Kategoriyalari 2 Ona tili didaktikasining maqsad va vazifalari II. Bob. Maktabda ona tili o ‘qitishning umumiy asoslari


Download 94.14 Kb.
bet2/9
Sana29.04.2023
Hajmi94.14 Kb.
#1401335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI (Восстановлен) (3)

Ona tili predmetining tarkibi.
Ona tili predmetining vazifalari. O‘quv predmeti sifatida ona tilining oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: — bolalarda nutq tovushi, bo‘g’in, urg’u, so‘z,
so‘zbirikmasi, so‘zningtarkibi, so‘zturkumi, gaphaqidagitasavvurlarnirivojlantirish, ularniijroetish, o‘qish, yozish, eslatishgaoidmalakalarnishakllantirish; — o‘quvchilarnutqiniturliso‘z, iboravaqurilmalarbilanboyitishyo‘llaribilanularninutqtuzishgao‘rgatish; — o‘quvchilardaaqliy, estetikvaetiktasavvurlarni, nutqqamunosabatnitarkibtoptirish , ulardailmiydunyoqarashnitarbiyalash; — bitiruvchio‘quvchilarnio‘qish-o‘rganishnibundanso‘ngdavomettiraolishgatayyorlash.Maktab onatili predmetining tarkibi. Yuqoridagi vazifalar tilning fonetik, leksik, grammatik tomonlarini o‘zlashtirish zaminida amalga oshiriladi.
Maktabda tilning har bir tomonini o ‘zlashtirishda ikki narsa: a) maktab dasturlari chegarasida nazariy bilim berish; b) o‘rganilgan nazariy bilimlar doirasida nutq malakalarini shakllantirish turadi. Ona tilidan bajariladigan ishlarning barchasi bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalashga bo‘ysundiriladi.
Tilshunoslikdagi barcha lingvistik kategoriyalar mavhum (abstrakt) tushunchalardir. «Ot», «sifat», «gap», «ergash gapli qo‘shma gap» kabi terminlar ostida o‘rganiladigan bilimlar abstrakt tafakkur mahsuli sanaladi. Kishilar til dalillarini o ‘rganish, ular ustida ab strak siy alash , til dalillariga xos juz’iy va umumiy xususiyatlarni ajratish natijasida «ot», «gap» kabi lingvistik kategoriyalarni yaratganlar. Ona tili predmetining fonetik tomoni. Tilning fonetikasi uning birdan-bir aniq tomoni hisoblanadi. Masalan, «а» tovushi faqat va faqat «а» tovushini bildiradi. Fonetika, fonema, bo‘g’in, urg’u kabi lingvistik kategoriyalar abstract tafakkur mahsuli bo‘lsa-da, nutq tovushi (b), so‘zning bir qismi (bo-bo), so ‘z bo‘g’inlaridan bittasining kuchli aytilishi (xiz-mat-chi-man) bizning ongimizga bog’liq bo‘lmagan hodisalardir. Fonetikani o‘zlashtirish
o‘quvchilarning tafakkurini o‘stirish bilan bevosita bog’langan. Buning uchun har bir nutq tovushi so‘z tarkibida o‘rgatiladi. Natijada o‘quvchi so‘zning fizik tomoni hisoblangan nutq tovushlarini so ‘z tarkibida farqlash ko‘nikmalarini
hosilqiladi.Ma’lumnutqtovushigabinoanso‘zma’nolariningo ‘zgarishiustidamashqqilish (o‘n-en-in-un;il-ich-iz-in-ish), so‘zlarnitovushvabo‘g’inlarjihatidantahlilqilish, berilganharfvabo‘g’inlaryordamidaso‘z, so‘zlarishtirokidagaptuzisho‘quvchilardaanalitik-sintetikfaoliyatnitarbiyalaydi.
Nutq tovushlari, ularning o‘zaro farqlari ustida mashq qilish natijasida
o‘quvchilarda, bir tomondan, lingvistik tushuncha shakllansa, ikkinchi
tomondan, fonematik eshitish (nutq tovushini so‘z tarkibida to‘g’ri anglash, faxmlash, eshitish) taraqqiy etadi.
Lingvistik tushunchalar haqida to‘g’ri tasavvur hosil qilish, fonematik eshitishni taraqqiy ettirish o ‘quvchilarning til sezgirligini rivojlantiradi.
Shunday qilib, fonetikaga oid nazariy bilimlarni o‘rganish jarayonida
o‘quvchilarda orfoepik, grafik, orfografik va shu kabi malakalar hosil qilinadi.
Ona tili predmetining leksik tomoni. Maktab ona tili kursida leksika material-larini ikki bosqichda o‘rgatish ko‘zda tutilgan: birinchi bosqich (boshlang’ich sinf)da so‘zning ma’nosi, ko‘p ma’noli so‘zlar, yaqin ma’noli so‘zlar, qarama -qarshi ma’noli so‘zlar, uyadosh so‘zlar, ularning uslubiy imkoniyatlari;
ikkinchi bosqich (yuqori sinf)da so‘z va termin, lug’at boyligi, lug’atning boyish
manbalari va shu kabi mavzularni o‘rgatish rejalashtirilgan.
Maktabda tilning leksik tomonini o ‘rgatish dasturlarda ko ‘rsatilgan qisqa vaqt bilan chegaralanmaydi. O‘quvchi har bir sinfda yangi-yangi o‘quv predmetlarini
o‘rganadi.Fano‘qituvchilari o‘quv predmetlariga oid terminlarni tushuntirib beradi. Morfologiya mashg’ulotlarida har bir so‘z turkumiga oid so‘zlarning ma’nolari ustida ham mashq qilinadi.
Nutq o‘stirish nuqtai nazaridan qaraganda, tilning leksik tomonini
o‘rganish birinchi sinfdan o‘n birinchi sinfni bitirgunga qadar davom etadi. Leksika materiallariga bog’langan holda o ‘quvchilarda har bir so‘zni nutqda
to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalari ham hosil qilinadi. Nutq maqsadiga muvofiq so‘z tanlash, har bir so ‘zni o ‘z o ‘rnida ishlatish ustida mashq qilish yo ‘li bilan
o ‘quvchilarda uslubiy malakalar hosil qilinadi, ularga bog’li nutq tuzish yo ‘llari
o‘rgatiladi. Shunday qilib, leksikaga oid nazariy materiallami o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilarda uslubiy malakalar hosil bo‘ladi. Ona tili predmetining grammatik tomoni. Maktab ona tili predmetining Grammatik tomonini
morfologiya va sintaksisdan o‘rganiladigan ilmiy bilimlar va shu bilimlar asosida hosil qilinadigan nutq malakalari tashkil etadi. Maktab morfologiyasi o‘zaro aloqador ikki qismdan iborat: a) so‘z tarkibi va so‘z yasash; b) so‘z turkumlari. Birinchi bo‘limni o‘rganish natijasida o‘quvchilar so‘zning tarkibi, so‘z yasash qonuniyatlari haqida tushuncha hosil qiladi. So‘z tarkibi o‘rgatilgach, so‘z turkum lariga oid materiallar o‘zlashtiriladi. So‘z turkumlariga oid so‘zlarning ma’nosini, sinonimikasini o‘rganish orqali o‘quvchilar shu so‘zlarni aytish va yozishni, grammatik kategoriyalar (kelishik, egalik, ko‘plik, shaxs-son)ni o‘rganish orqali gapda so‘zlarning o‘zgarishi va bog’lanishini bilib olishadi. Shunday qilib,
morfologiya materiallarini o'zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda orfoepik, orfografik, uslubiy malakalar va bog’li nutq tuzish iqtidori yanada rivojlantiriladi. O‘quvchilar boshlang’ich sinfda sintaksis elementlarini o‘rganishadi. Ular so‘z birikmasi, gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, bosh bo‘laklar (ega va kesim), ikkinchi darajali bo‘laklar kabi lingvistik hodisalar bilan tanishadi.
Yuqori sinflarda esa sintaksisning izchil kursi o‘zlashtiriladi. Sodda va qo‘shma gap sintaksisiga oid nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, o‘quvchilar gapni to‘g’ri tuzish, to‘g’ri talaffuz etish, gap tarkibida tinish belgilarini to‘g’ri ishlatish qoidalarini egallab olishadi. Demak, sintaksisga doir nazariy bilimlarni
o‘zlashtirishga bog’langan holda o‘quvchilarda uslubiy, punktuatsion malakalar shakllanadi. Ona tili tarkibi jihatidan murakkab o‘quv predmeti bo‘lib, u ikki qavat (yarus)dan iborat: uning ustki qavatini tilning fonetikasi, leksikasi, grammatikasiga oid nazariy bilimlar, ikkinchi qavatini nazariy bilimlar asosida shakllantiriladigan nutq ko ‘nikmalari-orfoepik, grafik, orfografik, uslubiy, punktuatsion, prosodic
malakalar tashkil etadi.Tildan o‘zlashtiriladigan nazariy bilimlar, hosil qilinadigan nutq malakalari bolalar nutqini rivojlantirish maqsadiga xizmat qiladi. Ona tilining predmeti tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro bog’liqligi 1-chizmada berildi.

Download 94.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling