Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi


Jag‘ning ichki arteriyasi


Download 408.5 Kb.
bet3/4
Sana02.02.2023
Hajmi408.5 Kb.
#1147739
1   2   3   4
Bog'liq
Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi

Jag‘ning ichki arteriyasia.maxillaris interna jag‘ning tashqi arteriyasini davomi hisoblanadi. Qanotsimon kanal orqali ponasimon-tanglay chuqurchasiga boradi. Jag‘ning ichki arteriyasidan quyidagi: pastki jag‘ tish arteriyasi, chakkaning chuqur, lunj, miyaning ajoyib to‘ri tarmog‘i, ko‘zning tashqi, pastki qovoq, ko‘z osti, ponasimon-tanglay va tanglayning katta arteriyalari ajraladi.
B o‘yin arteryasi
69-rasm. A-sigir, B-ot arteriyalari. 1-bo‘yinning chuqur arteriyasi, 2-bo‘yinning ko‘ndalang arteriyasi, 3-oldingi qovurg‘alararo arteriya, 4-qovurg‘a bo‘yin arteriyasi, 5-ensa arteriyasi, 6aorta, 7-qalqon oldi bezining arteriyasi, 10-o‘mrov osti arteriyasi, 11-bo‘yinning pastki arteriyasi, 12-elka-bo‘yin stvoli, 13-pastga tushuvchi tarmoq, 14-qo‘ltiq osti arteriyasi, 15- umumiy bosh-elka stvoli, 16-to‘shning ichki arteriyasi, 17-to‘shning tashqi arteriyasi, 18umumiy bo‘yin-elka stvoli, 19-oldingi kovak vena, 20-bo‘yinturuq vena.
Pastki jag‘ tishlar arteriyasi – a.alveolaris mandibulae pastki jag‘ kanali orqali o‘tib, hamma tishni ta’minlaydi va iyak osti teshigi orqali chiqib, iyak osti arteriyasi –
a.mentalis ni hosil qiladi. Bu arteriya pastki labga, kurak tishlarga ham boradi.
Chakkaning chuqur arteriyasi – a.temporales profundae chakka muskullariga boradi.
Lunj arteriyasi – a.buccinatoria chaynash va lunj muskullariga tarqaladi. Bu arteriyadan ko‘z yoshi atrofi arteriyasi ajraladi.
Miyaning ajoyib to‘ri tarmog‘i – rami pro rete mirabile miya bo‘shlig‘iga oval va ko‘zning yumaloq teshigi orqali kiradi. Bu to‘rdan ko‘rish nervi atrofida ko‘zning ichki arteriyasi – a.ophtalmica interna ajraladi. Ko‘rish nervi bilan birgalikda chakka-kiprik tomirini hosil qiladi. Miyaning ajoyib to‘ri – rete mirabile cerebri ni hosil bo‘lishida umurtqa va to‘piq arteriyalari ham qatnashadi.
Ko‘zning tashqi arteriyasi – a.ophthalmica externa ajoyib to‘r – rete mirabile ni hosil qiladi, bu ko‘rish nervi atrofida yotadi. Miyaning ajoyib to‘ridan quyidagi: ko‘z olmasi tarmog‘i, ko‘z yosh bezining chuqur arteriyasi, ko‘z muskullari tarmog‘i arteriyalari ajraladi.
Ko‘z olmasi tarmog‘i – ramus bulbis oculi chakka va nazal tomirlar – truncus ciliores nasalis et temporalis ni hosil qiladi. Bu arteriyadan kiprikning kalta va uzun arteriyalari – aa.ciliares breves et longae ajraladi; ko‘z yosh bezining chuqur arteriyasi – a.lacrimalis profunda ko‘z yosh beziga tarqaladi, tarmoqlari esa ko‘z muskullariga boradi.
Ko‘z olmasi atrofi yog‘iga boruvchi arteriya – a.corporis adiposis oculi kiprikning old tomoni ventral arteriyasi – aa.ciliares ventralis anteriores ni beradi va ko‘z olmasiga tarqaladi.
Pastki qovoq arteriyasi – a.malaris juda yirik, ko‘z osti arteriyasidan boshlanib, ko‘z kosasidan ko‘z yosh suyagini kesigi orqali chiqadi. So‘ngra quyidagi barmoqlarni ajratadi: 1) muskul tarmog‘i – rami musculares; 2) uchinchi qovoq arteriyasi – a.palbebrae tertiae va 3) pastki qovoqni nazal arteriyasi – a.palpebralis inferior nasalis. Pastki qovoq arteriyasi ko‘z kosasidan chiqib: 1) ko‘zning burchak arteriyasi – a.anguli oculi va 2) burunning dorsal arteriyasi – a.dorsali nasi ni ajratadi.
Ko‘z osti arteriyasi – a.infraorbitalis yuqori jag‘ tishlari va ko‘z osti teshigidan chiqqandan keyin burunning lateral arteriyasi – a.lateralis nasi ni beradi. Bu arteriya burunning muskul va terisiga tarqaladi.( 69-rasm)
Ponasimon-tanglay arteriyasi – a.sphenopalatina burun bo‘shlig‘iga kirib, chigal hosil qiladi.
Tanglayning katta arteriyasi – a.palatina major kichik tanglay arteriyasi – a.palatina minor ni beradi. Bu arteriya yumshoq tanglay pardasiga boradi, o‘zi esa qattiq tanglayga o‘tadi va shu joyda bitta tarmog‘i tish varag‘iga yo‘naladi, boshqa tarmog‘i tanglay tirqishi orqali burun bo‘shlig‘iga kiradi. (70-rasm).


Download 408.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling