Kationlarning to'rtinchi analitik guruhlari mundarija: Kirish I. Bob


To’rtinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi


Download 239.23 Kb.
bet9/19
Sana18.06.2023
Hajmi239.23 Kb.
#1567697
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
KATIONLARNING TO\'RTINCHI ANALITIK GURUHLARI

To’rtinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi

To’rtinchi analitik guruh kationlari qatoriga alyuminiy, rux, xrom (III), qalay (III), qalay (IV), mishyak (III), mishyak (V) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti - ammoniy sulfid ta'siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho'kadi. To’rtinchi guruh kationlari II va III guruhlar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo'lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu guruh kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti bilan qizdirib turgan holda cho'ktirganda alyuminiy, xrom (III) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho'kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi guruh kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko'rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho'kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho'kadi.


To’rtinchi analitik guruh kationlarining guruh reagenti ta'siridan hosil qilgan birikmalari oltinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan farqli ravishda gidrolizga turlicha uchraydi. Bu guruh kationlarining ko'pchiligi oksidlanish-qaytarilish (Cr, Ce) va komplekslar hosil qilish (AI, Zn, Cr, va hokazo) reaksiyalariga kirishadi. Ularning ayrimlari (alyuminiy, berilliy, rux, xrom (III) va hokazo) bu xossalaridan tashqari amfoterlik xossalari bilan ham farqlanadi. Kationlarning ko'rsatib o'tilgan xossalari ularni topish, aniqlash, niqoblash va hokazo uchun ishlatiladi.
Uchinchi guruh kationlarining ko'pchiligi rangli birikmalar hosil qiladi. Cr (III) - yashil yoki binafsha, Cr (VI) – sariq.
Alyuminiy kationining reaksiyalari
1. O'yuvchi ishqorlar alyuminiy ioni bilan ta'sirlashganda avval oq rangli A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo lib, ishqor eritmasidan ko'proq qo'shilsa, alyuminiy va alyuminiy gidroksidning amfoterligi tufayli cho'kma erib ketadi:

Download 239.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling