Kationlarning beshinchi analitik guruhlari haqida
Vodorod sulfid bilan qilinadigan dastlabki sinovlar
Download 101.48 Kb.
|
KATIONLARNING BESHINCHI ANALITIK GURUHLARI HAQIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Kationlarning 5 analitik guruhi. Notekis muvozanat 2.1. Analitik reaktsiyalarning o‘tkazish usullari
1.Vodorod sulfid bilan qilinadigan dastlabki sinovlar. Buning uchun tekshiriladigan eritmadan 2-3 tomchi olib, unga 1-2 tomchi 2 n. HCI eritmasi qo’shiladi va aralashma orkali H2S o’tkaziladi. Bunda cho’kma hosil bo’ladi, uning rangidan eritma V gruppa kationlari bor degan xulosaga kelish mumkin. Shu vaqtning o’zida Sb3+ ionini V gruppaning qolgan barcha kationlari ishtirokida aniqlash mumkin. Buning uchun tekshirilayotgan eritmaning bir tomchisiga 3-4 tomchi kontsentrlangan HCI , bir tomchi NaNO2 eritmasi tomiziladi va 1 mino’tdan so’ng mochevina СО(NH2) kristallaridan 1-2 bo’lak tashlanadi. So’ngra probirkadagi aralashma 3-4 ml soda eritmasi bilan suyultiriladi va ung metil violetning 0,01 % li eritmasidan 3 tomchi qo’shiladi. Eritma tarkibida surma bo’lsa, binafsha rang, surma bo’lmasa, sarik – yashil rang paydo bo’ladi.
II bob. Kationlarning 5 analitik guruhi. Notekis muvozanat 2.1. Analitik reaktsiyalarning o‘tkazish usullari Analitik reaktsiyalarning tezligi moddaga ta‘sir ettiriladigan reagentining ionlarga parchalanish darajasiga bog’liq bo’lgani uchun, birinchi novbatda elektrolitlarning darajasi haqida to’xtalib o’tamiz. Elektrolit eritmasining umumiy miqdoridan kancha qismi ionlarga ajralganligini ko’rsatadigan son dissotsilanish yoki ionlanish darajasi deb ataladi. Quyidagi misolda dissotsilanish darajasining ahamiyatini ko’rsatamiz. Ikki probirkada СаСО3 berilgan, shulardan biriga HCI, ikkinchisiga СН3СООН quyilsa, birinchi probirkada kimyoviy reaktsiya ikkinchi probirkadagiga nisbatan juda tez amalga oshadi, chunki HCI ning dissotsilanish darajasi 100% ga yakin , СН3СООН niki esa ancha kichik. Analitik kimyoda indikatorlardan keng foydalaniladi. Indikatorlar rangining o’zgarishi ularga ionlar ta‘sir etishi tufayli vujudga keladi. Masalan, lakmus rangining o’zgarishi HCI molekulasi ta‘sirida emas, balki HCI+ ning ionlarga ajralishidan hosil bo’lgan Н+ ionni tufayli sodir bo’ladi. Kationlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladigan analitik reaktsiyalar aksariyat hollarda ionli tenglamalar ko’rinishida yoziladi. Ionli tenglamalarni yozish uchun reaktsiyada ishtirok etadigan moddalardan xar birining dissotsiyalanish darajasi qanday tarkibiy kiymatga ega ekanligi talab qilinadi. Analitik reaktsiyaning natijasida muhitning qislotaliligi va ishqoriyligi bevosita ta‘sir ko’rsatadi. Eritma muhitining xarakterlash uchun eritmadagi Н+ va ОН- ionlarini kontsentratsiyasidan foydalanamiz. Kislotalar dissotsiyalanganda albatta, Н+ kationidan boshka nisbat zaryadli, ishqorlar parchalanganda ОН- anionidan boshka manfiy zaryadli zarrachalar hosil bo’lmaydi, ma‘lumki, suv molekulasi 2Н2О↔Н3О+ +ОН- yoki, qiskacha Н2О↔Н+ + ОН- tenglamaga muvofiq dissotsillanadi. Н+ va ОН- ionlarining kontsentratsiyasi 22 оС da 10-7 m/l ga teng. Shuning uchun [Н+] = [ОН-] = 10-7 mol/l (neytral muhit); [Н+] 10-7 mol/l yoki [Н+] [ОН-] (Kislotali muhit); [Н+] [ОН-] yoki [ОН-] 10-7 mol/l (ishqoriy muhit) lgН+ ni рН (vodorod ko’rsatkich) kattaligi bilan belgilanadi. Turli muhitdagi eritmalar uchun рН ning kiymati quyidagicha bo’ladi. рН = 7 neytral muhit рН 7 Kislotali muhit рН 7 ishqoriy muhit. рН va рОН quyidagi formulalar bo’yicha hisoblanadi: рН = -Ig[H+]; pOH =-Ig[OH-]; pH + pOH = 14 Analitik kimyoda eritma muhiti рН yordamida nazorat qilib turiladi. рН ning o’zgarishi cho’kmalarning hosil bo’lishiga yoki erishiga, eritma rangining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Demak, analitik reaktsiyani bajarishga kirishishdan avval eritma muhitini tekshirib ko’rish maqsadga muvofiqdir. Quyida keltirilgan misollarni tushinish juda oson va ularning foydasi juda katta: Alyuminiy tuzi eritmasiga ishqor ta‘sir ettirilganda рН = 5 bo’lgandagina AI(OH) cho’kmaga tushadi; 2. Fe(OH)3 эса рН = 3 bo’lganida cho’kadi; 3. MnS pH = 6,5 bo’lganida cho’kmaga o’tadi. 4.ZnS esa рН = 2-3 oraligida cho’kmaga tushadi. Download 101.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling