Kasblar olamiga sayohat


Download 314.82 Kb.
bet1/18
Sana20.11.2023
Hajmi314.82 Kb.
#1789508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 sinf o‘quvchilarini uchun “kasblar olamiga sayohat” mavzusida


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
resrublika tashxis markazi





7-SINF O‘QUVCHILARINI UCHUN “KASBLAR OLAMIGA SAYOHAT” MAVZUSIDA TRENINGLAR TO‘PLAMI
(umumta’lim maktabining kasb-hunarga yo‘naltiruvchi psixologning ish rejasiga ilova)

Тоshkент-2023
Tuzuvchilar:
L.Gaynutdinova - Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori
H.Foziljonov - Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig’i
D.Muxamedjanova - Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi metodisti
M.Talipova - Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi metodisti
Taqrizchilar:
L.Iliyeva – Toshkent kimyo texnologiya institute dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
R.Abdullayeva – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
7-sinf o‘quvchilarini uchun “kasblar olamiga sayohat” mavzusida treninglar to‘plami umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining sinf rahbarlari, psixologlari oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kelajakda oʻz kasbini ongli va mustaqil tanlashlarida ko‘maklashish hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini samarali tashkil etishda metodik yordam sifatida moʻljallangan.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi ilmiy metodik kengashining 2023-yil ____________dagi _____-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
KIRISH
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ta’lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi Respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish masalalari barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim omilidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan to‘garak mashg‘ulotlari shaxsning barkamol kamol topishiga, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o‘quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan. Ushbu to‘garaklar uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchi yoshlarga qo‘shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish, ularning ongiga milliy g‘oya va vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsadi yoshlarni o‘zining hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilashlarida o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini hamda ijtimoiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb tanlashlariga ko‘maklashishdan iboratdir.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirisjh ishlarini tizimli tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 14-avgustdagi 238-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha kalendar reja” asosida ishlab chiqildi va foydalanishga tavsiya etiladi.



Download 314.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling