“Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni
Download 189.47 Kb. Pdf ko'rish
|
02OsB5htfEWoQ0FBzgT6CV1ko1Px6cU8rNPljPt6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasrlarga oid masalalar va ularning yechimlari
- I----I----I----I----I
Kasrni o‘rgatish metodikasi
“Ulushlar” mavzusiga asoslangan holda, kasrlarning hosil bo‘lishi 3-sinfda tanishtiriladi. Bunda ko‘rgazmali qurol bilim berishning bosh mezoni bo‘ladi. Narsalarni, shakllarni teng bo‘laklarga bo‘lish va bo‘laklardan bittasini, ikkitasini, uchtasini,… olish masalasi, uni ifodalash va yozish asosiy vazifa bo‘ladi. Bunda kasr, kasrning surati, maxraji kabi atamalar bilan tanishtirilib o‘tiladi. Kasrlarni yozishda, ular ustida amallar bajarishda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: Chiziq ostida yozilgan son kasrning maxraji deyilib, butun narsa nechaga teng bo‘linishini ifodalaydi. Kasrning ustida yozilgan son kasrning surati deyilib, teng qismlardan qanchasi olinganini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinfda maxraji 10 dan katta bo‘lmagan kasrlar qaraladi. Kasrlarga oid masalalar va ularning yechimlari Bundan keyin kasrlarni maydaroq ulushlarga maydalash va yiriklashga doir masalalar qaraladi. Masalan, sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishda 3- sinfda o‘rganilgan sonning ulushini topish masalasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Masala. Uzunligi 10 cm bo‘lgan kesma chizilgan, 3/5 qismi necha cmga teng? Uzunligi 10 cm bolgan kesma chiziladi va uning 1/5 ulushini bilib olamiz. I-----I-----I-----I-----I-----I 10:5=2 cm, so‘ngra kesmaning 3/5 qismini topishda 2*3=6 cm ishni bajaradi, yoki birdaniga 10:5*3=6 cm deb bajarish mumkin. Masala. Daftar 24 betlik, o‘quvchi daftarning 5/8 qismini to‘ldiradi. Daftarning necha beti yozilmay qoldi? Masala shartining qisqacha sharti quyidagicha: Bor edi – 24 bet Yozildi- 5/8 qismi Qoldi-? bet I----I----I----I----I----I----I----I----I Yechish: masalani yechishda kesma tasvirdan foydalanamiz. Kesmani 24 bet deb olib, uni 8 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz va uning 5 qismini ajratamiz. ‘ yozilmadi. Umumiy ifoda ko‘rinishida 24-24:8*5=9 bet. 4-sinf darsligida berilgan sonning kasrini topishga ba’zi masalalarni yechishda katta, murakkab ifodalar hosil bo‘ladi. Bunday masalalarning yechimlarini amallarni bajarish yordamida ifodalash kerak bo‘ladi. Masalan: o‘ramda 240 m sim bor edi. Shu simning 5/8 qismi ishlatildi. Qolganidan necha metr ortiq sim ishlatilgan? Yechimning ifoda ko‘rinishidagi yozuvini quyidagicha bajaramiz: 1) 240:8*5=150 m 2) 240-150=90 m 3) 150-90=60 m 2-usul: 1) (240-240:8*5)=90 2) 150-90=60 m Kasr tushunchasini shakllantirish har xil predmetlarni teng qismlarga bo‘lishdan boshlanadi, bu predmetrlarning har birini biz bir butun deb qaraymiz. Download 189.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling