Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ozuqa hazmining xususiyatlari


Download 94.69 Kb.
bet4/14
Sana09.01.2022
Hajmi94.69 Kb.
#260856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Fazliddin hayvonlar fizyo

Qizil o’ngach nayi – yosh hayvonlarda oziqa hazmlanishida katta ahamiyatga ega. Qizil o’ngach katta qorin dahlizi bilan to’r qorin oralig’ida tugab, shu joydan qizil o’ngach davomi sifatida qizil o’ngach nayi boshlanadi va to’r qorin tubi bilan qat qoringa etib boradi. Yosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oshqozonda ovqat hazm bo’lishi hayvonni yoshiga qarab o’zgaradi. Murakkab oshqozonni turli qismlari hayvonning turli yoshida turlicha rivojlanadi. Ularni meda oldi bo’lmalari yaxshi rivojlanmagan holda tug’iladi, yani meda oldi bo’lmalari qo’zi va buzoqlarda shirdondan kichik bo’ladi. ular hayotining dastlabki kunlarida meda oldi bo’lmalari sekin rivojlanadi. Yosh hayvon ichgan sut yoki suyuqlik qizil o’ngach nayi orqali katta qoringa tushmay to’r qorin tubi bilan to’g’ri shirdonga tushib hazmlanadi.

  • Qizil o’ngach nayi – yosh hayvonlarda oziqa hazmlanishida katta ahamiyatga ega. Qizil o’ngach katta qorin dahlizi bilan to’r qorin oralig’ida tugab, shu joydan qizil o’ngach davomi sifatida qizil o’ngach nayi boshlanadi va to’r qorin tubi bilan qat qoringa etib boradi. Yosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oshqozonda ovqat hazm bo’lishi hayvonni yoshiga qarab o’zgaradi. Murakkab oshqozonni turli qismlari hayvonning turli yoshida turlicha rivojlanadi. Ularni meda oldi bo’lmalari yaxshi rivojlanmagan holda tug’iladi, yani meda oldi bo’lmalari qo’zi va buzoqlarda shirdondan kichik bo’ladi. ular hayotining dastlabki kunlarida meda oldi bo’lmalari sekin rivojlanadi. Yosh hayvon ichgan sut yoki suyuqlik qizil o’ngach nayi orqali katta qoringa tushmay to’r qorin tubi bilan to’g’ri shirdonga tushib hazmlanadi.
  • Yosh hayvonlar onasini emganida, suv yoki sut ichganida qizil o’ngach nayini labi reflektor qo’zg’alib, naycha hosil qiladi. Natijada ichilgan suv va sut katta qoringa tushmasdan to’r qorin orqali qat qorin va undan shirdonga o’tadi.
  • Qizil o’ngach nayi lablarining qo’zg’alishi emish va suv ichish tufayli til va tomoq pardalarini reseptorlarini qo’zg’atadi. Qo’zg’alish markazga intiluvchi nerv orqali uzunchoq miyadagi markazga borib, markaz qo’zg’alib javob reaksiyasi adashgan nerv markazdan qochuvchi tolalar orqali qizil o’ngach nayini labiga uzatilib, uni qo’zg’atib, naycha holatiga keladi. Adashgan nervni ikki tomonlama kesilsa bu refleks yo’qoladi.
  • Qizil o’ngach nayi lablarini qo’zg’alishi shartli reflektor ravishda ham ro’yobga chiqib, bunda katta yarim sharlar po’stlog’i ishtirok etadi. Hayvon ulg’oya borishi bilan qizil o’ngach nayi o’sishda meda oldi bo’lmalaridan orqada qolib ketib, lablari dag’allashadi, qo’zg’alaolmaydigan, naycha hosil qilaolmay o’z ahamiyatini yo’qotadi.

Download 94.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling