- Katta qorinda uglevodlar, yani kletchatkaning hazmlanishi yuzaga kelib, u murakkab polisaxariddir.
- Kavsh qaytaruvchi hayvonlar eydigan o’simlik oziqalari 40 – 50% ni kletchatka tashkil etadi. Ovqat hazm qilish jarayonida qatnashadigan shiraning tarkibida kletchatkani parchalaydigan fermentlar yo’q bo’lsada, lekin polisaxaridlarning o’zlashtirilishi yuzaga keladi. Hazm sistemasida hazm bo’ladigan kletchatkaning 80% ni sellyulozani parchalovchi bakteriyalar ishtirokida katta qorinda parchalanishi yuzaga keladi. Kletchatka polisaxarid bo’lganligi tufayli u energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bakteriyalarning fermentlari kletchatkani disaxaridlarga, so’ngra monosaxaridlarga parchalaydi. Hayvonga kam oziqa berilsa, yoki shu oziqani asosiy qismini engil hazmlanuvchi uglevodlar tashkil qilsa kletchatkaning hazmlanishi yomonlashadi, chunki bu paytda oziqa tezlik bilan katta qorindan o’tib ketadi, istemol qilinayotgan oziqaning tarkibida engil hazm bo’ladigan uglevodlar ko’p bo’lishi meda oldi bo’lmalarida shu uglevodlarni parchalovchi bakteriyalarning ko’payishi va kletchatkani parchalovchi bakteriyalarning kamayishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |