Kationlarning beshinchi analitik guruhlari haqida
Download 101.48 Kb.
|
KATIONLARNING BESHINCHI ANALITIK GURUHLARI HAQIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammoniy polisulfidning t‘siri.
Vodorod sulfid Н2S ning ta‘siri. Beshinchi gruppa kationlarining sulfidlari Kislotali muhitdа (рН=0,5 da) eritmada oksidlovchilar bo’lmaganda Н2S ta‘sirida cho’kmaga tushadi. Buning uchun tekshirilayotgan eritmaga kuprok xlorid Kislota qo’shiladi va unga vodorod sulfid yuboriladi, natijada V gruppa kationlari sulfidlar holida cho’kmaga tushadi:
2Na3AsO3 + 6HCI + 3H2S = As2S3 + 6NaCI + 6H2O Eritmaning muhiti neytral yoki ishqoriy bo’lsa vodoord sulfid ta‘sirida kationlar cho’kmaga tushmaydi, chunki tiotuzlar hosil bo’ladi: Na3AsO3 + 3 H2S =Na3AsS3 + 3H2O Tiotuzlarga xlorid Kislota t‘sir ettirilganda tioKislotalar hosil bo’ladi, ammo ular beqaror bo’lgani uchun tezda parchalanadi: Na3AsS3 +3 HCI = 3 NaCI + Н3 AsS3 2 Н3 AsS3 = 3 H2S + As2S3 Demak eritmaga qo’shilgan xlorid Kislota birinchidan, tiotuzlarni parchalaydi, ikkinchidan hosil bo’lgan metall sulfidlarining qolloid holatga o’tishiga tuskinlik qiladi (H2S bilan bo’ladigan tajribalar murili shkafda o’tkazilishi shart!) Ammoniy polisulfidning t‘siri. Ammoniy polisulfid (NH4)2Sn sariq rang eritma, uammoniy sulfidda oltingugurtni eritish yuli bilan olinadi. Uning formo’lasi soddalashtirilgan holda (NH4)2S2. Ammoniy polisulfid ta‘sirida V gruppa kationlarining sulfidlari IV gruppa mis gruppachasi sulfidlaridan ajratiladi, ya‘ni, u erituvchi – gruppa reagenti hisoblanadi. Mishyak, surma va kalay sulfidlari bilan IV gruppa kationlari sulfidlaridan iborat cho’kmaga ammoniy polisulfid eritmasi ta‘sir ettirilganda V gruppa kationlarining sulfidlari tiotuzlar hosil qilib eriydi. IV gruppa kationlarining sulfidlari esa cho’kmada qoladi. Beshinchi grupa kationlari sulfidlarining gruppa reagenti hisoblangan ammoniy polisulfidning erituvchi xususiyati uning oksidlovchi xosasi bilan tushuntiriladi. Ammoniy polisulfid tarkibida vodorod peroksidning kompleks ioni [O2]2- ga o’xshash kuchli oksidlovchi bo’lgan [S2]2- kompleks ioni mavjud. V gruppa kationlarining sulfid birikmalariga ta‘sir ettirilganda ammoniy polisulfid avvalkationlarni yuqori oksidlanish darajasiga kadar oksidlaydi, so’ngra tiotuzlar hosil qiladi: SnS + (NH4)2S2 = SnS2 + (NH4)2S SnS2 + (NH4)2S = (NH4)2SnS3 Download 101.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling