Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
-boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan Asosiy vazifalar
Download 0.67 Mb.
|
99 Buyruq 28.08.2023 asl
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boʻlim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish
- 3-boʻlim. Hamkorlik ish rejasi
1-boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan Asosiy vazifalarTashkilotning yillik ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurudagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi oʻquv yilidagi asosiy vazifalari”ni amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan mavzular, MTTdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan holda tanlanadi. Belgilangan asosiy vazifalar yillik ish reja bandlarida oʻz aksini topgan, toʻliq ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerak. 2-boʻlim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirishPedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar jadval koʻrinishida beriladi. Bunda, MTTda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog hodimlarning malaka oshirish davriyligi belgilanadi hamda istiqbol rejasi asosida yil davomida malaka oshirish kurslariga yuboriladi. Namuna _________ tuman(shahar)idagi ___-son davlat (nodavlat) maktabgacha taʼlim tashkilotining 20___-20___ oʻquv yilida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlari haqida maʼlumot
6 3-boʻlim. Hamkorlik ish rejasiHamkorlik ish rejasi — ota-onalar, maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar (pedagogik kollej, OTMlar, xududiy malaka oshirish institutlari) bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur hamkorlik rejasi MTT direktori, Kuzatuv kengashi raisi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, MFY raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Namuna
____-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining __________________ -sonli maktab, _________ nomli mahalla fuqarolar yigʻini va ota-onalar bilan hamkorlik ish rejasi
Hamkorlik ish rejasiga turli mavzulardagi aksiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: musiqa va sheʼriyat kechasi, bayramlar, ekskursiyalar, dam olish kunlarining taʼlimiy marshrutlari, uchrashuvlar, koʻrgazmalar, rasmiy sayt tashkil etish, loyiha ustida ishlash, yakka tartibda suhbat, maslahat, stendlar, eslatmalar, bukletlar ishlab chiqish kabilarnikiritish nazarda tutiladi. MTT tarbiyalanuvchilarining umumiy ota-onalari bilan oʻtkaziladigan yigʻilishlari rejasi tuziladi. Umumiy ota-onalar yigʻilishlari taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi ishtirokida oʻquv yili davomida ikki marta (sentyabr, may) oʻtkaziladi. Ehtiyojga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Kun tartibiga uchtadan koʻp boʻlmagan asosiy dolzarb masalalar kiritiladi. MTT hamda Kuzatuv kengashi hamkorlikda ishlab chiqilgan ish rejasi asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish, moliyaviyxoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik va xayriya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tashkilot direktorining hisobotlarini eshitilishi va tegishli vazifalarni belgilanishi kiritiladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling