Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Download 0.67 Mb.
bet1/50
Sana26.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1724497
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 asl




Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 802-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida,
BUYURAMAN:

  1. Quyidagilar:

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari roʻyxati
1-ilovaga muvofiq;
Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi boʻyicha qoʻllanma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Belgilab qoʻyilsinki, tasdiqlanayotgan pedagoglarining ish hujjatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab yuritiladi.

  2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:

oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur roʻyxat va qoʻllanmani barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish; barcha tashkilotlarda pedagoglarning ish hujjatlari mazkur roʻyxat va qoʻllanma asosida qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: XK21323124

  1. Axborot-tahlil va ijro intizomi boʻlimi (A.Odilov) ushbu buyruqni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar hamda viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga va Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markaziga yetkazilishini taʼminlasin.

  2. Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekistan Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2019-yil 30-avgustdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari toʻgʻrisida”gi

155-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

  1. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish direktor oʻrinbosari O.Raxmatillayev zimmasiga yuklatilsin.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling