Kasblar olamiga sayohat


Download 314.82 Kb.
bet6/18
Sana20.11.2023
Hajmi314.82 Kb.
#1789508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 sinf o‘quvchilarini uchun “kasblar olamiga sayohat” mavzusida

Kasb nomlari

Kasb tiplari

Injener

Odam - Texnika

Shifokor




Ofitsiant




Rassom




Hisobchi




Kinolog




Akter




Avtochilangar




Elektrik




Dasturchi




Tokar




Santexnik




HR Menedjer




Haykaltarosh




Filolog




Turagent




Gid




Kassir




Marketolog




Chizmachi




Xoreograf




Geodezist






Og‘zaki savollar (savol-javob tarzida.)
1. Kasb tushunchasiga ta’rif bering.
2. Ixtisoslik, mutaxassislik, lavozim- so‘zlari ma’nosini tushuntiring .
3. Insonlarning kasbiy faoliyati davomida malaka, ko‘nikma va qobiliyatning ahamiyati haqida so‘z yuriting.
2 -mavzu. Yashash hududimizdagi kasblar.
Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Кasb-hunarlar haqida ma’lumotlar berish. Yashash hududida mavjud kasblar bilan tanishtirish. Kasblarga bo‘lgan ehtiyoj mohiyatini tushuntirish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni Ona-Vatanga muhabbat va milliy iftihor tuyg‘usi ruhida tarbiyalash. Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning ahamiyati haqida suhbatlashish. Ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilish.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash, bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. Mustaqil kasb tanlashga ijobiy munosabatni, qiziqish hamda ehtiyojni shakllantirish.
Mashg‘ulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lishga yo‘naltirish, kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
Mashg‘ulot uchun jihozlar: audio va video materiallar, tarqatma materiallar,
mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulot turi: o‘yin, bahs-munozara, savol-javob.
Mashg‘ulotning davomiyligi: 45 daqiqa
O‘qituvchi (boshlovchi) o‘quvchilarni Mashg‘ulotning maqsadi va uning bosqichlari tartibi bilan tanishtiradi.
1-bosqich. Guruh uchta jamoaga bo‘linadi. O‘qituvchi har bir jamoaga birinchi vazifani topshiradi: “Sizga berilgan varaqqa bizning hududimizda mavjud bo‘lgan va siz bilgan kasblarning nomlarini yozing”
Ma’lum bir vaqt o‘tgach o‘qituvchi uchta guruhga murojaat etadi: “Kasblarni yozishni to‘xtating va qo‘lingizdagi qog‘ozga nechta kasb nomini yozganingizni sanab chiqing.
Har bir guruh o‘zlari yozgan kasb nomlarini hisoblaydi va varaqni boshlovchiga topshiradilar.
Yozilgan kasblar soniga ko‘ra har bir guruhga ball beriladi. O‘qituvchi har bir guruh tomonidan keltirilgan kasblar nomi va ularning takrorlanganligini ham e’tiborga oladi.
2-bosqich. O‘qituvchi: “Siz yana qanday kasb nomlarini ayta olasiz. O‘ylash uchun bir qancha sohalarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Bular, sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar. 5 daqiqa davomida o‘yin ishtirokchilari kasblarning nomlarini yozadilar (o‘qituvchi yordami bilan).
3-bosqich. O‘yin davomida yuz bergan ba’zi tuchunmovchiliklar, qiyinchiliklar va yuzaga kelgan savollar muhokama qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘yin ishtirokchilarining faolligi va ijobiy xususiyatlari alohida ta’kidlab o‘tiladi.
O‘yin natijalari tahlil qilingandan so‘ng, jamoalarga 1, 2, 3-o‘rinlar beriladi. G‘oliblar aniqlanadi. Jamoalar sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.


Topshiriq.
Jadvalni to‘ldiring. Jadvalda 10 ta kasb nomlari va mana shu 10 ta shu kasbga mos mutahassis nomini yozing.





Kasb

Mutaxassis

1

Shifokor

Nevropatolog

2







3







4







5






MENING HOZIRGI VA 10 YILDAN SO‘NGI IMIDJIM.”


Ishtirokchi o‘quvchilar doira shaklda o‘z o‘rnilarini egallaydilar.
So‘ngra ketma ketinlikda o‘zlarini hozirgi imidjlari haqida batafsil ma’lumot beradilar va 10 yildan so‘ng o‘zlarini qanday imidjda tasavvur qiladilar, shu haqida ham to‘htaladilar.
Masalan: Qaysi kasb vakili bo‘laman, qaysi uslubda kiyinaman, necha yoshda turmush quraman, turmush o‘rtog‘im qaysi kasb vakili bo‘lishini istayman, qanday yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘laman. Shu kabi mavzularga to‘htaladilar.
O‘quvchilar trening mashg‘ulotini amalga oshirish mobaynida muloqotga kirishuvchanlikni amalga oshiradilar va o‘zlarida etishmaydigan “JUR’AT” ni o‘zlarida topa oladilar. Treningni muvaffaqiyati shundan iboratki: bunda bola nafaqat bugungi kunini, balkim kelajagini ham oldindan tasavvur qila oladi. (10 daqiqa)

Download 314.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling