Kasblar olamiga sayohat


-mavzu. Mehnat, kasb, mutaxassislik, lavozim, malaka


Download 314.82 Kb.
bet2/18
Sana20.11.2023
Hajmi314.82 Kb.
#1789508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 sinf o‘quvchilarini uchun “kasblar olamiga sayohat” mavzusida

1 -mavzu. Mehnat, kasb, mutaxassislik, lavozim, malaka.
Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Ta’lim jarayonida mehnat, kasb, mutaxassislik, lavozim, ularning kelib chiqishi va farqlari haqidagi tasavvurlar tizimini shakllantirish, ularni kasbiy layoqatlari va qiziqishlari orqali ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni Ona-Vatanga muhabbat va milliy iftihor tuyg‘usi ruhida tarbiyalash. Turli kasb egalarining inson kamolotidagi ahamiyati haqida suhbatlashish.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. Mustaqil kasb tanlashga ijobiy munosabatini, qiziqish hamda ehtiyojini shakllantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish.
Mashg‘ulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lishga o‘rgatish, estetik tarbiyasini oshirish, kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
Mashg‘ulot uchun jihozlar: audio va video materiallar, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulot turi: suhbat, bahs-munozara, savol-javob.
Mashg‘ulotning borishi: 45 daqiqa
Dunyoda kasb-hunarlar juda ko‘p. Bu ikki so‘z mazmun va mohiyat jihatidan bir-birlarini to‘ldirib turadi. Insonlar hayot kechirishlari davomida o‘z ehtiyojlari uchun nimadir yaratadilar, ishlab shiqaradilar. Bu narsalar albatta ularning mehnatlari natijasida yaratiladi. Demak, insonlar o‘z ehtiyojlari uchun mehnat qiladilar. Masalan ular dehqonshilik va bog‘bonshilik bilan shug‘ullanib noz-ne’matlar yetishtiradilar. Boshqa sohalarda ham insonlar mahsulot ishlab chiqarishda mehnat qiladilar. Masalan: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, matolar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurilish materiallari, idishlar, mebellar, elektr jihozlari, dastgohlar, va h.k. Yoki boshqalarga xizmat qiladilar: Masalan do‘konlarda, supermarketlarda, banklarda mijozlarga xizmat qiladilar, transportlarda (avtobus, taksi, metro, poezd, samolyot) yo‘lovchilarni manzillariga yetkazadilar. Oshxona, kafe, restoran, sartaroshxonalarda ham insonlarga xizmat ko‘rsatadilar. Foydalanishlari uchun yo‘llar, ko‘priklar va uylar quradilar. Bularning barchasi insonlarning mehnati faoliyati natijasidir.
Demak, mehnat faoliyati natijalari –bular turli xil moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlar, shuningdek, insonlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga aytiladi.
Dunyoda 40 mingdan ortiq kasblar mavjud.
Kasb-bu mehnat faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasiga aytiladi. Ularning barchasi quyidagi mehnat turlariga bo‘linadi: jismoniy mehnat, aqliy mehnat, xizmat ko‘rsatish mehnati, boshqaruv mehnati, ijodiy mehnat. Ushbu ishlarning har birida o‘ziga xos kasblar mavjud bo‘lib, siz ularni kasb-hunarga yo‘naltirish mashg‘ulotlarida o‘rganib borasiz.
Ko‘pgina kasblar ixtisosliklarga bo‘linadi. Masalan, “shifokor” bu kasb. Shifokor - terapevt, shifokor - jarroh, shifokor - stomatolog - bu ixtisosliklar. “muhandis”- bu umumiy ma’noda kasb demakdir. Dizayn muhandisi, texnolog muhandis, mexanik muhandis – bular mutaxassisliklardir.

Download 314.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling