“Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni


Download 189.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.08.2023
Hajmi189.47 Kb.
#1668817
1   2   3   4
Bog'liq
02OsB5htfEWoQ0FBzgT6CV1ko1Px6cU8rNPljPt6

Kasrni o‘rgatish metodikasi 
“Ulushlar” mavzusiga asoslangan holda, kasrlarning hosil bo‘lishi 3-sinfda 
tanishtiriladi. Bunda ko‘rgazmali qurol bilim berishning bosh mezoni bo‘ladi. 
Narsalarni, shakllarni teng bo‘laklarga bo‘lish va bo‘laklardan bittasini, ikkitasini, 
uchtasini,… olish masalasi, uni ifodalash va yozish asosiy vazifa bo‘ladi. Bunda 
kasr, kasrning surati, maxraji kabi atamalar bilan tanishtirilib o‘tiladi. 
Kasrlarni yozishda, ular ustida amallar bajarishda quyidagi qoidalarga amal qilish 
zarur: 
Chiziq ostida yozilgan son kasrning maxraji deyilib, butun narsa nechaga 
teng bo‘linishini ifodalaydi. Kasrning ustida yozilgan son kasrning surati deyilib, 
teng qismlardan qanchasi olinganini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinfda maxraji 10 dan 
katta bo‘lmagan kasrlar qaraladi. 
Kasrlarga oid masalalar va ularning yechimlari 
Bundan keyin kasrlarni maydaroq ulushlarga maydalash va yiriklashga doir 
masalalar qaraladi. Masalan, sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishda 3-
sinfda o‘rganilgan sonning ulushini topish masalasi asos bo‘lib xizmat qiladi. 


Masala. Uzunligi 10 cm bo‘lgan kesma chizilgan, 3/5 qismi necha cmga teng? 
Uzunligi 10 cm bolgan kesma chiziladi va uning 1/5 ulushini bilib olamiz. 
I-----I-----I-----I-----I-----I 
10:5=2 cm, so‘ngra kesmaning 3/5 qismini topishda 2*3=6 cm ishni bajaradi, yoki 
birdaniga 10:5*3=6 cm deb bajarish mumkin. 
Masala. Daftar 24 betlik, o‘quvchi daftarning 5/8 qismini to‘ldiradi. 
Daftarning necha beti yozilmay qoldi? Masala shartining qisqacha sharti 
quyidagicha: 
Bor edi – 24 bet 
Yozildi- 5/8 qismi 
Qoldi-? bet 
I----I----I----I----I----I----I----I----I
Yechish: masalani yechishda kesma tasvirdan foydalanamiz. Kesmani 24 bet deb 
olib, uni 8 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz va uning 5 qismini ajratamiz. 
‘ yozilmadi. 
Umumiy ifoda ko‘rinishida 24-24:8*5=9 bet.
4-sinf darsligida berilgan sonning kasrini topishga ba’zi masalalarni 
yechishda katta, murakkab ifodalar hosil bo‘ladi. 
Bunday masalalarning yechimlarini amallarni bajarish yordamida ifodalash kerak 
bo‘ladi. Masalan: o‘ramda 240 m sim bor edi. Shu simning 5/8 qismi ishlatildi. 
Qolganidan necha metr ortiq sim ishlatilgan? 
Yechimning ifoda ko‘rinishidagi yozuvini quyidagicha bajaramiz: 
1) 
240:8*5=150 m 


2) 240-150=90 m 
3) 150-90=60 m 
2-usul: 1) (240-240:8*5)=90 
2) 150-90=60 m 
Kasr tushunchasini shakllantirish har xil predmetlarni teng qismlarga bo‘lishdan 
boshlanadi, bu predmetrlarning har birini biz bir butun deb qaraymiz.

Download 189.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling