Hozirgi paytda shovqinning organizmga ta'siri o'rganilmoqda. Masalan,
Buenos-Ayres laboratoriyalarining birida kalamushlami yerto’lalarga qamab,
kuchaytirilgan ovoz chiqaruvchi moslamalar o'matib qo’yishgan. Bir necha daqiqa
>
o'tgach, kalamushlar falaj holatiga tushgan, 6 soatdan keyin esa hammasi o'lgan. Rus olimi
V.I.CHudnovning ma'lumotiga ko’ra, nafas olish, barglaming shivirlashi 10 detsibel, qattiq gapirish
60-70 db, shahar transportlarining shovqini (mototsikl, avtobus, yuk tashuvchi avtoulov) - o'rtacha 80-
100 db ni tashkil etadi. Reaktiv samolyot shovqini ko'tarilishi paytida 140, kosmik kema (raketa) - 175
db ga teng. Inson uchun 20-30 db zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 db
ruxsat etilgan. 130 db ga teng shovqin insonda og'riq paydo qiladi, 150 ga ko'tarilganda chidab
bo'lmaydi, 180 db da metall chatnab ketadi. O'tgan asming 60-70 yillarida katta shahar yo'llarida
shovqin o'rtacha 60-70 db ni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib bu ko'rsatgich 100 va undan
ham ziyod db ni tashkil etmoqda. Yer kurrasining yirik shaharlarida shovqin miqdori har yili o'rtacha
1 db ga oshib bormoqda. Shu bois 50-60 yillardan so'ng shovqin kuchi yana qanchaga ko'payishini
bashorat qilish qiyin emas. Hoziming o'zida ayrim mintaqalarda "shovqindan ifloslanish" holatlari
kuzatilmoqda. Masalan, Angliya aholisini 14,5 millioni o'z xonadonlarida 65-70 db ga teng shovqin
Do'stlaringiz bilan baham: |