3-mavzu. Kasb ustalari.
M ashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Kasb-hunarlar haqida ma’lumotlar berish. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari haqida suhbatlashish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni Ona-Vatanga muhabbat va milliy iftihor tuyg‘usi ruhida tarbiyalash. Har bir soha kasb egalarining jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning ahamiyati haqida suhbatlashish. Ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilish.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarda mustaqil kasb tanlashga ijobiy munosabatini, qiziqish hamda ehtiyojini shakllantirish. Turli kasb egalarining inson kamolotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Mashg‘ulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lishga o‘rgatish, kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
Mashg‘ulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulot turi: o‘yin, bahs-munozara, savol-javob
Mashg‘ulotning davomiyligi: 45 daqiqa
1. Individual o‘yin – “Professional Expert” tanlovi
Har bir o‘yin qatnashchisi, avvalgi mashg‘ulotda eslab qolgan kasblar nomini aytib chiqadi. Agar biron o‘quvchi avvalgi mashg‘ulotda qayd etilgan kasblar nomini eslay olmasa, u holda u o‘yindan chiqadi. Agar qatnashuvchi kasb nomini emas, balki lavozim nomini (vazir, direktor, boshliq,) aytsa, u holda bunday javoblar qabul qilinmaydi. O‘yin ishtirokchilarning soni 1 ta qolgunga qadar davom etadi. G‘olib o‘quvchiga sovg‘a beriladi.
2. O‘yin - improvizatsiya “Lotereya”
Ishtirokchi kasb nomlari yozilgan kartochkalardan birini tanlaydi. Tayyorgarliksiz ushbu kasb haqida, uning mohiyati va kasb egasining vazifalari haqida gapirib beradi. Agar ushbu kasb egasi bir kun ishga bormay qolsa, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini tasavvur qiladi va aytib beradi. Ishtirokchilar soni 5-6 ta bo‘lishi mumkin. O‘yin tugagach ishtirokchilarga quyidagi mazmunda savol beriladi.
Siz ushbu kasblar haqida qo‘shimcha qilib yana nimalarni ayta olasiz?
Ushbu kasblardan birini egallashni xohlarmidingiz?
Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |