingan  sutdan  uni 

vakuum-apparatlarda  quyultirib,  keyin  esa  namligini  4 -7  %ga  kelguncha  quritish  yo‗li 

bilan  olinadi.  Quritishning  ikki  xil  usuli  mavjud:  purkash  (issiq  havo  massasiga)  va 

issiq barabanlar sirtiga surkab, ya‘ni plyonka hosil qilib quritish.  

Purkash usuli bilan quritilgan sut yuqori ta‘m va eruvchanlikka egadir. Bu usulda 

sut  mayda  zarrachalar  holida  issiq  havo  bilan  to‗qnashadi.  Natijada,  yuqori  darajada 

namlikni  tutib  turish  xususiyatiga  egabo'lgan  havo  sutdagi  suv  bug'larini  o‗ziga 

singdirib,  uning  tarkibidagi  suvning  keskin  kamayishini  ta'minlavdi.  Natijada,  sut 

kukunlari hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan kukunlar sovitilib, germetik idishlarga joylanadi.  

Plyonka  usulida  esa  pasterizatsiya  qilingan  va  quyultirilgan  sut  maxsus  quritish 

moslamalariga  yupqa  qilib  surkaladi,  natijada,  uning  yuzasidagi  harorat  sutning  tezda 

qurishini  ta‘minlaydi.  Keyin esa qurigan  yupqa sut qatlami  metall  pichoqlar  yordamida 




 

qirib  olinib,  sovitiladi  hamda  maydalanadi.  Bu  usul  bilan,  asosan,  yog'sizlantirilgan 

sutlar  quritiladi.  Hozirgi  vaqtda  quritilgan  qaymoq  va  prostokvasha  mahsulotlari  ham 

ishlab chiqarilmoqda. 

Quritilgan 

tabiiy 


sut 

organoleptik 

ko'rsatkichlari, 

eruvchanligi 

va 

bakteriyalarining  umumiy  miqdori  bo'yicha  oliy  va  1 -navlarga  bo'linadi.  Savdo 



shaxobchalarida  sotish,  umumiy  ovqatlanish  kor -  xonalarida  foydalanish  va  sut 

mahsulotlari  ishlab  chiqar ish  uchun  xomashyo  sifatida  faqat  purkash  usuli  bilan 

tayyorlangan sutlargina ishlatiladi.  

Purkash  usuli  bilan  olingan  oliy  navli  quruq  sutning  ta‘mi  va  hidi  toza, 

pasterizatsiyalanganga  o'xshash,  plyonka  hosil  qilish  asosida  quritilganlari  esa 

qaynatilgan  sutga  monand  bo‗ladi.  Quritilgan  sutlar  mayda  tolqon  holida,  osongina 

sochilib  ketadigan  konsistensiyaga  egadir.  Purkab  quritilgan  sut  oq -sariq  aralash, 

plyonkali  quritilganlariniki  esa  oq-qo‗ng‗ir  ranglarda  bo‗ladi.  Quritilgan  sutlarda 

namlik 4-7 %ni, yog' miqdori 25 % ni, nordonliligi esa 20-22°T ni tashkil etadi.  


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling