Katta qorin oshqozonning boshlang’ich va katta qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ini chap tomonini to’liq egallab, o’ng tomonni ham qisman egallab, hajmi qoramollarda 100 – 300, qo’y va echkilarda 13 – 23 litrdir. - Katta qorin oshqozonning boshlang’ich va katta qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ini chap tomonini to’liq egallab, o’ng tomonni ham qisman egallab, hajmi qoramollarda 100 – 300, qo’y va echkilarda 13 – 23 litrdir.
- İchki shilliq pardasida turli tomonga yo’nalgan buramalar katta qorin bo’shlig’ining dahlizi, dorsal va ventral xoltalarga va kaudo – dorsal hamda kaudo – vetral ko’r xoltalarga ajratadi. Ёsh hayvonlar katta qorin shilliq pardasida 0,5 sm, katta hayvonlarda 1 sm keladigan so’rg’ichlar bor bo’lib, uning tuzilishi bajaradigan vazifasiga mosdir.
- To’r qorin ikkinchi qism bo’lib, hajmi sigirlarda 5 – 10 litrni, qo’y va echkilarda 1,5 – 2,0 litr atrofidadir. U katta va qat qorin hamda tegishli yo’llar bilan qizil o’ngach nayi bilan tutashgan. U dumoloq xaltani eslatib, ichki shilliq pardasi asalari uyasiga o’xshash to’rdan iborat bo’lib shuning uchun ham uni to’r qorin deyiladi.
- Qat qorin uchinchi qism bo’lib, hajmi karomollarda 7 – 18 litrni, qo’y va echkilarda 0,3 – 0,9 litrni tashkil etadi. Qat qorin to’r qorin va shirdon bilan tutashgan bo’lib ichida katta, o’rta va kichik varaqchalar bo’lib, bu qism qoramollarda yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |