Kasbiy ta’limda axborot texnologiyilarni qo’llash


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1145644
Bog'liq
Axborot tizimlari 1



Reja:
1.Axborot tizimlari haqida tushuncha.
2.Axborot texnalogiyalari va ularni turli
xil sohalarda ishlatilishi.
3.Zamonaviy axborot tizimlari va ularning
ishlatilishi.
Axborot tizimlari


Тizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo`lida bir
vaqtning o`zida ham yaxlit, ham o`zaro bog`langan tarzda
faoliyat ko`rsatuvchi elementlar (ob`ektlar) majmuasi
tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq
maqsad yo`lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma`lum
bo`lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak
qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun`iy
yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo`la oladi. Ularning
xar biri tizimga qo`yiladigan barcha shartlarga javob
beradi, ya`ni, har biri o`ziga xos yagona maqsad yo`lida
faoliyat ko`rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan
iborat.



Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, 
izlash, unga ishlov berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy
jihatdan tartibga solingan jami axborot
resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa
vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi
elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, 
ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil
etadi.



O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish
to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat
organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, 
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari
kiradi.

Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining
xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda
yaratiladi.

Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan
biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy
loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda
tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. 

O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat
siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini
rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon
tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga
qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, 
shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy
axborot tizimlari kiradi



O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish
to‘g‘risida”gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida 
ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini
muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning
axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga
oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot
resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan
g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot
resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, 
egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy
shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza
qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy
shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi
axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot
tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb
alohida ko‘rsatilgan.



Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga
oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;

- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari
orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;

- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat
qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;

- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va
tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;

- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;

- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;

- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish
tizimlari)ga oid quyi tizimlar;

- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot
yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani
ta’minlaydigan quyi tizimlar;

- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;

- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari
tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar



Texnologiya so'zi grekchadan tarjima
qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini
anglatadi. Texnikada texnologiya deganda
ma'lum kerakli material mahsulotni hosil
qilish uchun usullar, metodlar va vositalar
yig'indisidan foydalanadigan jarayon
tushuniladi. Texnologiya ob'ektining
dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, 
yangi, oldindan belgilangan talabga javob
beradigan holatga keltiradi



Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir
ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi
ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta
ishlash va uzatishning usul va vositalari
majmuasidan foydalanish jarayonidir.



Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus
jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar
ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun
ham o'zining "uskunalari", vositalari mavjud. 
Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va
boshka vositalardir. Bu vositalar orkali
axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. 
Hozirgi paytda axborotga ishlov berish
uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari
keng qo'llanilmoqda. Axborot
texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter
tarmoqlarining qo'llanishiga urg'u berish
maqsadida ko'pincha kompyuter va
kommunikatsion texnologiya haqida
gapirishadi.



Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy
muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan
bevosita bog'liqdir. Chunki axborot
texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud
bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan
turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, 
amallar va algoritmlarni bajarishdan
iborat bo'lgan tartiblashtirilgan
jarayondir.


Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan 
oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri 
bo'lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion 
bosqichlarni bosib o'tdi. Ana shu bosqichlarga 
qisqacha to’xtalib o'tamiz.

1-bosqich
. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom
etgan. Bo' bosqichda "Qo'llik" axborot texnologiya
taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. 
Kommunikatsiya, ya'ni aloqa odamdan odamga yoki
pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

2-bosqich.
XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" 
texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv
mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.



3-bosqich
. XX asr boshlariga mansub
bo'lib, "Elektromexanik" texnologiyalar
bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari
sifatida telegraf va telefonlardan
foydalanilgan. Bu bosqichda axborot
texnologiyasining maqsadi ham o'zgardi. 
Unda asosiy urg'u axborotni tasvirlash
shaklidan, uning mazmunini
shaqllantirishga ko'chirildi.



4-bosqich
. XX asr o'rtalariga to'g'ri qelib, 
"Elektron" texnologiyalar qo'llanilishi bilan
belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy
vositasi EHMlar va ular asosida tashkil
etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.



Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va
rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi
omillar mavjud.

Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi
(yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan
turli amallarni bajarish, ularni jamlash, 
uzatish, saqlsh va h.k.

Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining
texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar
bilan turli vazifalarni amalgam oshirishni
bildiradi.



5-bosqich
. XX asr oxiriga to'g'ri keladi. Bu 
bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari
taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli
maqsadlarga mo'ljallangan dasturiy vositalarga
ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlardir. 
Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va
boshqa sohalarga mo'ljallangan texnik
vositalarning o'zgarishi ro'y berdi. Lokal va
global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.


Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo'linadi:

1. Ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. 
Ular ma'lum algoritmlar bo'yicha boshlang'ich
ma'lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni echishga
mo'ljallangan. Masalan, har bir firmada o'zining xodimlari
haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi
albatta bo'lishi kerak.

2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning
maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog'liq
bo'lgan insonlarning axborotga bo'lgan talabini
qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari
tashkilotning o'tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi
axborotni ham o'z ichiga oladi.

3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.



Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot
texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi
muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni
kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan
ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida
tashkil etish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. 
Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham 
ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise
dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn
muharriri, Excel elektron jadvali, Power point 
taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, 
Microsoft Access ma'lumotlar omborini
boshqarish tizimlari kiradi.


Biznes sohasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan
faoliyat ko'rsatishida katta rol o'ynashi mumkin.
Masalan:

- biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;

- kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli hujjatlarini tartibga 
keltirishda;

- kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o'tkazishda;

- reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, 
hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;

- mijozlar haqidagi ma'lumotlar ro'yxatini saqlash va u bilan ishlashda;

- boshqa firmalar, potentsial ta'minotchi, ulgurji xaridorlar bilan
bog'lanishda;


Bank sohasi

Bank tizimi o'zining ish faoliyatida axborot
texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. 
Masalan:

- yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa
uchun va tegishli ma'lumotlarni olish, balansni
tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish;

- mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish;

- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet 
orqali xizmatni yo'lga qo'yish va boshqalar.


Robototexnika sohasi

Ma'lumki, "robot" so'zi bizning
tilimizga ilmiy fantastikadan kirib
kelgan. Birinchi bor bu so'zni
oltmish yil oldin taniqli chex fantast 
yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. 
Ammo "mexanik odamlar" undan
oldinroq ham ma'lum edi. O'rta
asrlarda inson iste'dodlariga ega
bo'lgan musiqachi-qo'g'irchoq yoki
rassom-qo'g'irchoqlar paydo
bo'lganligi ma'lum.



Ular garchi odam qiyofasida bo'lmasa-da, 
ko'plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara
oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto
O'zbekiston - Koreya qo'shma avtomobil
korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar
keng qo'llanilmoqda.

Bugungi kunda robotlar mashinasozlik
zavodlarida, po'lat quyish sexlarida, 
ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng
qo'llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan
shug'ullanadigan texnikaning mahsus
shohobchasi - robototexnika paydo bo'ldi.


Marketing sohasi.

Marketing inglizcha "market" (bozor) 
so'zidan olingan bo'lib, bozor, savdo
sohasidagi faoliyatni anglatadi.

Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar
talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama
o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga
qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, 
mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir qo'rsatish, 
xaridorlarning muayyan mollarga bo'lgan
talablarini shaqllantirishdan iborat.

Marketingni kompyuterlarsiz, axborot
texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.


MARKETING


Ishlab chiqarish sohasi

Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar
qo'llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik
jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning
chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqqunga
qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.

Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, 
tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi mumkin.

Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning
imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob
kilishda va boshka ishlarni bajarishda ham kompyuter beg'araz
yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy
kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda
axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter
uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor
mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga
jo'natiladi.


Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiy
kompyuterlar va telekommunikasiya
vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy
muloqotni o’rnatuvchi axborot texnologiyasi
hisoblanadi
Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy
texnik vositalari sifatida hozirgi kunda
kompyuterlar, hisoblash vositalari, audio va
video qurilmalar, aloqa vositalari, teletayplar, 
telefakslar, telekslar, kseroks va boshqalar
qo’llaniladi. Zamonaviy axborot
texnologiyalarining dasturiy ta’minoti axborot
texnologiyalari ishini tashkil qilish va
boshqarishni amalga oshiradi.


Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya
jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin:

-
muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter dasturlari;

-
kompyuter darslari – ko’rgazmali material sifatida;

-ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

- ta’lim oluvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

-
ta’lim oluvchilarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri
tashkil qilish masalalarini hal etishda va boshqalar.

Umuman hozirgi kunda har bir tashkilot, o’quv muassasasi, firma va
ishlab chiqarishning barcha sohalarida zamonaviy axborot
texnologiyalari unumli qo’llanilib kelinmoqda


E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling