Kategoriyalari 2 Ona tili didaktikasining maqsad va vazifalari II. Bob. Maktabda ona tili o ‘qitishning umumiy asoslari
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida didaktik o ‘yinlardan
Download 94.14 Kb.
|
KURS ISHI (Восстановлен) (3)
2.2 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida didaktik o ‘yinlardan
foydalanish (didaktik o ‘yinlar asosida) Didaktik o`yinlar o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O`quvchilar mashg`ulot jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlarga qiziqib ishtirok etadilar. Shu orqali o`tilayotgan mavzuni oson va tez tushunib oladilar. To`g`ri tashkil qilingan didaktik o`yin o`quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, uni zerikishdan va toliqishdan asraydi. Didaktik o`yinlardan barcha fanlarni o`tishda foydalanish mumkin. Ona tili darslarida ham bunday o`yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili ta’limining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya” kabi bo`limlarida didaktik o`yinlardan foydalanish imkoniyatlari keng. Biz 7-sinfda "Olmosh" so`z turkumini o`rganish jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlar haqida so`z yuritamiz. Olmosh turkumi bir necha ma’noviy guruhlarga bo`lib o`rganiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va sinash maqsadida bir qator o`yinlar o`tkazish mumkin. Shunday o`yinlardan biri "O`z o`rningni top" o`yinidir. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi.O`qituvchi olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni bir necha qog`ozlarga alohida.alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo`yadi. Olmoshning ma’noviyguruhlari nomlari yozilgan qog`ozlarni esa bir necha o`quvchiga berib, ularni doska oldiga chiqaradi. O`quvchilar qo`llarida olmoshning biror ma’noviy guruhi nomi yozilgan qog`ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o`quvchilar esa bir necha kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’noguruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib, qog`ozlarni olib, undagi so`z bilan tanishadilar va mazkur so`z olmoshning qaysi turiga mansub bo`lsa, o`sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o`quvchi qatoridan o`rin oladilar. Shu tariqa barcha o`quvchilar o`z o`rnini topa dilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi o`quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan o`quvchilarni safdan chiqarib, o`z o`rniga o`tishiga yordam beradi.Adashmasdan o`z o`rnini topgan guruh o`yin g`olibi deb e’lon qilinadi. O`quvchilar bu o`yinda ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish bo`lishlari lozim. Aks holda o`yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar. O`yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga o’zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozibqo`yiladi.Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar bilan bir qatorda boshqa turkumga mansub so`zlar ham aralash holda qo`yiladi. O`quvchi endi o`zi olgan so`zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o`ylab ko`rishi kerak. Olmosh turkumini yaxshi o`rgangan o`quvchi o`yinning bu bosqichida ham qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so`zlar yozilgan kartochkalarni oladilar va bu so`z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo`lsa, uni o`sha guruhga yozib qo`ydilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o`yinni shutartibda davomettiradilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi yozilgan so`zlarni ko`rib chiqadiva qaysi guruh xatoga yo`l qo`yganligini aniqlaydi. So`zlarni o`z o`rniga xatosiz holda qo`ygan guruhni g‘olib sifatida e’lon qiladi. Har bir guruhga tegishli ballarni qo`yadi. Xulosa Ona tili metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o’qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Maktabda ona tili o’qitish metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. „Ta’lim to’g‘risida“gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi: — ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; — ta’limning uzluksizligi va izchilligi; — umumiy o’rta , shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi; — o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; — ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; — davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; — ta ’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; — bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; — ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. Bu tamoyillar boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitish metodikasining vazifalarini ham belgilab, aniqlashtirib beradi.Qonundata’kidlanganki, boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. „Ta’lim to’g’risida“gi qonun buning yorqin dalilidir. Ona tili o’qitish metodikasi darslarida didaktik materiallardan foydalanish bollarni zukkolikka, so’z boyligining o’sib borishiga katta yordam beradi. Didaktik o`yinlar o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O`quvchilar mashg`ulot jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlarga qiziqib ishtirok etadilar. Shu orqali o`tilayotgan mavzuni oson va tez tushunib oladilar. To`g`ri tashkil qilingan didaktik o’yin o’quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, uni zerikishdan va toliqishdan asraydi. Didaktik o`yinlardan barcha fanlarni o’tishda foydalanish mumkin. Ona tili darslarida ham bunday o`yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili ta’limining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya” kabi bo`limlarida didaktik o`yinlardan foydalanish imkoniyatlari keng. Biz 7sinfda "Olmosh so’z turkumini o’rganish jarayonida o’tkaziladigan didaktik o’yinlar haqida so’z yuritamiz. Olmosh turkumi bir necha ma’noviy guruhlarga bo’lib o`rganiladi.Olmoshning ma’noviy guruhlari o’rganib bo’lingach, o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va sinash maqsadida bir qator o’yinlar o’tkazish mumkin. Download 94.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling