Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari


Oilada kichik yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash usullari


Download 1.24 Mb.
bet11/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1520589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktabgacha talim yoshdagi bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish

2.2.Oilada kichik yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash usullari
Hozirgi davrda kishilik jamiyati oldida tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan unumli foydalanish, borliqni sof holda kelajak avlodga saqlab qolishdek muhim ekologik muammoni bartaraf qilish vazifasi turibdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «Fuqarolarning burchlari» bo’limi 50–moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdir» deb yozilgan.
Shaxsning tabiatga bo’lgan insoniy munosabatlari oilada va maktablarda beriladigan ekologik ta’lim–tarbiya orqali shakllanadi. Oilada beriladigan ekologik tarbiya asosan ota–onalarning o’z fuqarolik burchlarini to’g’ri his etishlari, tabiatga va insonlarga bo’lgan munosabatlari orqali shakllanadi. Oilada aytiladigan har bir so’z, har bir qilinayotgan ishni bola to’g’ri qabul qiladi, chunki «qush uyasida ko’rganini qiladi» deb bekorga aytilmaydi.
Oila tarbiya maskani. Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigiyenik, tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi.
Bu o’rinda ota–ona–san’atkor, bola–san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir. San’at asarining muvaffaqiyati, jozibadorligi, umrboqiyligi san’atkorning mahorati, saviyasiga bog’liqdir.
Oilaviy muxit qanday bo’lsa, bolalar xudi shu muxit ta’sirida ulg’ayadilar. Oilaning mustahkamligi, oilaviy tarbiyaning ta’sirchanligi va samaradorligi ko’p jihatdan oilada qaror topgan ota–ona o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning xarakteriga, ma’naviy axloqiy iqlimga bog’liq.
Bu haqda prezidentimiz I.A.Karimov oilaning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati to’g’risida shunday deydi: «Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muximi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarini anglaydi, his etadi»5. Bu o’rinda ilgari surilayotgan pedagogik g’oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan bog’liqdir. Oila tarbiyasi deganda ota- ona, oiladagi katta kishilar, buva va buvilar, aka– opalar va shu kabilar tomonidan bolalarning to’g’ri milliy axloq–odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim.
Zotan, bolalarning kelajakda qanday inson bo’lib yetishishi ota–ona, aka–opa va boshqalarning o’zaro muomala munosabatlar, xulq–atvoriga, tartib intizomiga bevosita bog’liqdir. Xalqimiz: «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deb bejiz aytmagan. O’zbek oilasiga xos bo’lgan yana boshqa xarakterli xususiyatlari mavjudki, ular uzoq vaqt yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan va bugungi kunda ham o’z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni oilaning ko’p bo’g’inliligi (oilada bobo, buvi, o’g’il, kelin, nevara– chevaralar birga yashaydi), bolajonlilik, mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota–ona tomonidan boshqarilishi, oilaning kichik a’zolarining kattalarga izzat–ikromi, bo’ysunishi, oilada erkakning muhim rol o’ynashi, ota–onaga nisbatan munosabatning alohida ahamiyat kasb etishi, ayollarga nisbatan hurmat, ularni avaylab asrash hissining kuchliligi, oila g’ururi, sha’nini himoya qilish, har bir oila a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug’ilib o’sgan joyiga nisbatan alohida mexr–muxabbat tuyg’usining zo’rligi, o’rtoqlashishi an’anaviyligi va boshqalardan iborat.
Oilada har bir ota–onaning vazifasiga oilada har tomonlama sog’lom turmush tarzini qaror topshirish, oilaning ijtimoiy–iqtisodiy barqarorligi, faravonligiga erishish, oilada bilimli, aql–zakovatli, uddaburon, jismoniy va ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilanishi lozim.
Har tamonlama barkamol shaxs bo’lishi uchun avvalo inson bo’lib tug’ilishi, oila ta’lim–tarbiyasini olishi va boshqa ta’sirlar natijasida komil inson darajasiga ko’tarila oladi. Komil inson tarbiyaning tarkibiy qismlarini o’zida mujassamlashtirmog’i lozim. Shu jumlada ekologik tarbiyani olgan bo’lishi kerak.
Bizga ma’lumki bolalarga ekologik tarbiyani turli shakllarda ya’ni mashg’ulot jarayonida, tarbiyaviy tadbirlar orqali, ommaviy matbuot va axborot vositalari, keng jamoatchilik hamkorligida hamda oila orqali shakllantirish mumkin. Oila–tarbiya maskani hisoblanadi. Oilada bolalarni ekologik tarbiyalash qadim zamonlardan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan tarixiy manbalar, xalq og’zaki ijodi va oilaviy an’ana marosimlarda ham ekologik tarbiyaga alohida e’tibor berilgan. Shuning uchun ham hozirgi kunda oilada bolalarga ekologik tarbiyani berishda oila an’analari va marosimlari bevosita tarbiya vositasi hisoblanadi.
Ijtimoiy hayotda kishilar tomonidan to’plangan tajribalar jamiyatning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish oilaga qariyalar va ota–onalar orqali bolalarga o’tkazilib borilgan. Qadimda ham ta’lim–tarbiya muassasalari mavjud bo’lmagan vaqtlarda ham bolalarni yozilmagan yoki qonunlashtirilmagan qonun–qoidalar asosida har tomonlama taraqqiy etgan shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazilgan. Bola tarbiyasidagi bu qonun– qoidalar xalq ijtimoiy hayotida hayot sinovlaridan o’tib, saralanib hosil bo’lgan.
Oilada bolalarga ekologik tarbiya berish asosiy vazifa sifatida etirof etilgan va bugungi kunda ham shunday bo’lib qolmoqda. Chunki ekologik tarbiya olmaslik insonning o’ziga salbiy ta’sir ko’rsatishlarini ular oldindan bilgan, anglagan va ular inson va tabiat o’rtasidagi muvozanatni saqlashganlar.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan xulosa qiladigan bo’lsak oilada bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish o’zbek xalqi an’ana, udum va odatlarida turli xil shakl, mazmun yo’nalishlarda tashkil etilib qilingan.
Masalan, tabiat ne’matlarining turi va nomidan qilib chiqib hosil bayrami, navro’z bayrami, suv sayli, qovun sayli, uzum sayli, gul bayrami, xirmon to’yi singari ko’plab shakllarda tashkil etilgan.
Biz maskur tadqiqot ishimizda oilada bolalarga ekologik tarbiya berish jarayonini yoritishda o’zimiz tomonimizdan tuzilgan va tavsiya etilgan «Hosil bayrami» mavzusida yoritishni maqsad qilib belgiladik.
Maskur tavsiyani berishda SamDU «Amaliy pedagogika va psixologiya» kafedrasi katta o’qituvchi A.Usanovning «Oilaviy an’analar–axloqiy va mehnat tarbiya vositasi» qo’llanmasi asosidagi modulidan foydalandik. Ma’lumotlar o’rganilib, taxlil qilindi va shularga asoslanib oilada hosil bayrami quyidagi reja asosida tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lishligini belgiladik.

  1. Hosil bayramiga oila a’zolarining amaliy tayyorgarligi.

  2. Boshlovchining kirish so’zi.

  3. Oila bog’ida (dalasida) yetishtirilgan hosildan dasturxonni bezash va taom tayyorlash.

  4. Oila oqsoqoli va onaxonning dasturxondagi meva va polizlardan birinchi bo’lib tatib ko’rib berish.

  5. Bolalarning hosil bayramga bag’ishlab yodlagan she’rlari, topishmoq va maqollarni aytishlari.

  6. Magnitafon yoki DVD diskdan yoqimli kuy va ashula eshitish hamda taomlarni oila a’zolarining baham ko’rishlari.

  7. Hosilni yetishtirishda alohida o’rnak ko’rsatgan oila a’zosi so’zi.

  8. Hosil bayramini yakunlaydigan oila oqsoqoli yoki onaxonning so’zi va g’oliblarni taqdirlash.

Hosil bayramiga oilaning barcha a’zolari tayyorgarlik ko’rishi lozim. Tayyorgarlik oila bog’idagi bir necha meva va polizlar pishganda o’tkazilsa yanada yaxshiroq bo’lar edi. Hosil bayramini boshlovchi oiladagi katta yoshdagi farzand bo’lishi mumkin. U ukalariga, singillariga yodlash kerak bo’ladigan she’rlarni, topishmoqlarni oldindan rejalashtirilishi kerak. Ukalari, singillari tayyorgarligini nazorat qiladi va ularga yaqindan yordam beradi.
Boshlovchi hosil bayramini boshlashdan avval oila bog’ida pishgan meva va polizlardan oila a’zolariga yetarli tuzib dasturxonni bezaydi. Kerakli barcha narsalarni o’z vaqtida oila a’zolari yordamida tayyorlaydi. Boshlovchi hosil bayramini boshlab oila bog’ida ko’pgina meva va polizlar g’arq pishganligini, bugundan boshlab barcha oila a’zolari oila bog’idan bemalol iste’mol qilishi mumkinligini aytib, uning ya’ni hosilning yetilib pishilishigacha bo’lgan mehnatni qisqacha ta’kidlab o’tadi. Ammo meva va polizlarning shox va palaklarini sindirmasdan, payxon qilmasdan, isrof qilmasdan iste’mol qilishi zarurligini alohida ta’kidlab ko’rsatadi.
Hosil bayramida oila oqsoqoli yoki oila onaxoni dasturxondagi barcha meva va polizlardan namuna olib birinchi bo’lib tatib ko’radi. Shundan keyin barcha oila a’zolari birin – ketin baxam ko’radilar. Bu yerda ham ota – bobolarimizdan, avloddan–avlodga meros bo’lib o’tib kelayotgan an’anaga amal qilishlari lozim. Birinchi eng obro’li oqsoqol yoki onaxon, so’ngra ota-ona, aka-opalar va boshqa kichik bolalar navbat bilan boshlashadi. Bu an’ana birinchidan kattalarni hurmat qilish bo’lsa, ikkinchidan tabiat ne’matlari qadriga yetishga, e’zozlash, qadrlashga o’rgatsa, uchinchidan bolalarni sabr-toqatli bo’lishga, to’rtinchidan barcha oila a’zolarining bir-birlariga hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Eng muhimi bolalarda axloqiy ekologik munosabat haqidagi tushunchani tarkib toptirishda va kerakli xulq–atvorni shakllantirishda asosiy o’rin egallaydi. Boshlovchi hosil bayramiga she’r yodlagan bolalarga navbat beradi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling