Katalitik riforming jarayoni va uni boshqarish obyekti sifatida tahlil qilish
Download 109 Kb.
|
Texnika yo'nalishi Yangisi!!! Abduxakimov Izzatilla maqola
Kalit so‘zlar: katalitik riforming, boshqarish obyekti tahlili, katalizat, matematik model, optimallshtirish.
Kirish Katalitik riforming jarayoni neft-gaz sohasida yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish yo‘nalishida juda muhim bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Katalitik riforming jarayonini takomillashishi doimiy ravishda dvigatel yoqilg‘ilarining sifatiga va ularning kimyoviy tarkibiga hamda ekologik jihatlariga yangi talablar qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Benzinning tarkibiy qismi 54,1% i reformat tashkil qilgani sababli, mahalliy neftni qayta ishlash korxonalarida katalitik riforming jarayoni yetakchi o‘rinni egallaydi. Katalitik riforming jarayonining samarali va uzluksiz ravishda davom etishini texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (АСУ ТП) tomonidan ta’minlanadi. V. V. Kafarov, G. M. Panchenkov, I. N. Doroxov, N. F. Rubekin, Yu. M.Zhorov, A. V. Kravtsov, A. G. Shumixin, E. D. kabi olimlar tomonidan katalitik riforming jarayonini modellashtirish va boshqarish sohasidagi tadqiqotlar olib borilgan. Asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (daromad, oktanlar soni, foyda va boshqalar) uchun optimal boshqarish tizimlarini ishlab chiqish, katalitik riforming jarayonining texnologik rejimini optimallashtirish, bir me’yordagi (barqaror) katalizatorning sifatini boshqarish, katalitik riforming jarayonini situatsion boshqarish, ma’lumotlar bazasidan foydalanishni boshqarish va boshqalar asosida katalitik riforming jarayonining samaradorligini oshirishga erishiladi. Olib borilayotgan ishlarning tahlillari natijasida hozirgi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini bir vaqtning o‘zida kamaytirishga va benzin sifatini oshirishga qaratilgan katalitik riforming jarayonini boshqarishga yangicha yondashuvlar olib borilmoqda. Ma’lumki, yuqori sifatli benzin ishlab chiqarish unumdorligi nafaqat ishlab chiqarilgan yoqilg‘ining oktanlar sonini oshirishga, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga ham bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, katalitik riforming jarayonini boshqarish tizimini ishlab chiqish bilan bog‘liq ilmiy ish, benzinning oktanlar soni va ishlab chiqarish xarajatlarining optimal nisbatlariga erishishni ta’minlaydi. Shunday qilib, benzin va ishlab chiqarish xarajatlarining oktanlar sonining optimal nisbatlariga erishishni ta’minlaydigan boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish zarurati aniqlandi va bosqichma-bosqich bu muammolar hal qilinib kelinyapti. Download 109 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling