Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi
Download 408.5 Kb.
|
Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi
Tashqi uyqu arteriyasi – a.carotis externa – umumiy uyqu arteriyasining davomi bo‘lib, ensa, jag‘ning tashqi, quloqning katta, chaynash muskuli, chakkaning yuza arteriyalari tarmoqlarini ajratadi, uning o‘zi esa jag‘ning ichki arteriyasiga aylanadi.
Ensa arteriyasi – a.occipitalis kam taraqqiy etgan bo‘lib, jag‘ osti arteriyasi, miya pardasining o‘rta arteriyasi, orqa miya hamda ensa muskullari va teriga boruvchi arteriyalarga ajraladi. Tanglayning kirib boruvchi arteriyasi – a.palatina ascendens halqum devori muskuli va yumshoq tanglay pardasiga tarmoqlanadi. Tanglayning yo‘qolib boruvchi arteriya tarmog‘i –ramus palatine desendens juda nozik, atlantning qanotsimon teshigi orqali o‘tib umurtqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Miya pardasining o‘rta arteriyasi – a.meningea media juda nozik yirtiqsimon teshik orqali miya bo‘shlig‘iga kirib, miyaning qattiq pardasiga tarmoqlanadi; ensa tarmog‘i – ramus occipitalis boshni yozuvchi qisqa muskullarga tarmoqlanadi; to‘piq arteriyasi – a.condyloidea til osti teshigi orqali miya bo‘shlig‘iga kirib ajoyib to‘rni hosil qilishda qatnashadi. Jag‘ning tashqi arteriyasi – a.maxillaris externa anchagina yo‘g‘on bo‘lib, jag‘ oralig‘idan tomirli o‘yiq tomon o‘tib, tashqi tomonda umumiy yuz arteriyasini hosil qiladi. Yuz arteriyasidan: pastki lab arteriyasi – a.labialis inferior – pastki labga tarmoqlanadi; yuqori lab arteriyasi – a.labialis superior yuqori labga tarmoqlanadi. Quloqning katta arteriyasi – a.auricularis magna quloq suprasiga tarqaladi. Quloqning katta arteriyasidan quyidagi tarmoqlar ajraladi: yuz kanali arteriyasi – a.sthlomastoidea – o‘rta quloqqa tarmoqlanadi; quloqning lateral tarmog‘i – ramus auricularis lateralis – quloq suprasi muskullariga tarmoqlanadi; quloqning chuqur arteriyasi – a.auricularis profunda – quloq suprasining ichki tomon arteriyasiga tarqaladi. Chaynash muskuli arteriyasi – a.masseterica chaynash muskuli va quloq osti so‘lak beziga tarqaladi. Chakkaning yuza arteriyasi – a.temporalis superficialis chakka oblastiga tarqalib, quloq oldi so‘lak bezidan tashqari yana to‘rtta arteriya tarmog‘ini: yuzning ko‘ndalang arteriyasi, miya pardasining qo‘shimcha arteriyasi, ko‘z yosh bezining yuza arteriyasi va shoxning umumiy arteriya tomirini beradi. Yuzning ko‘ndalang arteriyasi – a.transversa faci chaynash muskullariga tarqaladi; miya pardasining qo‘shimcha arteriyasi – a.meningea accessoria chakka kanali orqali chiqib to‘piq arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi; ko‘z yosh bezining yuza arteriyasi – a.lacrimalis superficialis yuqorigi va pastki qovoq hamda peshona muskuli va ko‘z yoshi beziga tarmoqlanadi. Shoxning umumiy arteriya tomiri – aa.cornualis lateral va medial tarmoqlar – a.cornus lateralis et medialis ga bo‘linadi. Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Otda – tashqi uyqu arteriyasi ensa, jag‘ osti bezi, o‘rta jag‘ning tashqi, chaynash muskuli, quloqning katta va yuza arteriyalarini beradi. Cho‘chqada – tashqi uyqu arteriyasidan til, jag‘ning tashqi, quloqning katta va yuza arteriyalari ajraladi. Itda – tashqi uyqu arteriyasi ensa, hiqildoq, halqum, til, jag‘ning tashqi, quloqning katta va yuza arteriyalarini beradi. Download 408.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling