Katalitik riforming jarayoni va uni boshqarish obyekti sifatida tahlil qilish


-rasm. KR jarayonini boshqarish obyekti sifatidagi tahlili


Download 109 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi109 Kb.
#234495
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Texnika yo'nalishi Yangisi!!! Abduxakimov Izzatilla maqola

2-rasm. KR jarayonini boshqarish obyekti sifatidagi tahlili

Jarayonning o‘zgaruvchan holat vektori : pechlardan chiqayotgan mahsulot aralashmasining temperaturasi , reaktorlardagi bosim , reaktorlardagi gaz-xomashyo aralashmasining temperaturalar farqi , xomashyoni uzatishning hajmiy tezligi sistemadagi vodorod-xomashyoning mol ulushi reaktordagi jarayonning qattiqligi , jarayonning umumiy qattiqligi tarkibida vodorod saqlovchi gaz (ВСГ) tarkibida vodorodning ulushi xomashyoning zichligi yoqilg‘i gazini yonishi uchun maxsus issiqlik miqdori pechlardagi issiqlik yo‘qolish koeffitsienti pechga kiruvchi mahsulot aralashmasining entalpiyasi

Boshqarish ta’sirlari vektori: pechdagi yoqilg‘i gazining sarfi tarkibida vodorod saqlovchi gazning sarfi xomashyoning hajmiy sarfi markazdan qochma kompressorning unumdorligi elektr energiya sarfi sovituvchi suv sarfi mazutning sarfi katalizatorning sarfi monoetanolaminning sarfi seolitning sarfi

G‘alayonlar vektori katalizatorning aktivligining o‘zgarishi , xomashyoning sifatini o‘zgarishi , riforming pechining holati o‘zgarishi , yoqilg‘i gazining sifati o‘zgarishi .

Chiqish o‘zgaruvchisining vektori benzinning oktanlar soni , ishlab chiqarish xarajatlari .

Ishdan maqsad – benzinning oktanlar soni va ishlab chiqarish xarajatlarini optimal holatini aniqlash hamda jarayonni boshqarishning algoritmlarini ishlab chiqish orqali katalitik riforming jarayonini samaradorligini oshirish.

Katalitik riforming jarayonini boshqarishda quyidagi talablar muhim ahamiyatga ega: minimal oktanlar sonidan ko‘p bo‘lgan bezin yoqilg‘isini olish, ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal qiymatdan kamroq bo‘lishi. Shuning uchun katalitik riforming jarayonining chiqish o‘zgaruvchisi quyidagi chegara ko‘rinishida bo‘ladi (1):

(1)

Bu yerda – oktanlar soninig minimal qiymati; maksimal ishlab chiqarish xarajatlari.



(2)

boshqariladigan harakatlar ning qiymatlarining to‘plami ;

jarayonning o‘zgaruvchan holati qiymatlarining to‘plami.

Ushbu ishda optimallashtirishning umumlashtirilgan mezonlari (OUM) — katalitik riforming jarayonini optimallashtirish amalga oshiriladigan raqamli funksiya taklif etiladi. OUM ifodasi quyidagicha bo‘ladi:



(3)

normallashtirilgan xususiy mezon; J1, J2 mezonlarining qaror qabul qilishda nisbiy ahamiyatini tartibga soluvchi vazn koeffitsientlari, . Katalitik riforming jarayonini boshqarish obyekti sifatida tahlil qilish asosida ushbu jarayonning matematik modeli (MM) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

(4)

Bu yerda, – katalitik riforming jarayonining matematik modelining tenglamalar sistemasi. Berilgan kirish o‘zgaruvchilari orqali minimal optimallashtirishning umumiy kriteriyalarini ta’minlovchi boshqarish ta’sirlari topiladi:



(5)

Jarayon o‘zgaruvchilari bo‘yicha cheklashlar tipdagi tengsizliklar sistemasi sifatida ifodalanishi mumkin, bu erda , jarayon o‘zgaruvchisining mos ravishda minimal va maksimal qiymatlari.



(6)

Ushbu sistema o‘zgaruvchilarga cheklovlar o‘rnatish yoki lingvistik o‘zgaruvchilarni (LO‘) aniq baholash uchun talab qilinadi. F g‘alayon vektori LO‘ to‘plami sifatida taqdim etilganligi sababli, katalitik riforming jarayonini boshqarishni takomillashtirish Bellman-Zade sxemasini qo‘llash asosida noaniq maqsadlar va cheklovlarni hisobga olgan holda nazorat ta’sirini aniqlash usulidan foydalanish kerak.




Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling