Kategoriyalari 2 Ona tili didaktikasining maqsad va vazifalari II. Bob. Maktabda ona tili o ‘qitishning umumiy asoslari
Download 94.14 Kb.
|
KURS ISHI (Восстановлен) (3)
Ona tilidan ma’lumot mazmuni
Barcha o ‘quv predmetlariga o ‘xshab ona tilidan ma’lumot berish ham uch yo‘nalishda tashkil etiladi: hozirgi o‘zbek tilshunosligining umumiy asoslaridan ma’lumot berish va shu orqali bolalarni fikrlashga, nutqni tuzish va ijro eta olishga o‘rgatish; o‘quvchilarning aqli, zehni, tafakkurini rivojlantirish; bolalarda o‘z nutqi, o‘zgalar nutqi, tilga munosabatni tarbiyalash. Hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining umumiy asoslari tilning fonetikasi, leksikasi, grammatikasi to‘g’risidagi tasavvurlardan iborat. Til haqidagi tasavvurlarning mohiyati va jamiyatda bajaradigan ishiga qarab ikki guruhga ajratmoq ma’qul: a) kundalik turmush va kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlar; b) tilni, til to‘g’risidagi tasavvurlarni, binobarin, tilshunoslikni rivojlantirishga daxldor bilimlar. Maktab ona tili predmeti negizini kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlar tashkil etadi. Kishilarning o ‘zaro aloqalashuvi, o ‘z fikr va mulohazalarini nutq sharoitiga mos shakllarda bayon qilish uchun zaruriy bilimlar tilning fonetikasi, leksikasi, grammatikasi to ‘g’risidagi tasavvurlardan tanlab olinadi. Garchand, maktabda fonema, leksema, sintagma, morfema kabi qator tushunchalarni o‘rgatish ko‘zda tutilmagan bo‘lsada, nutq tovushi va uning yozuvdagi belgisi — harf, nutq tovushlarining ma’no ajratish xususiyatlari, ularning artikulyatsiyasi, nutq tovushlarining turlari (unli va undosh, jarangli va jarangsiz), bo‘g’in, uning turlari( ochiq va yopiq va sh.k.), urg’u va uni nutqda to‘g’ri qo‘llash, so‘z ma’nolari (o ‘z va ko ‘chma ma’no, yaqin ma’no, qarama-qarshi ma’no), so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi, tuslovchi, turlovchi qo‘shimchalar, so‘z turkumlari, turli sintaktik qurilma (konstruksiya)lar (so‘z birikmasi, gap, sodda va qo‘shma gap) kabilar ona tili ta’limining asosini tashkil etadi. Ona tilidan ma’lumot mazmuni tarkiban to‘rt xil birlikdan iborat: bilimlar — til hodisalarini tahlil qilish, ularning asosiy va ikkilamchi belgilarini ajratish yo‘llari bilan chiqarilgan ta’riflar, aniqliklar, qoidalardir. Ta’rif, aniqliklar o‘ziga oid dalillarning barchasi uchun umumiydir. Masalan, «belgining yoki harakatning belgisini bildirgan so‘zlarga ravish deyiladi» ta’rifi ravishga oid so‘zlarning barchasi uchun umumiydir. Demak, lingvistik bilimlar til hodisalarining modeli bo‘lib, ularni o‘rganish, faoliyatda ishlatish mumkin; ko‘nikma-malakalar bilimlarga rioya qilib faoliyat ko‘rsatish yo‘li bilan shakllanadi. Nutqning ravonligi, to‘g‘riligi, mazmundorligi, ifodaliligi, emotsionalligi, tushunarliligi malakalarning taraqqiyotiga bog‘liq; ijodiy faoliyat tajribasi ma’lumot mazmunining yana bitta birligi bo‘lib, ularni shakllantirish mutlaqo o‘qitish usuliyotiga bog’liq. Olimlar til hodisalarini ijodiy o‘rganganlaridek, maktab ta’limi ham ijodiy tashkil etilganda bolalarda ijodiy faoliyat tajribasi shakllanadi; munosabatlar tizimi — tilga, o‘z va o‘zgalar nutqiga munosabatdan iborat. Ona tili predmetiga oid bilimlar munosabat shaklini olgan sari ona tili ta’limi tarbiya darajasiga ko ‘tariladi. Ona tilidan ma’lum ot mazmuni yoshlaming ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab, hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining umumiy asoslariga pedagogik ishlov berish yo‘li bilan tanlangan bilimlar, nutq malakalari, ijodiy faoliyat tajribasi, tilga va nutqqa oid munosabatlardir. Ona tilidan ta’lim mazmuni. Ona tilidan ta’lim mazmuni ma’lumot mazmunidan tanlanadi. Shu jihatdan qaraganda, ma’lumot mazmuni umumiylik, ta’lim mazmuni xususiylikni ifodalaydi. Ta’lim mazmuni ma’lum ot mazmunining dinamikasi-harakati bo‘lib, uni o‘zlashtirish yo‘li bilan ma’lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni bilimli qilish, rivojlantirish, tarbiyalashga qarab boriladi. Ona tilidan ta’lim mazmuni-yoshlarni ona tilidan ma’lumotli qilish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma, malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, til hodisalarini baholashga oid munosabatlardir. Shunday o‘quv materiali darsga olib kirildi, deb tasavvur qiling: shakli bir xil, ma’nolari har xil bo ‘lgan so zlarga omonimlar deyiladi: o ‘t-o ‘t. Bu mavzu tarkiban bilimlar (shakli bir xil bo‘lgan so‘zlar, ma’nolari har xil bo ‘lgan so‘zlar, turli so‘z turkumlariga mansublik, turli so‘roqlarni olish va sh.k.), ko‘nikma malakalar (omonimlarni boshqa so‘zlardan, masalan, sinonimlardan farqlash, ular ishtirokida nutq- tuza olish va sh.k.), ijodiy faoliyat tajribasi (omonimlarni yangi-yangi matnlar tarkibida taniy olish, ular haqidagi bilimlarni turli o‘quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq eta bilish va sh.k.), omonim larning nutqdagi ahamiyatini baholay olishdan iborat. «Ma’lumot mazmuni» keng tushuncha bo‘lib, ta’lim mazmuni ma’lumot mazmuni matnida ifodalanadi. Bir tomchi suvda quyosh aks etganidek, ma’lumot mazmunini tashkil etgan tarkibiy qismlar (bilim, malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) ta’lim mazmunining ham elementlari sanaladi. O‘zbek tilshunosligi fani va ona tili predmeti. Ona tilidan ma’lumot mazmuni ona tili predmetida mujassamlangan bo‘lib, u kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlarni izchil bayon qilishga moMjallangan. Binobarin, ona tili predmeti hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining ilmiy yutuqlari, tilning hozirgi taraqqiyoti xususidagi tasavvurlar, tilni sinxronik o‘rganish natijalari negizida tuzildi. Ammo bu «hozirgi o ‘zbek tilshunosligi» va «ona tili predm eti» bir xil, o ‘zaro teng degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Maktablarda o‘qitiladigan ona tili predmeti o‘zbek tilshunosligi fanidan quyidagicha farq qiladi. Fan va o‘quv predmeti. Fan va o‘quv predmetining vazifalari turlichadir. O‘zbek tilshunosligida kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlarning barchasi mujassamlangan bo‘lib, uning vazifasi ona tilini bundan keyin taraqqiy ettirishdir. Ona tili predmeti yoshlarni ijtimoiy hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash maqsadida kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlar bilan qurollantiradi. Binobarin, o‘zbek tilshunosligi fani va ona tili predmeti jam iyatda bajaradigan vazifasiga binoan o‘zaro farq qiladi. O‘zbek tilshunosligi fani nihoyatda murakkab bo‘lib, unda grammatik bilim va tushunchalarni, til hodisalarini ajratish uchun ishlatilgan terminlarning barchasi o‘z aksini topgan . Ona tili predmeti esa o‘quvchilarning bilish imkoniyatlari, tayyorgarlik darajasi, yoshiga mo‘ljallab tuzilgan. Demak, ona tili predmetida ta’limning lingvodidaktik, psixologik, fiziologik tomonlari hisobga olinadi. Fan mazmun va hajm jihatidan o‘quv predmetiga nisbatan keng. Unda kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zaruriy bilimlar ham, til taraqqiyotini belgilab beruvchi omillar hamo‘z aksini topadi. Shu jihatdan qaraganda, fan ijtimoiy institut sanaladi. U fanning barcha sohalarini, shu sohalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib boruvchi olimlar faoliyatini ham o‘ziga qamrab oladi. O‘zbek tilshunosligi fanining umumiy asoslariga pedagogik ishlov berish yo‘li bilan ma’lumot mazmuni shakllantiriladi. Ona tilidan ma’lumot mazmunini bolalarbop holatga olib kelish uchun mutaxassis olimlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ma’lumot mazmunini maktab o‘quvchilariga yetkazish borasida o ‘qituvchilar xizmat qiladi. Bilimlarni o ‘zlashtirishda o ‘quvchilarning o ‘zlari ham faol ishtirok etishadi. Metodist olimlar, maktab o ‘quvchilari, o ‘quvchilar jamoalari ishtiroki nuqtai nazaridan m aktabda ona tili o‘qitish ham o‘ziga xos ijtimoiy institut hisoblanadi. Ona tili predmetining ta’rifi. Ona tili predmeti to‘g’risida gapirib, A .V .Tekuchev bunday deb yozgan edi: «Grammatika fonetika bilan, orfografiya, punktuatsiya, orfoepiya, leksika (garchand bulaming har biri o‘ziga xos ichki tuzilishi, mazmuni, maqsadi, vazifasi, metodlari bo ‘lsada) yaxlit bitta o‘quv predmetini tashkil etadi». Ta’lim sharoitida til va nutqni o‘rgatish ( o‘qituvchi) hamda o‘rganish (o‘quvchi) obyekti sifatida ishtirok etadigan sohalari majmui ona tili predmeti sanaladi. Tilning fonetikasi, leksikasi, grammatikasiga doir nazariy bilimlar, ularga oid nutq ko‘nikmalari, bolalarda shakllantiriladigan ijodiy faoliyat tajribasi, til va nutqqa munosabat ona tili predmeti matnida qaraladi. Ta’lim maqsadining tarkibiy qismlari — nutq o‘stirish talabiga muvofiq o‘zaro bog’langan, ona tilining grammatik qurilishi to‘g‘risida izchil bilim berishga mo‘ljallangan. IIX sinflarda o'rganiladigan , o‘quvchilarda nutq malakalarini (orfoepik, grafik, orfografik, prosodik, uslubiy, punktuatsion) rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kursiga ona tili predmeti deyiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishkanidan soʻng oʻzbek pedagogika fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda didaktikaning tamomila yangicha yoʻnalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi.Bu borada Ona tili didaktikasi fanida keng ko ‘lamli izlanishlar olib borilgan.Ona tili didaktikasi metodik izlanishlarni umumlashtiruvchi pedagogik fandir. U tilshunoslik, umumiy didaktika, bolalar psixologiyasi, m etodika kabi qator fanlarning yutuqlariga tayanib, o ‘z tadqiqot predmeti, vazifalari, tushunchalar tizimini belgilaydi. Ona tili didaktikasi boshqa fanlarga nisbatan amaliy fanmi? Agar ona tili didaktikasi amaliy fan bo ‘lsa, uning nazariy asoslari mavjudmi? Maktabda ona tili o ‘qitish amaliyotini ona tili metodikasi ham o ‘rganadi. Ona tili didaktikasi til o ‘qitish tajribasini qaysi jihatlariga ko ‘ra, tadqiq qiladi? Bu savollarga ona tili didaktikasi tadqiqot predm eti, uning vazifalarini aniq chegaralash yo ‘li bilan javob izlash mumkin.Umumiy didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o ‘rgatish muammolarini tadqiq qiluvchi fandir. Ona tili didaktikasi esa yoshlarda ijtimoiy tajribaning alohida xususiyati — fikrni til vositasida shakllantirish va uni ro‘yobga chiqarish tajribasini rivojlantirishdan iborat. Til yashagan, yashayotgan va bundan keyin yashaydigan avlodlar o‘rtasidagi vorislikni ta’minlaydigan asosiy vosita bo ‘lib, uni maktabda o‘quv predmeti sifatida o ‘qitish tilning ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yanada oshiradi. Shunday ekan, ona tili didaktikasining tadqiqot predmetini qanday tushunmoq kerak? Adabiyotlarda til o ‘qitish m etodikasining tadqiqot predmetini ajratishga urinishlar istagancha topiladi. L.P. Fedorenko «ona tilini o ‘zlashtirish qonuniyatlari va til bilimlarini bolalarga o ‘rgatish vositalarini» bu fanning tadqiqot predmeti sifatida ajratgan. L.P.Fedorenkoning ta’rifida ikki kutubxonasi xil hodisa metodikaning tadqiqot predmeti sifatida qayd etilgan. Tilni o ‘zlashtirish qonuniyatlari keng hodisa boiib, u ona tili metodikasi fani doirasidan chiqishga olib keladi. Birinchidan, ona tili o ‘quv predmeti sifatida ta’lim jarayonida o‘qitiladi. Tilni o ‘zlashtirish qonuniyatlari, avvalo, tilning o ‘z tabiatiga, urf- odat, an’analar, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi muloqot, fiziologik va psixologik hodisalarga daxldor. Ko ‘p qirrali, rangbarang jarayonlarga mansub hodisani ona tili metodikasining tadqiqot predmeti sifatida ajratish mantiqan to ‘g’ri bo ‘lmaydi. Ikkinchidan, til bilimlarini bolalarga o ‘rgatish vositalarini metodikaning tadqiqot predmeti shaklida tan olish, bu fanning harakat doirasini toraytirishga sabab bo‘ladi. Aslida esa, ona tili metodikasi va uning qobig’ida shakllanayotgan ona tili didaktikasi didaktika o‘rganadigan hodisalarni xususiy holatlarda — ona tilio‘qitish nuqtai nazaridan o‘rganadi. Binobarin, ona tili didaktikasi umumiy didaktikaga o‘xshab, ta ’lim jarayoni, ona tilidan ma’lumot va ta’lim mazmuni, ta ’lim turlari, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalari kabi muammolarning barchasi bilan aloqadordir. Barcha o ‘quv predmetlariga o ‘xshab ona tili ham maktabda ta’lim jarayonida o‘rganiladi. Ta’lim jarayoni esa bola uchun tilni o‘zlashtirishning yangi shart-sharoiti boiib, u makon va zamonda yuz beradi. Til ta’limining ma’lum sharoitda — ta’lim jarayonida amal qilishi, uni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishga oid hodisalarni ma’lum darajada osonlashtiradi, o ‘quvtarbiya jarayonida uchraydigan stoxastlikni2 (kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan, muqarrar va tasodifiy hodisalar mavjudligi) chegaralash imkoniyatini beradi. Ona tilidan qanday mashg’ulot bo ‘lmasin, o ‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri ma’lum o‘quv materialiga yo‘nalgan. O‘qituvchi faoliyati (o‘qitish), o‘quvchilar faoliyati (o‘qish), bolalarning real o‘quv imkoniyatlariga mos o‘quv materiali tilni ta’lim sharoitida o‘zlashtirishning barqaror uzvlari sanaladi. Ulardan birontasi qatnashmasa, ta’lim zuhur etmaydi. O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu doirasida o‘z bilimlarini tushuntirish yo‘li bilan bolalarga ta’sir qilsa, o‘quvchilar o ‘qituvchi tushuntirishini tinglash, savollarga javob izlash, topshiriqlarni bajarish yo‘llari bilan unga ta’sir qiladi. Ikki xil ta’sirning amal qilish natijasi o‘laroq, ta’lim ijtimoiy institutining alohida turi sifatida amal qiladi. O ‘quv materiallariga ko ‘ra, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri ona tili didaktikasining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ona tili didaktikasi sohasidagi eng dolzarb muammolardan biri ona tilidan ma’lumot mazmunini turli ijtimoiy institutlarga — maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang’ich ta’lim, umumiy o‘rta taiim maktablari, kollej, litsey hamda oliy o ‘quv yurtlariga moslab tanlashdan iborat. Ona tilidan ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish va uni bolalarning bilish imkoniyatlariga moslashtirish yo‘li bilan turli ijtimoiy institutlar o‘rtasida vorislik o‘rnatiladi Ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish masalalari bilan mutaxassis olimlar, muassasa vakillari shug’ullanadi. Shu jihatdan qaraganda, ona tihdan ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish ijtimoiy institutning alohida turi sanaladi. Ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish jarayoni ishtirokchilari o‘z sohalarini bekamuko‘st bilishsa, o‘quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlari, tayyorgarlik darajalari, psixofiziologik xususiyatlarini to‘liq tasavvur etishsa, tayyorlanadigan loyihalar shuncha samarador bo ‘ladi. Umumiy didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o‘rgatish muammolarini tadqiq qiluvchi fandir. Ona tili didaktikasi esa yoshlarda ijtimoiy tajribaning alohida xususiyati — fikrni til vositasida shakllantirish va uni ro‘yobga chiqarish tajribasini rivojlantirishdan iborat. Til yashagan, yashayotgan va bundan keyin yashaydigan avlodlar o‘rtasidagi vorislikni ta’minlaydigan asosiy vosita bo‘lib, uni maktabda o‘quv predmeti sifatida o‘qitish tilning ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yanada oshiradi. Shunday ekan, ona tili didaktikasining tadqiqot predmetini qanday tushunmoq kerak? Adabiyotlarda til o‘qitish metodikasining tadqiqot predmetini ajratishga urinishlar istagancha topiladi. L.P. Fedorenko «ona tilini o ‘zlashtirish qonuniyatlari va til bilimlarini bolalarga o‘rgatish vositalarini» bu fanning tadqiqot predmeti sifatida ajratgan. L.P.Fedorenkoning ta’rifida ikki kutubxonasi xil hodisa metodikaning tadqiqot predmeti sifatida qayd etilgan. Tilni o‘zlashtirish qonuniyatlari keng hodisa boiib, u ona tili metodikasi fani doirasidan chiqishga olib keladi. Birinchidan, ona tili o ‘quv predmeti sifatida ta’lim jarayonida o‘qitiladi. Tilni o ‘zlashtirish qonuniyatlari, avvalo, tilning o ‘z tabiatiga, urf- odat, an’analar, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi muloqot, fiziologik va psixologik hodisalarga daxldor. Ko‘p qirrali, rangbarang jarayonlarga mansub hodisani ona tili metodikasining tadqiqot predmeti sifatida ajratish mantiqan to‘g’ri bo‘lmaydi. Ikkinchidan, til bilimlarini bolalarga o‘rgatish vositalarini metodikaning tadqiqot predmeti shaklida tan olish, bu fanning harakat doirasini toraytirishga sabab bo‘ladi. Aslida esa, ona tili metodikasi va uning qobig’ida shakllanayotgan ona tili didaktikasi didaktika o‘rganadigan hodisalarni xususiy holatlarda—ona tili o‘qitish nuqtai nazaridan o‘rganadi. Binobarin, ona tili didaktikasi umumiy didaktikaga o‘xshab, ta’lim jarayoni, ona tilidan ma’lumot va ta’lim mazmuni, ta ’lim turlari, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalari kabi muammolarning barchasi bilan aloqadordir. Barcha o ‘quv predmetlariga o ‘xshab ona tili ham maktabda ta’lim jarayonida o ‘rganiladi. Ta’lim jarayoni esa bola uchun tilni o‘zlashtirishning yangi shart-sharoiti boiib, u makon va zamonda yuz beradi. Til ta’limining ma’lum sharoitda — ta’lim jarayonida amal qilishi, uni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishga oid hodisalarni ma’lum darajada osonlashtiradi, o‘quvtarbiya jarayonida uchraydigan (kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan, muqarrar va tasodifiy hodisalar mavjudligi) chegaralash imkoniyatini beradi. Ona tilidan qanday mashg’ulot bo ‘lmasin, o‘qituvchi va o‘quvchining o ‘zaro ta ’siri m a’lum o ‘quv m aterialiga yo ‘nalgan. O‘qituvchi faoliyati (o‘qitish), o‘quvchilar faoliyati (o‘qish), bolalarning real o‘quv imkoniyatlariga mos o‘quv materiali tilni ta ’lim sharoitida o‘zlashtirishning barqaror uzvlari sanaladi. Ulardan birontasi qatnashmasa, ta’lim zuhur etmaydi. o‘qituvchi o ‘rganilayotgan mavzu doirasida o ‘z bilimlarini tushuntirish yo‘li bilan bolalarga ta ’sir qilsa, o ‘quvchilar o ‘qituvchi tushuntirishini tinglash, savollarga javob izlash, topshiriqlarni bajarish yo ‘llari bilan unga ta’sir qiladi. Ikki xil ta’sirning amal qilish natijasi o‘laroq, ta’lim ijtimoiy institutining alohida turi sifatida amal qiladi. O ‘quv materiallariga ko ‘ra, o ‘qituvchi va o ‘quvchilarning o‘zaro ta’siri ona tili didaktikasining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ona tili didaktikasi umumiy didaktika b o ‘yicha o ‘rganilgan bilimlarni, masalan, ta’lim prinsiplari, ma’lumot va ta’lim mazmuni bo‘yicha hosil qilingan tasavvurlarni inkor etmaydi. Aksincha, ona tili didaktikasi bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar umumiy didaktikada hosil qilingan tushunchalarni toidirishga, ularni yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. O‘z navbatida umumiy didaktika sohasida to‘plangan bilimlar xususiy didaktika muammolarini atroflicha chuqur o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratadi. Umumiylik va xususiylikning o‘zaro munosabati shaklida amal qiladigan umumiy didaktika va ona tili didaktikasi birbiri bilan uzviy bogiiq fanlardir. Ona tili didaktikasining umumiy didaktika bilan aloqadorligini yanada oydinlashtirish m aqsadida ta ’lim prinsiplari bilan xususiy didaktik umda (prinsip)larni chog’ishtiraylik. Maktabda ona tili o‘qitish jarayonida ilmiylik, tushunarlilik, onglilik, ko‘rsatmalilik kabi umda (prinsip)larga rioya qilib, tilni o‘zlashtirish tashkil qilinadi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Shu bilan birga, maktabda ona tili ta’limining o ‘ziga xos prinsiplari ham mavjud. Til hodisalarini ajratishga o ‘rgatish, nutq organlarini yetarli mashq qildirish, nutqdan tilga qarab borish, yozma nutqni og’zaki nutqqa chog’ishtirib o ‘rgatish xususiy didaktikumda (prinsip)lar hisoblanadi. Demak, har bir o‘quv predmetini o‘rgatishda ta’limning umumiy umda (prinsip)lari bilan bir qatorda, aynan olingan o ‘quv predmetining o ‘z mohiyatidan kelib chiqadigan umda (prinsip)larga ham rioya qilib, o‘quvtarbiya ishlari o ‘tkaziladi. Umumiy didaktika o ‘z tadqiqot predmetini o ‘rganish, asoslash va bayon etishda xususiy didaktika yutuqlaridan foydalanadi. Ona tili didaktikasi, o ‘z navbatida, umumiy didaktika yutuqlariga ham tayanib, o ‘z tadqiqot predmetini aniqlaydi, kategoriyalar tizimini belgilaydi. Ana shunga ko ‘ra, ona tili didaktikasi ham umumiy didaktik kategoriyalar, ham o‘ziga xos xususiy didaktik kategoriyalardan foydalanadi. Ona tili didaktikasi sohasida qoilanadigan kategoriyalar va ularni chegaralashda qo‘llanadigan atam alar qator vazifalarni bajaradi: fanning tadqiqot sohasi, predmeti, maqsadi, vazifalari, vositalarini o ‘rganish va asoslash; fan sohasida fikrlashuvni ta’minlash; fan hodisalarini tasvirlash. Umumiy didaktika va ona tili didaktikasining o ‘zaro aloqadorligi asosida xususiy didaktika sohasida qoilanadigan kategoriyalar ikki guruhga ajraladi: umumiy didaktik kategoriyalar; xususiy didaktik kategoriyalar. Umumiy didaktik kategoriyalar sirasiga ma’lumot mazmuni,ta’lim mazmuni,ta’lim jarayoni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari kabilar kiradi. Umumiy didaktik kategoriyalar ham korlik asosida yaratilgan qoilanm ada batafsil bayon etilgan. X ususiy didaktik kategoriyalar u yoki bu o ‘quv predmetining ayni holatda ona tili predmeti, o‘z mohiyatiga ko‘ra ajratiladigan hodisalardir. «Grammatik tushuncha», «grammatik mashq» shunday kategoriyalar jum lasiga kiradi. Grammatik tushuncha — lingvistik fikrlash shakli, grammatik mashq esa ona tilidan o ‘rganilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘li. Ona tili didaktikasida umumiy va xususiy didaktik kategoriyalarga asoslanib, pedagogik hodisalarning mohiyati ochiladi. Maktablarda ona tilini o ‘qitish jarayoni bilan daxldor hodisalarni tavsiflashda qo‘llanadigan kategoriyalar tizimi ona tili didaktikasi logikasi sanaladi Download 94.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling