Kasblar olamiga sayohat


Download 314.82 Kb.
bet3/18
Sana20.11.2023
Hajmi314.82 Kb.
#1789508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 sinf o‘quvchilarini uchun “kasblar olamiga sayohat” mavzusida

M utaxassis – bu insonning bitta kasb doirasidagi mehnat faoliyatidir. “Mutaxassislik” so‘zi insonning maxsus bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarga ega ekanligini anglatadi, bu unga tegishli korxona, firma, tashkilot, muassasada ishlash huquqini beradi. Mutaxassislikni olgan odam “mutaxassis” deb nomlanadi va u ma’lum bir lavozimda ishlaydi va mehnatiga ko‘ra maosh oladi.
L avozim - bu vazirlik, muassasa, tashkilot, korxona, firmadagi xizmat yoki ish joyidir. Masalan, vazir, vazir o‘rinbosari, menejer, harbiy komissar, prokuror, maktab direktori, bosh shifokor, do‘kon mudiri, zavod direktori, - bularning barchasi lavozimlardir. Ushbu lavozimlar nafaqat mutaxassislikka ega bo‘lgan, balki katta ish tajribasiga ega, biznesni yaxshi biladigan va odamlarni qanday boshqarishni biladigan odamlarga beriladi. Lavozimlar bir-biridan farq qiladi va shuning uchun ular “ishchilar, xizmatchilar, muhandis-texniklar va boshqaruv hodimlari lavozimlari” deb nomlanadi. Lavozimlarni kasb va mutaxassisliklar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Kasbi bo‘yicha kishi iqtisodchi, lavozimi bo‘yicha esa “Bank boshqaruvchisi” yoki “firma direktori” bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, “malaka” tushunchasi ham mavjud, unga biz shunday ta’rif beramiz.
Malaka – bu muayyan kasb, faoliyatni biron muddat davomida yaxshi o‘zlashtirib olish natijasida orttirilgan mahoratga aytiladi. Mahorat bir neshta tushunchalarga ega:
Ishchi kasblari uchun –darajalar (razryad)
Injener-texniklar, xizmatchi kasb egalari uchun-toifalar (kategoriyalar)
Transport xodimlari uchun “klass”
Daraja (razryad)- ishchi mutaxassisligiga ega bo‘lgan kishilarga beriladi. Masalan, tokar yoki frezer ishchilarga mutaxassisligi bo‘yisha 1, 2, 3, 4, 5, 6 daraja (razryad)- beriladi. Uning darajasi (razryadi) qanchalik yuqori bo‘lsa, bajaradigan ishi ham darajasiga (razryad) qarab shunchalik murakkab bo‘ladi.
Toifalar (eng yuqori, 1,2,3 darajali) o‘qituvchilar, shifokorlar, psixologlar, muhandislar kabi mutaxassislarga beriladi
Klass- Transport vositalari haydovchilariga (1,2,3-klass), uchuvchilarga (1, 2-klass) ajratilgan.
Bulardan tashqari siz yana bir qancha tushunchalarni ham bilib olishingiz kerak bo‘ladi. Maxsus bilimlar. Biron bir ixtisoslikka ega bo‘lish uchun siz o‘quv, ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz kerak. Bunday ma’lumotlar adabiyotlarda, axborotnoma, jurnallarda yoki sohaga oid ktitoblarda berilgan bo‘ladi. Shuningdek, disk yoki fleshkalarda va albatta kompyuterlarda ham saqlangan bo‘ladi.
K o‘nikma – insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko‘nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko‘nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko‘nikmalar bilim olishga, uni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ko‘nikmalar esa ko‘proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi. Ko‘nikmalar muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazganda, muammolarni hal qilganda, mashqlarni bajarishda shakllanadi. Ular har qanday - o‘quv, professional, ijodiy va h.k. bo‘lishi mumkin. Masalan, matn yozish ko‘nikmalari; rasm shizish va eskiz qilish ko‘nikmalari; og‘zaki va yozma hisoblash san’ati; kompyuter klaviaturasida yozish ko‘nikmalari; materiallarni qo‘lda qayta ishlash ko‘nikmalari va h.k.z.

Download 314.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling