Kasblarning psixologik tasnifi motiv va motivatsiya
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni
Download 20.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqkasblarning psixologik tasnifi motiv va motivatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni
o„zgartirish muammosi Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan: A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g‗oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui; B. Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‗lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‗lish). Bu uch xil komponentlar o‗zaro bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‗lishi mumkin. SHuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‗lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‗unlik yo‗qligini ko‗rsatadi. Bu bir qarashda so‗z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‗lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‗rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‗lmasligiga yoshlarni o‗rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 2. Motiv tasnifi. Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‗zimizning shaxsiy ma‘lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik. I. SHaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‗unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‗lchanuvchi motivlar: 1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‗lgan g‗oyaviy motivlar; 2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar; 3) jamiyatning axloqiy me‘yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; 4) borliq go‗zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in‘ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari. II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‗yicha umumiylikka ega bo‗lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: 1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); 2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar; 3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‗naltirilgan protsessual motivlar; 4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‗ljallangan rag‗batlanuv, mukofot motivlari. III. Faoliyat turlari mohiyatini o‗zida aks ettiruvchi motivlar: 1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; 2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‗zida namoyon etuvchi motivlar; 3) o‗qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. IV. Paydo bo‗lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo‗lgan motivlar: 1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; 2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; 3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar. V. Vujudga kelishi, kechish sur‘ati bioquvvat bilan o‗lchanuvchi motivlar: 1) kuchli, qudratli, ta‘sir doirasidagi shijoatli motivlar; 2) paydo bo‗lishi, kechishi o‗rta sur‘atli motivlar; 3) yuzaga kelishi, kechishi sust sur‘atli motivlar. VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: 1) aniq, yaqqol, voqe bo‗luvchi real motivlar; 2) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; 3) imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o‗zida mujassamlashtiruvchi motivlar. VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar: 1) biologik motivlar; 2) psixologik motivlar; 3) yuksak psixologik motivlar. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta‘siri. Bu o‗rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O‗qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‗ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‗nikmalar o‗zlashtriladi. Foliyat turlari o‗z-o‗zidan ro‗y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‗zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o‗z-o‗zidan ro‗y bermaydi. ęaoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma‘noga ega. Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‗lanishi, yo‗nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‗lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir. Haxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‗zini tutish sabablarini o‗rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi. 1. Ichki sabablar, ya‘ni xatti – harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‗ljallar, istaklar, qiziqishlar va h.k.). 2. Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar. YA‘ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan tashqi stimullardir. Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 1. Kasbiy motiv va motivatsiya 2. Mexnat faoliyati motivlari 3. Kasbiy moslashuv 4. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasi Download 20.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling