Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri


Download 456.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi456.7 Kb.
#1646584
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Kashfiyot

Ilmiy-ijodiy faoliyatning samarali mahsuli kashfiyotdir. Ilmiy izlanish 
jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum bo‘lgan ob’ektiv qonuniyat, 
xossa va hodisalarni ochishga kashfiyot deyiladi. Shuning uchun ham 
A.T.Shumilin “Ilmiy ijod bu kashfiyot va ixtiro qilishdan iborat murakkab 
jarayondir”
11
, - deb yozadi. Darhaqiqat, kashfiyot deganda borliqdagi 
haligacha noma’lum bo‘lgan narsani sub’ekt tomonidan bilishga aytiladi. 
Ayni shu ma’noda, ijodiy izlanish jarayonida muayyan kashfiyotlar yuz 
beradi. Ularning orasida eng muhimi ilmiy kashfiyotdir.
Mazkur ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishini o‘rganuvchi soha 
evristika deb ataladi. Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy faoliyat asosida tadqiqotchi 
muayyan kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif 
tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi.
Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyon bo‘lish 
shaklidir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, kashfiyot o‘z ob’ektlari uch xil shaklda 
namoyon bo‘ladi. Bularning birinchisi qurilma bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, 
unga ma’lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, 
ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Ikkinchisi 
esa usul bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga texnologik jarayonlar, vositalar, 
yechimlar va parametrlar taalluqlidir. Uchinchisi esa ishlab chiqarishga 
qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum bir predmetni boshqa 
joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar kiradi.
Ilmiy tadqiqot faoliyatida “yaratish”, “kashfiyot” va “ixtiro” kabilar muhim 
metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda yaratish ijodiy sub’ekt tomonidan 
ijod natijasini vujudga keltirishni anglatadi. Ixtiro – sub’ekt tomonidan narsa, 
hodisa, jarayonlarning ob’ektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli 
o‘zgartirishlar kiritishdir. Nazariya yaratish uchun tajriba asosida qo‘lga 
kiritilgan dalilarni shunchaki jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun 
har doim muammoning mohiyatiga qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur 
11
Qarang: Shumilin A.T. Problemы teorii tvorchestva: Monogr. – M.: Vыssh. shk., 1989. – 143 s.


bo‘ladi. Aksariyat ixtirolar sanoat ishlab chiqarishi yoki kundalik maishiy 
turmush talablaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. Ayni shu ma’noda 
odamlar ehtiyojini qanoatlantirishning imkon qadar tejamkor yo‘llarini 
topgan insonni ixtirochi deb atash mumkin. Kashfiyot esa – kashfiyotchidan 
mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan narsa, hodisaning sub’ekt tomonidan 
anglab yetilishidir.
Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy 
ishning ichida eng taraqqiy etgan, o‘zida yangilikni saqlagan, ijobiy 
tomonlarga ega bo‘lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish 
demakdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida 
berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak bo‘ladi. Kashfiyotni ochish 
berilgan ob’ektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va 
uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib 
berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi.
I.Saifnazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlarning fikricha, “Ilmiy 
kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihati bo‘lib, u ilmiy tadqiqot ob’ekti haqida 
yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni 
aniqlash, fanning yangi sohalari haqida ma’lumotlar olishda namoyon 
bo‘ladi”
12
. O‘zlarining mazkur yondashuvlari orqali mualliflar ilmiy 
kashfiyotni ijodning fandagi oliy ifodasi ekanligiga alohida e’tibor 
qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot 
nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir. 
Ilmiy-ijodiy faoliyatda qiziqarli va muhim dalillarning yangi manbalarini 
topish, kashf etish – olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy 
kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi.
P.K.Engelmeyer ta’kidlashicha, “Kashfiyot – texnik masalalarni 
yechishning ilmiy asosidir”
13
. Shu nuqtai nazardan, kashfiyot ko‘proq har bir 
izlanuvchiga cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadigan ma’naviy-ruhiy 
hodisadir. Zero, buyuk olimlar o‘zlarining kashfiyotlari bilangina emas, balki 
ularning faoliyati odamlarning juda ko‘p avlodlari uchun novatorlik hamda 
haqiqatga xizmat qilish namunasi bo‘lganligi tufayli ham madaniyatda 
sezilarli iz qoldirganlar. Ayni shu ma’noda, fandagi har bir kashfiyot sirli 
xilqat hisoblangan insonning buyukligini his qilish bilan barobardir.
Fanning ko‘p asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy 
kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi 
fidokorona mehnati natijasida yuzaga keladi. Darhaqiqat, “Olimlik og‘ir 
mehnat natijasidir. ...olloh bergan ijodkorlik... bir foiz bo‘lsa, qolgan to‘qson 
to‘qqiz foizi ijod va mashaqqatli mehnat natijasida amalga oshadi. Olimlik 
xislati kechayu-kunduz o‘ylovlar natijasi.
12
Qarang: Saifnazarov I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi. O‘quv qo‘llanmasi – 
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004.
13
Engelmeyer P. K. Teoriya tvorchestva. - S. Peterburg, 1910.


Olimlik bu sinchkovliklar oqibati”
14
.
Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, 
uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. 
Ilmiyijodiy faoliyat, biron-bir kashfiyot amalda qo‘llanilishi natijasida, ilmiy 
bilishning tegishli sohasi jadal sur’atlarda rivojlana boshlashini, texnikaning 
rivojlanishi fanda inqilob yasashini ko‘rsatadi. Bunday inqiloblarning eng 
kattasi XIX asrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham P.Sorokin “Faqat birgina 
XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o‘zi oldingi asrlardagi 
kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko‘pdir”
15
, - deb yozadi. 
Xususan, bu asrda 8527 ta kashfiyot amalga oshirilgan
16
.
Ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar olishda emotsiyalarning roli 
kattadir. Chunki olimlar o‘z ilmiy-ijodiy izlanishlari haqida bahs yuritgan 
paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza qiladi, suyunadi, 
hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga tushadi ,
boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob bo‘ladi, loqayd bo‘ladi
17
. Yaxshi 
yoki yomon kayfiyatda bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va 
bunga o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning 
konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, ilmiy-ijodiy 
faoliyatning namoyon bo‘lish shakllari o‘z mazmunmohiyati, maqsadi va 
vazifasiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun ham ilmiy-ijodiy faoliyatni 
tushunish va tushuntirishda uning namoyon bo‘lish shakllariga doir turli 
konseptual qarashlarni qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki 
inson ilmiy ijodning bunday shakllari asosida tabiat, jamiyat va o‘z-o‘zi 
haqida fikr yuritishning yangidan yangi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa 
insonni haqiqatni bilish faoliyatida ilmiy yondashuvning ko‘pxilliligini 
ta’minlashga olib keladi. Darhaqiqat, Shelling “Ilmiy ijod bu inson hayotiy 
faoliyatining oliy shakli hisoblanadi”
18
, -deb yozadi.
Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish 
texnikiqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. 
Xususan, bunga muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida 
iqtisodiy foyda keltiruvchi texnologik yangilik sifatida tushunish keng 
tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda texnik-iqtisodiy paradigma 
tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha “imtiyozi nafaqat mahsulotlar va 
tizimlarning yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab chiqarishga jalb etish 
mumkin bo‘lgan mablag‘larning nisbiy strukturasidan izlanishi kerak bo‘lgan 
14
Davronov Z. Barkamollikka da’vat maktublari. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011 – B.116.
15
Sorokin P. A. Chelovek. Sivilizatsiya. Obщestvo. Mыsliteli XX veka. Obщ. red. Sogomonova A. Yu. Per. s angl. 
– M.: Politizdat, 1992. - 542s..
16
Sorokin P. A. Chelovek. Sivilizatsiya. Obщestvo. Mыsliteli XX veka. Obщ. red. Sogomonova A. Yu. Per. s angl. 
– M.: Politizdat, 1992. – 542 s.
17
Kudryavseva V.T. Formirovanie tvorcheskix sposobnostey cheloveka: problemы metodologii // Sovremennыe 
problemы teorii tvorchestva. - M., 1992. - S. 41-55.
18
Shelling F. V. I. Filosofiya otkroveniya. T. 1. - SPb.: Nauka, 2000 - 699 s.


o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik innovatsiyalar to‘plami”
19
ni 
anglatadi.
Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng 
mashhur ijtirolari qo‘yidagilar deb belgilangan.

Download 456.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling