Kavsh qaytarish navbatma-navbat keladigan alohida davrlardan iborat bo’lib, bu davrlarning har qaysisi o’rtacha 30-60 daqiqani tashkil etadi. Kavsh qaytarish davrining davomiyligi murakkab oshqozonning turli qismlarini oziqa bilan qanchalik to’lganligiga, oziqa dag’al qismlarining katta qorin, to’r qorin devorlariga tasir qilish darajasiga bog’liq. Agarda katta qorindagi oziqaning asosiy qismi yaxshi chaynalib maydalangan bo’lsa, bu katta qorin va to’r qorin devorlarini dag’al oziqlardan tasirlanishini pasaytirib, katta qorin, to’r qorindan qat va undan oziqani shirdonga o’tkazilishini jadallashtiradi. Shirdonda bosim oshadi, oldingi qismlarida kamayadi. Oqibatda meda oldi bo’lmalar harakati pasayib, katta qorindan og’izga oziqa chiqarilishi to’xtab, pauza boshlanadi. - Kavsh qaytarish navbatma-navbat keladigan alohida davrlardan iborat bo’lib, bu davrlarning har qaysisi o’rtacha 30-60 daqiqani tashkil etadi. Kavsh qaytarish davrining davomiyligi murakkab oshqozonning turli qismlarini oziqa bilan qanchalik to’lganligiga, oziqa dag’al qismlarining katta qorin, to’r qorin devorlariga tasir qilish darajasiga bog’liq. Agarda katta qorindagi oziqaning asosiy qismi yaxshi chaynalib maydalangan bo’lsa, bu katta qorin va to’r qorin devorlarini dag’al oziqlardan tasirlanishini pasaytirib, katta qorin, to’r qorindan qat va undan oziqani shirdonga o’tkazilishini jadallashtiradi. Shirdonda bosim oshadi, oldingi qismlarida kamayadi. Oqibatda meda oldi bo’lmalar harakati pasayib, katta qorindan og’izga oziqa chiqarilishi to’xtab, pauza boshlanadi.
- Pauza davrida oziqa shirdondan ichakka, qat qorindan shirdonga o’tadi. Ozuqaning asosiy qismi qat qorindan shirdonga, shirdondan hazmlangani ichakga o’tkazilishiga qadar pauza davom etadi. Ozuqaning ko’p qismi ichakga o’tib, qat qorin va shirdonda bosim pasayadi, katta qorin va to’r qorinni dag’al oziqadan tasirlanishini kuchaytirib, kavsh qaytarilishi takrorlanadi.
- Natijada murakkab oshqozonning oldingi qismlarida bosim pasayib, keyingi qismlarida bosim ko’tariladi. Meda oldi bo’lmalarining harakati susayadi.
- Katta qorindan oziqaning og’izga chiqarilishi to’xtaydi, pauza boshlanadi. Pauza davrida oziqa qat qorindan shirdonga, shirdondan ichakka o’tadi. Oziqaning asosiy qismi qat orindan shirdonga, shirdondan ingichka ichakka o’tkazilganga qadar pauza davom etaveradi.
- Oziqaning asosiy qismi ichakka o’tgandan keyin qat qorin va shirdonda bosim pasayadi katta qorin va to’r qorinlarning dag’al oziqa bilan tasirlanishi kuchayadi, natijada oziqani og’izga qaytarishga, yani kavsh qaytarishni takrorlanishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |