Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri
Download 456.7 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu Kashfiyot
Ilmiy-ijodiy faoliyatning samarali mahsuli kashfiyotdir. Ilmiy izlanish
jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum bo‘lgan ob’ektiv qonuniyat, xossa va hodisalarni ochishga kashfiyot deyiladi. Shuning uchun ham A.T.Shumilin “Ilmiy ijod bu kashfiyot va ixtiro qilishdan iborat murakkab jarayondir” 11 , - deb yozadi. Darhaqiqat, kashfiyot deganda borliqdagi haligacha noma’lum bo‘lgan narsani sub’ekt tomonidan bilishga aytiladi. Ayni shu ma’noda, ijodiy izlanish jarayonida muayyan kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi ilmiy kashfiyotdir. Mazkur ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishini o‘rganuvchi soha evristika deb ataladi. Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy faoliyat asosida tadqiqotchi muayyan kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyon bo‘lish shaklidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kashfiyot o‘z ob’ektlari uch xil shaklda namoyon bo‘ladi. Bularning birinchisi qurilma bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Ikkinchisi esa usul bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlar taalluqlidir. Uchinchisi esa ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar kiradi. Ilmiy tadqiqot faoliyatida “yaratish”, “kashfiyot” va “ixtiro” kabilar muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda yaratish ijodiy sub’ekt tomonidan ijod natijasini vujudga keltirishni anglatadi. Ixtiro – sub’ekt tomonidan narsa, hodisa, jarayonlarning ob’ektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdir. Nazariya yaratish uchun tajriba asosida qo‘lga kiritilgan dalilarni shunchaki jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur 11 Qarang: Shumilin A.T. Problemы teorii tvorchestva: Monogr. – M.: Vыssh. shk., 1989. – 143 s. bo‘ladi. Aksariyat ixtirolar sanoat ishlab chiqarishi yoki kundalik maishiy turmush talablaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. Ayni shu ma’noda odamlar ehtiyojini qanoatlantirishning imkon qadar tejamkor yo‘llarini topgan insonni ixtirochi deb atash mumkin. Kashfiyot esa – kashfiyotchidan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan narsa, hodisaning sub’ekt tomonidan anglab yetilishidir. Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o‘zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish demakdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak bo‘ladi. Kashfiyotni ochish berilgan ob’ektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi. I.Saifnazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlarning fikricha, “Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihati bo‘lib, u ilmiy tadqiqot ob’ekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash, fanning yangi sohalari haqida ma’lumotlar olishda namoyon bo‘ladi” 12 . O‘zlarining mazkur yondashuvlari orqali mualliflar ilmiy kashfiyotni ijodning fandagi oliy ifodasi ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir. Ilmiy-ijodiy faoliyatda qiziqarli va muhim dalillarning yangi manbalarini topish, kashf etish – olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi. P.K.Engelmeyer ta’kidlashicha, “Kashfiyot – texnik masalalarni yechishning ilmiy asosidir” 13 . Shu nuqtai nazardan, kashfiyot ko‘proq har bir izlanuvchiga cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadigan ma’naviy-ruhiy hodisadir. Zero, buyuk olimlar o‘zlarining kashfiyotlari bilangina emas, balki ularning faoliyati odamlarning juda ko‘p avlodlari uchun novatorlik hamda haqiqatga xizmat qilish namunasi bo‘lganligi tufayli ham madaniyatda sezilarli iz qoldirganlar. Ayni shu ma’noda, fandagi har bir kashfiyot sirli xilqat hisoblangan insonning buyukligini his qilish bilan barobardir. Fanning ko‘p asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga keladi. Darhaqiqat, “Olimlik og‘ir mehnat natijasidir. ...olloh bergan ijodkorlik... bir foiz bo‘lsa, qolgan to‘qson to‘qqiz foizi ijod va mashaqqatli mehnat natijasida amalga oshadi. Olimlik xislati kechayu-kunduz o‘ylovlar natijasi. 12 Qarang: Saifnazarov I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi. O‘quv qo‘llanmasi – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. 13 Engelmeyer P. K. Teoriya tvorchestva. - S. Peterburg, 1910. Olimlik bu sinchkovliklar oqibati” 14 . Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. Ilmiyijodiy faoliyat, biron-bir kashfiyot amalda qo‘llanilishi natijasida, ilmiy bilishning tegishli sohasi jadal sur’atlarda rivojlana boshlashini, texnikaning rivojlanishi fanda inqilob yasashini ko‘rsatadi. Bunday inqiloblarning eng kattasi XIX asrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham P.Sorokin “Faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o‘zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko‘pdir” 15 , - deb yozadi. Xususan, bu asrda 8527 ta kashfiyot amalga oshirilgan 16 . Ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar olishda emotsiyalarning roli kattadir. Chunki olimlar o‘z ilmiy-ijodiy izlanishlari haqida bahs yuritgan paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga tushadi , boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob bo‘ladi, loqayd bo‘ladi 17 . Yaxshi yoki yomon kayfiyatda bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va bunga o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lish shakllari o‘z mazmunmohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun ham ilmiy-ijodiy faoliyatni tushunish va tushuntirishda uning namoyon bo‘lish shakllariga doir turli konseptual qarashlarni qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki inson ilmiy ijodning bunday shakllari asosida tabiat, jamiyat va o‘z-o‘zi haqida fikr yuritishning yangidan yangi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa insonni haqiqatni bilish faoliyatida ilmiy yondashuvning ko‘pxilliligini ta’minlashga olib keladi. Darhaqiqat, Shelling “Ilmiy ijod bu inson hayotiy faoliyatining oliy shakli hisoblanadi” 18 , -deb yozadi. Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnikiqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha “imtiyozi nafaqat mahsulotlar va tizimlarning yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘larning nisbiy strukturasidan izlanishi kerak bo‘lgan 14 Davronov Z. Barkamollikka da’vat maktublari. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011 – B.116. 15 Sorokin P. A. Chelovek. Sivilizatsiya. Obщestvo. Mыsliteli XX veka. Obщ. red. Sogomonova A. Yu. Per. s angl. – M.: Politizdat, 1992. - 542s.. 16 Sorokin P. A. Chelovek. Sivilizatsiya. Obщestvo. Mыsliteli XX veka. Obщ. red. Sogomonova A. Yu. Per. s angl. – M.: Politizdat, 1992. – 542 s. 17 Kudryavseva V.T. Formirovanie tvorcheskix sposobnostey cheloveka: problemы metodologii // Sovremennыe problemы teorii tvorchestva. - M., 1992. - S. 41-55. 18 Shelling F. V. I. Filosofiya otkroveniya. T. 1. - SPb.: Nauka, 2000 - 699 s. o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik innovatsiyalar to‘plami” 19 ni anglatadi. Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng mashhur ijtirolari qo‘yidagilar deb belgilangan. Download 456.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling