Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri
Download 456.7 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu Kashfiyot
Birinchi noyob ixtiro olov. Insoniyat tarixida birinchi noyob ixtiro sifatida
o‘zining isitish, yoritish, pishirish bilan bog‘liq xossalarga ega bo‘lganligi uchun “olov” tan olingan. Yovvoyi olov o‘rmon yong‘inlari qanchalik dahshatli bo‘lgan bo‘lsa, uni g‘orga kiritgandan so‘ng to‘liq o‘ziga buynsindirdi. Uzoq yillar davomida insoniyat g‘orlarda olovdan foydalangan keyinroq esa uni ishqalanish yordamida foydalanishni boshlaganlar. Ikkinchi ixtiro g‘ildirak va arava.Aravaning kashf qilinishi Hozirgi kunga kelib innovatsiya fenomeni texnik-iqtisodiy sohaning tor doirasini yengib o‘tgan. Buni innovatsiyaning madaniyatning turli sohalarida qo‘llanilayotganida ham ko‘rish mumkin. Endilikda, innovatsion faoliyat rivojlanishning asosiy sharti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim, ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy innovatsiyalarning mavjudligi jamiyat va madaniyatning turli makonlarida yuzaga kelgan yangilikka intiluvchanlik xususiyatidan darak beradi. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy ijtimoiy- madaniy voqelikning xarakterli xususiyatidir. Ye. K. Krasnuxinaning ta’kidlashicha, o‘tmishga munosabat bugungi kunda o‘zgarmoqda va ijtimoiy voqelikni shakllantiruvchi asos sifatida an’analar emas, balki innovatsiyalar chiqmoqda. Mutaxassis shunday yozadi: “agarda tarixning mazmuni dolzarb va bugungi kun uchun ahamiyatli bo‘lsa, u holda o‘tmish hozirgi zamonning ildizi sifatida endi yo‘q. Hozirgi davr o‘z-o‘zidan ishlab chiqarish, xususiy dekonstruksiya tarzida qurilmoqda. O‘tmish reanimatsiyasi innovatsiya ko‘rinishida sodir bo‘lmoqda ... O‘tmish qaytsa, faqatgina, yangilik ko‘rinishini olib takrorlanishi mumkin, eski, avvalgi narsa, hodisalar yangilanib, novatsiya shaklini olibgina fuqarolik huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng qadrli narsa bu – yangilik. Shuning uchun an’anaviy o‘tmish o‘zining yangilik ekanini va o‘zida hozirgi davrni ko‘rsatishga urinadi” 20 . Demak, innovatsiya, eng avvalo, o‘z davri nuqtai nazaridan asoslashni taqozo etadigan murakkab ijtimoiy-madaniy fenomendir. Bundan tashqari, innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘z mohiyatiga, nafaqat, zamonaviy madaniyatning barcha tendensiyalarini, balki u yangilikka yo‘nalgan fenomen sifatida madaniyatning kelajagini ham singdiradi. Bizning fikrimizcha, innovatsiyani yangi postindustrial 19 Freeman C. Preface to Part II// Dosi et al. ( 1988b: 10). 20 Krasnuxina Ye.K. Traditsii i novatsii kak formы obrazovaniya sotsialnogo. // Innovatsii i obrazovanie. Sbornik materialov konferensii. Seriya «Symposium», vыpusk 29 – SPb: Sankt-peterburgskoe fil-ye obщestvo, 2003 – S. 121. rivojlanish bosqichi ob’ektivlashuvining ijtimoiy-madaniy modeli, deb ta’riflash zarur. Download 456.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling