Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna, qurilmalarning va idishlarning turlari va guruhlanishi
Download 489 Kb.
|
KATTA ENERGIYA VA BOSIM BILAN ISHLOVCHI USKUNA, QURILMALARNING VA IDISHLARNING TURLARI VA GURUHLANISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Bug‘ va suv qozonlarini ishlatganda xavfsizlik talablari. 4.Bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari.
- Bosim ostida ishlovchi idishlar quyidagi turlarga bo‘linadi [43]
- Suv isitish qozoni
- Bug‘ hosil qilish qozoni
- Havo yig‘gichning (resIVerning) umumiy ko‘nmshi
KATTA ENERGIYA VA BOSIM BILAN ISHLOVCHI USKUNA, QURILMALARNING VA IDISHLARNING TURLARI VA GURUHLANISHI. Reja. 1.Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna, qurilmalarning va idishlarning turlari va guruhlanishi. 2.Uskunalarningxavfsizligininazoratqilishasboblarigaqo‘yiladiganumumiyxavfsizliktalablari. 3.Bug‘ va suv qozonlarini ishlatganda xavfsizlik talablari. 4.Bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarishdagi katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskunalar, qurilmalar va idishlarZich (germetik) yopilgan va ichida kimyoviy jarayonlar va issiqlik hosil bo‘lish jarayonlari kechishiga mo‘ljallangan, hamda suyuqliklar va gazlarni siqilgan, eritilgan va suyultirilgan holda saqlash, tashish va ishlatish uchun xizmat qiladigan sig‘imlar bosim ostida ishlovchi idishlar deb ataladi. Idishdagi kirish va chiqish shtutserlari ularning chegaralari hisoblanadi. Bosim ostida ishlovchi idishlar quyidagi turlarga bo‘linadi [43]: sisterna - temir yo‘l vagoni ramasiga, avtomobil (pritsep) yoki boshqa biror harakatlanuvchi vosita shassisiga muqim o‘rnatilgan idish; bochka - bir joydan ikkinchi joyga dumalatib ko‘chiriladigan va toretsga qo‘shimcha tayanchlarsiz o‘tqazilsa bo‘ladigan silindrsimon yoki boshqa shakldagi idish; ballon - ventil yoki shtutserlarni mahkamlash uchun bitta yoki ikkita rezbali teshigi (og‘zi) bo‘lgan bosim ostida ishlovchi idish. Ishlab chiqarishda kuchli energiya va bosim bilan ishlaydigan uskunalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi: bularga siqilgan, eritilgan va suyultirilgan gazlar saqlanuvchi ballonlar, suv isitish va suv bug‘i hosil qilish qozonlari, avtoklavlar, turli toifadagi ko‘chma va muqim turuvchi kompressorlar, kompressor stansiyalaridagi siqilgan havoni yig‘ish idishlari (resIVerlar), obektlardagi yuqori temperaturali va bosimli bug‘ va gaz quvurlari va boshqalar kiradi. Gaz ballonlari gazlarni siqilgan, suyultirilgan va eritilgan holda saqlash, tashish va ishlatish uchun xizmat qiladi, masalan, kislorod, azot, atsitelen gazlari va boshqa (6.1 - rasm.). 6.1 - rasm. Yuqori bosim ostida ishlovchi ballonlar: a - kislorod balloni; b - atsetilen balloni; v - propan-butan balloni; 1-qalpoqcha; 2 - ventil; 3 - gorlovina rezbasi; 4 - idish pasporti ma’lumotlari; 5 - uchuvchan massa; 6 - belbog‘; 7 - tayanch boshmoq.Suv va bug‘ qozonlari texnologik jarayonlarda ishlatiladigan, hamda binolarni isitish tizimida issiqlik tashuvchi sifatida qo‘llaniladigan issiq suv va bug‘ hosil qilish uchun xizmat qiladi (6.2 va 6.3 - rasmlar).Kompressor qurilmalari korxonalarda turli maqsadlarda qo‘llaniladigan siqilgan havoni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ular ko‘chma va muqim turadiganlarga bo‘linadi. Muqim turadiganlaridan obektda kompressor stansiyalari tashkil qilinadi. Ishlab chiqarishdagi turli xil qo‘l asboblarini harakatlantirish, havo silindrlari bilan yuklarni ko‘tarish, bo‘yoq va yelim sepish jarayoni va boshqa xilma-xil ishlar siqilgan havo bosimi bilan amalga oshiriladi (6.4 va 6.5 - rasmlar).Avtoklavlar temir - beton buyumlarga katta bosim ostida bug‘ bilan ishlov berish, katta bosim ostida taxta va yog‘och materiallarga yonishga qarshi suyuqliklarni singdirish va boshqa ishlar uchun xizmat qiladi. 6.2 - rasm. Suv isitish qozoni: 1 - idish; 2 - manometrlar; 3 - saqlash klapanlari; 4 - boshqarish pulti; 5 -yonilg‘i uzatishni rostlash asboblari; 6 - ventilator qurilmasi; 7-ventilator qurilmasini boshqarish pulti. - rasm. Bug‘ hosil qilish qozoni: 1 - idish; 2 - ogohlantirish qurilmalari; 3 - bug‘ uzatish ventili; 4 - saqlash klapanlari; 5-manometrlar; 6-suv uzatish ventili; 7-nazorat-o‘lchash asboblari; 8 - ventilator; 9 - elektr dvigateli; 10 - boshqarish asboblari rasm. Kompressor stansiyasining ichkaridan ko‘rinish: 1 - ikki bosqichli havo siqish kompressori; 2 - havoni siqishning ikkinchi bosqichi silindri; 3 - siqilgan havoni sovutish qurilmasi; 4 - havoni siqishning birinchi bosqichi silindri; 5 - siqilgan havoni uzatish quvuri; 6 - kompressorga havo uzatish quvuri; 7 - kompressor elektr dvigateli. - rasm. Havo yig‘gichning (resIVerning) umumiy ko‘nmshi: Download 489 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling