Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri


Download 456.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi456.7 Kb.
#1646584
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Kashfiyot

Ixtiro kashfiyot va innovatsiya o‘rtasidagi o‘ziga xos “oraliq” holatidir
Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ma’lum bo‘lmagan hodisalarni aniqlash, 
innovatsiya bozor talablariga muvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lsa, 
ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik 
mahsulotlarini ifoda etadi.  
Mazkur tushuncha “kashfiyot” tushunchasi bilan o‘zaro munosabatda 
amaliy xarakter, “innovatsiya” tushunchasi bilan esa, aksincha, ilmiy-
tadqiqot xarakteriga ega bo‘ladi. G. A. Krayuxin va L. F. Shaybakovalar bu 
borada shunday yozadilar: “ kashfiyot tushunchasi ilmiy-tadqiqot faoliyati 
bilan uzviy bog‘liq, innovatsiya tushunchasi esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini 
amalda qo‘llash bosqichida paydo bo‘ladi. Bu esa maxsulotlar va ishlab 
chiqarish jarayonlarining o‘zidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi”
5
.
Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha 
o‘sib chiqishi mumkin. “Innovatsiya” tushunchasining mazmunini yanada 
teranroq anglash uchun uni “o‘zgarish” tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil 
qilish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan 
innovatsiyaning mazmunini o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy 
etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bunday talqin tez-tez uchrab 
turishini ta’kidlash joiz.
Xususan, innovatsion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre 
innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik 
organizmi ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan
6
.
Innovatsiyaning turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda 
S.D.Ilenkova “innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini hamda innovatsion 
faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi”
7
, - deb yozadi.
4
Balabanov I. T. Innovatsionnыy menedjment. – SPb.: Piter, 2000 – S.12.
5
Krayuxin G.A., Shaybakova L.F. Innovatsii, innovatsionnыe protsessы i metodы ix stimulirovaniya: suщnost i 
soderjanie. - SPb., 1995 - S. 12. 
6
Qarang: La Pierre R. T. Social Change – New York, 1965.
7
Innovatsionnыy menedjment/ S. D. Ilenkova, L. M. Golxberg, S. Yu. Yagudin i dr.; Pod red. S. D. Ilenkovoy – 
M.: Banki i birji, Yuniti, 1997 – S. 7. 


Bu yerda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi 
ta’rifning unchalik to‘g‘ri emasligi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero, 
agarda innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, 
mahsulli o‘zgarishlar ma’nosida talqin etilsa, u holda “o‘zgarish” tushunchasi 
shu turda bo‘lgan yanada kengroq spektrdagi hodisalarni anglatishi mumkin. 
Ularni ham biz o‘zgarishlar deb atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb 
emas. Shu ma’noda, o‘zgarish innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab 
bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum bo‘ladi.
Ayni paytda, innovatsiya va innovatsion faoliyatning asosiy 
funksiyalaridan biri – o‘zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib 
bo‘lmaydi. Biroq bu holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy 
o‘zgarishlar nazarda tutilishi zarur. Bu borada B.Santo: “innovatsiya – bu, 
tashkillashuvning moddiy va nomoddiy elementlarining maqsadga 
yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarishlaridir, ya’ni bunday o‘zgarish 
rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi”
8
, - deb yozadi. 
Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv 
sifatlariga xos bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, I.BestujevLadaning: “yangilikni 
joriy etish – bu, boshqaruv qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, 
hodisaning (texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini 
anglatadi”
69
.
Shuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va 
oqibatda paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan va 
innovatsiya qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy 
xarakter kasb etmasligi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni farqlash zarur. 
Bizningcha, “o‘zgarish” va “yangilik kiritish” tushunchalarining o‘zaro uzviy 
aloqadorligi to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida 
ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va yangilik kiritish 
sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik kiritish 
“o‘zgarish”ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi. Masalan, X.Barnett 
yangilik kiritishni madaniy o‘zgarish jarayonlarining asosiy mexanizmi 
sifatida talqin etgan edi
9
.
A.I.Prigojin fikricha esa, “yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida 
ko‘plab aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega”
10

Shunday qilib, innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy 
adabiyotlardagi ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda 
madaniyatga tashqi omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror 
toptirish mexanizmi sifatida yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy 
muammolar doirasida yangilikni ob’ektivlashtirish, madaniyat ichki 
8
Santo B. Innovatsii kak sredstvo ekonomicheskogo razvitiya: Per. s veng. – M.: 1990 
– S.100. 
69
Bestujev-Lada I. V. Prognoznoe obosnovanie sotsialnыx novovvedeniy. – 
M.: 1993 – S. 18. 
9
Qarang: Barnett H.G. Innovation: The Basis of culture change. – N.Y., 1953.
10
Prigojin A. I. Sovremennaya sotsiologiya organizatsiy – M., 1995 – S. 185.


salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm sifatida ta’kidlash 
imkonini beradi.
Innovatsiyaning “ixtiro”, “kashfiyot” tushunchalari bilan o‘zaro 
munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa, 
innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili 
– predmetli-amaliy xarakterini, uning “o‘zgarish” va “yangilik” 
tushunchalariga tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining 
yo‘nalganligini ochib beradi. Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy 
funksiyasi madaniy muhitda ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda 
keng aks-sado topishda namoyon bo‘ladigan sub’ekt kreativ-nazariy va 
predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida ta’riflash maqsadga 
muvofiqdir.

Download 456.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling