Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri


Download 456.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.06.2023
Hajmi456.7 Kb.
#1646584
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Kashfiyot

Birinchi noyob ixtiro olov. Insoniyat tarixida birinchi noyob ixtiro sifatida 
o‘zining isitish, yoritish, pishirish bilan bog‘liq xossalarga ega bo‘lganligi 
uchun “olov” tan olingan. Yovvoyi olov o‘rmon yong‘inlari qanchalik 
dahshatli bo‘lgan bo‘lsa, uni
g‘orga kiritgandan so‘ng to‘liq o‘ziga buynsindirdi. Uzoq yillar davomida 
insoniyat g‘orlarda olovdan foydalangan keyinroq esa uni ishqalanish 
yordamida foydalanishni boshlaganlar.
Ikkinchi ixtiro g‘ildirak va arava.Aravaning kashf qilinishi  
Hozirgi kunga kelib innovatsiya fenomeni texnik-iqtisodiy sohaning 
tor doirasini yengib o‘tgan. Buni innovatsiyaning madaniyatning turli 
sohalarida qo‘llanilayotganida ham ko‘rish mumkin. Endilikda, innovatsion 
faoliyat rivojlanishning asosiy sharti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim, 
ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy innovatsiyalarning mavjudligi jamiyat va 
madaniyatning turli makonlarida yuzaga kelgan yangilikka intiluvchanlik 
xususiyatidan darak beradi. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy ijtimoiy-
madaniy voqelikning xarakterli xususiyatidir. Ye. K. Krasnuxinaning 
ta’kidlashicha, o‘tmishga munosabat bugungi kunda o‘zgarmoqda va ijtimoiy 
voqelikni shakllantiruvchi asos sifatida an’analar emas, balki innovatsiyalar 
chiqmoqda. Mutaxassis shunday yozadi: “agarda tarixning mazmuni dolzarb 
va bugungi kun uchun ahamiyatli bo‘lsa, u holda o‘tmish hozirgi zamonning 
ildizi sifatida endi yo‘q. Hozirgi davr o‘z-o‘zidan ishlab chiqarish, xususiy 
dekonstruksiya tarzida qurilmoqda. O‘tmish reanimatsiyasi innovatsiya 
ko‘rinishida sodir bo‘lmoqda ...
O‘tmish qaytsa, faqatgina, yangilik ko‘rinishini olib takrorlanishi 
mumkin, eski, avvalgi narsa, hodisalar yangilanib, novatsiya shaklini olibgina 
fuqarolik huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng 
qadrli narsa bu – yangilik. Shuning uchun an’anaviy o‘tmish o‘zining 
yangilik ekanini va o‘zida hozirgi davrni ko‘rsatishga urinadi”
20
. Demak, 
innovatsiya, eng avvalo, o‘z davri nuqtai nazaridan asoslashni taqozo 
etadigan murakkab ijtimoiy-madaniy fenomendir.
Bundan tashqari, innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘z 
mohiyatiga, nafaqat, zamonaviy madaniyatning barcha tendensiyalarini
balki u yangilikka yo‘nalgan fenomen sifatida madaniyatning kelajagini ham 
singdiradi. Bizning fikrimizcha, innovatsiyani yangi postindustrial 
19
Freeman C. Preface to Part II// Dosi et al. ( 1988b: 10).
20
Krasnuxina Ye.K. Traditsii i novatsii kak formы obrazovaniya sotsialnogo. // Innovatsii i obrazovanie. Sbornik 
materialov konferensii. Seriya «Symposium», vыpusk 29 – SPb: Sankt-peterburgskoe fil-ye obщestvo, 2003 – S. 
121. 


rivojlanish bosqichi ob’ektivlashuvining ijtimoiy-madaniy modeli, deb 
ta’riflash zarur.

Download 456.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling