Katalitik riforming jarayoni va uni boshqarish obyekti sifatida tahlil qilish


TEXNOLOGIK JARAYON HAQIDA QISQACHA TASNIF


Download 109 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi109 Kb.
#234495
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Texnika yo'nalishi Yangisi!!! Abduxakimov Izzatilla maqola

TEXNOLOGIK JARAYON HAQIDA QISQACHA TASNIF

Katalitik riforming jarayoni - bu turli xil reaksiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan murakkab kimyoviy jarayonlardan biri hisoblanib, ularning asosiy qismi quyidagilardir: oltita naftenli degidrogenatsiya, besh naftenli degidroizomerizatsiyasi, parafinlarning aromatizatsiya qilish, parafinlarning izomerizatsiyasi, aromatlarning izomerizatsiyasi, parafinni gidrokrekinglash, alkilbenzolni gidrodealkillash, parafinlar va besh a’zoli naftenlarning gidrodesikllizatsiya qilish. Ushbu reaksiyalar benzinli fraksiyalarning antidetonik xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi, shuningdek fraksiyalarda aromatik va izoparafin uglevodorodlarning tarkibini oshiradi. Katalitik riforming jarayonining reaksiyalari quyidagi rejimlarda olib boriladi: reaktorlarga kirishdagi harorat ; xomashyoni uzatish tezligi - 1,5 ; reaktordan chiqishidagi bosimi — ; katalizatorning mavjudligi; "vodorod xomashyo" sining molar nisbati 6:1. Katalitik riformingning asosiy xomashyosi neft va gaz kondensatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri benzinli fraksiyalari hisoblanadi. Quyida katalitik riforming jarayonining qisqacha tavsifi keltirilgan (1-rasm).

5 bosim ostida kelayotgan xomashyo N-1 nasos orqali haydaladi va markazdan qochma kompressordan kelayotgan tarkibida vodorod saqlaydigan gaz bilan aralashib gaz-xomashyo aralashmasi sifatida bitta quvur bilan uni qizdirish uchun birinchi bosqich trubali pech P-1ga yuboriladi. Birinchi bosqichda gaz-xomashyo aralashmasi P-1 pechda yonilg‘i gazini yoqish orqali qizdiriladi. Pechdan keyin gaz-xomashyo aralashmasi R-1 reaktoriga kiradi va bu erda katalitik riforming reaksiyalari olib boriladi. Xuddi shunday ketma-ketlikda, gaz-xomashyo aralashmasi P-2, P-3 pechlarida ma’lum bir temperaturagacha isitilgandan so‘ng R-2, R-3 reaktorlariga kiradi.





Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling