Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri
Download 456.7 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu Kashfiyot
Ixtiro kashfiyot va innovatsiya o‘rtasidagi o‘ziga xos “oraliq” holatidir.
Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ma’lum bo‘lmagan hodisalarni aniqlash, innovatsiya bozor talablariga muvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik mahsulotlarini ifoda etadi. Mazkur tushuncha “kashfiyot” tushunchasi bilan o‘zaro munosabatda amaliy xarakter, “innovatsiya” tushunchasi bilan esa, aksincha, ilmiy- tadqiqot xarakteriga ega bo‘ladi. G. A. Krayuxin va L. F. Shaybakovalar bu borada shunday yozadilar: “ kashfiyot tushunchasi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy bog‘liq, innovatsiya tushunchasi esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalda qo‘llash bosqichida paydo bo‘ladi. Bu esa maxsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi” 5 . Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha o‘sib chiqishi mumkin. “Innovatsiya” tushunchasining mazmunini yanada teranroq anglash uchun uni “o‘zgarish” tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz. Xususan, innovatsion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik organizmi ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan 6 . Innovatsiyaning turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda S.D.Ilenkova “innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini hamda innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi” 7 , - deb yozadi. 4 Balabanov I. T. Innovatsionnыy menedjment. – SPb.: Piter, 2000 – S.12. 5 Krayuxin G.A., Shaybakova L.F. Innovatsii, innovatsionnыe protsessы i metodы ix stimulirovaniya: suщnost i soderjanie. - SPb., 1995 - S. 12. 6 Qarang: La Pierre R. T. Social Change – New York, 1965. 7 Innovatsionnыy menedjment/ S. D. Ilenkova, L. M. Golxberg, S. Yu. Yagudin i dr.; Pod red. S. D. Ilenkovoy – M.: Banki i birji, Yuniti, 1997 – S. 7. Bu yerda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ta’rifning unchalik to‘g‘ri emasligi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero, agarda innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, mahsulli o‘zgarishlar ma’nosida talqin etilsa, u holda “o‘zgarish” tushunchasi shu turda bo‘lgan yanada kengroq spektrdagi hodisalarni anglatishi mumkin. Ularni ham biz o‘zgarishlar deb atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb emas. Shu ma’noda, o‘zgarish innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum bo‘ladi. Ayni paytda, innovatsiya va innovatsion faoliyatning asosiy funksiyalaridan biri – o‘zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Biroq bu holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy o‘zgarishlar nazarda tutilishi zarur. Bu borada B.Santo: “innovatsiya – bu, tashkillashuvning moddiy va nomoddiy elementlarining maqsadga yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarishlaridir, ya’ni bunday o‘zgarish rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi” 8 , - deb yozadi. Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv sifatlariga xos bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, I.BestujevLadaning: “yangilikni joriy etish – bu, boshqaruv qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, hodisaning (texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini anglatadi” 69 . Shuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va oqibatda paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan va innovatsiya qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy xarakter kasb etmasligi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni farqlash zarur. Bizningcha, “o‘zgarish” va “yangilik kiritish” tushunchalarining o‘zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik kiritish “o‘zgarish”ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi. Masalan, X.Barnett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarish jarayonlarining asosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi 9 . A.I.Prigojin fikricha esa, “yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega” 10 . Shunday qilib, innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy adabiyotlardagi ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni ob’ektivlashtirish, madaniyat ichki 8 Santo B. Innovatsii kak sredstvo ekonomicheskogo razvitiya: Per. s veng. – M.: 1990 – S.100. 69 Bestujev-Lada I. V. Prognoznoe obosnovanie sotsialnыx novovvedeniy. – M.: 1993 – S. 18. 9 Qarang: Barnett H.G. Innovation: The Basis of culture change. – N.Y., 1953. 10 Prigojin A. I. Sovremennaya sotsiologiya organizatsiy – M., 1995 – S. 185. salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm sifatida ta’kidlash imkonini beradi. Innovatsiyaning “ixtiro”, “kashfiyot” tushunchalari bilan o‘zaro munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa, innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili – predmetli-amaliy xarakterini, uning “o‘zgarish” va “yangilik” tushunchalariga tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalganligini ochib beradi. Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon bo‘ladigan sub’ekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir. Download 456.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling