Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna, qurilmalarning va idishlarning turlari va guruhlanishi


Katta energiya va bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari


Download 489 Kb.
bet5/5
Sana17.10.2023
Hajmi489 Kb.
#1706994
1   2   3   4   5
Bog'liq
KATTA ENERGIYA VA BOSIM BILAN ISHLOVCHI USKUNA, QURILMALARNING VA IDISHLARNING TURLARI VA GURUHLANISHI.

Katta energiya va bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablariBug‘ va suv qozonlarini ishlatishda xavfsizlik talablariZamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida bosim ostida ishlaydigan uskuna va jihozlardan keng foydalanish, albatta, ishlab chiqarish korxonalarida ulardan foydalanishning xavfsiz yo‘llarini, bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarohatlanishlarni kamaytirish chora-tadbirlarini izlab topishni, taqozo qiladi. Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan katta bosim ostidagi idishlar zich yopilganligining buzilishi natijasida fizik va kimyoviy portlash xavfi vujudga keladi.Ishlab chiqarishda va hayotda bug‘ hosil qilish va suv isitish qozonlari keng ishlatiladi. Bu qozonlarni xavfsiz ishlatish muammosi dolzarb masaladir, Chunki, bular ishlaganda bir qator xavfli omillar yuzaga keladi. Masalan, normal havo bosimida suv 100 °C da qaynaydi. Agar biz shu suvni berk qozonda qizdirsak, uni bosib turgan bug‘ hisobiga qaynash to‘xtab qoladi. Endi suvning qaynashi uchun qo‘shimcha issiqlik berilishi kerak bo‘ladi. Suv 6105 Pa bosim ostida 169 °C da; 8105 Pa bosim ostida 171 °C da; 12105 Pa bosim ostida 180 °C da qaynay boshlaydi. Bosim oshib borishi bilan qozon ichidagi suv o‘ziga juda katta issiqlikni yutib boradi. Agar 180 °C haroratda qaynayotgan suv bug‘ini sekinlik bilan sarflab borilsa, unda suv harorati to 100 °C ga pasayguncha bug‘lanish davom etadi. Agar biz bug‘ sarfini oshirsak, ya’ni qozondagi bosimni qanchalik tezlik bilan kamaytirsak, bug‘lanish shunchalik tezlashadi, ya’ni suv bug‘i sarfi oshishi bug‘lanish jarayonini tezlashtiradi. Mabodo, qozon yorilib ketib katta teshik ochilsa, katta quvvatga ega bo‘lgan bug‘ nihoyatda katta kuch bilan otilib chiqishi natijasida o‘ta xavfli vaziyat vujudga keladi. Bu holat yoriq kengayib ketmaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa, lekin amalda yoriq birdaniga kattalashib ketadi va bunday holat kuchli portlash bilan tugaydi. Chunki, zichligi yo‘qolgan qozonning materiali katta bosimga bardosh berolmay qoladi.







Download 489 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling