4.Shirdon ichki shilliq pardasi bir kamerali medaga o’xshab o’zida bez hujayralarini saqlab bir kamerali meda shirasiga o’xshash shira ajratadi. - 4.Shirdon ichki shilliq pardasi bir kamerali medaga o’xshab o’zida bez hujayralarini saqlab bir kamerali meda shirasiga o’xshash shira ajratadi.
- Shirdonda shira ajralishini İ.P.Pavlov usuli asosida yani kichik medacha bichish usuli bilan o’rganish keng qo’llani-ladi. Shirdon shirasini turli hayvonlar turli miqdorda ajra-tib, qo’ylar bir sutkada 4,2 l, qoramollar 40-80 l, buzoq 30 l shira ajratib muhiti rN 1,0-1,5 umumiy kislotalik miqdori 0,27-0,39, erkin xlorid kislota 0,23-0,29% bo’lib, kuchi Mett bo’yicha 3,3-3,6 mm.
- Tashenov K.T. 1963 kuzatishida shirdon shirasining ajralishi hayvonning sut berish va bug’ozlik davrlarida turlicha bo’lib hayvonlar bug’ozlik davrida shiraning hazm kuchi oqsil parchalashi yuqori bo’lib, sut berish davrida esa eng yuqori bo’ladi. Shiraning eng ko’p ajralishi laktasiyaning kuchayganida kuzatilib, shira ajralishini kamayishi laktasiyaning tugashida kuzatiladi.
- Shirdon shirasining fermentlarining miqdori hayvonlar yoshiga, oziqalanish xarakteriga qarab o’zgaradi. yosh sut bilan oziqalanuvchi hayvonlar shirdon shirasida ximozin fermenti ko’p bo’ladi. Meda oldi bo’lmalaridan uzluksiz oziqa shirdonga o’tib turganligi uchun shirdonda shira uzluksiz ajraladi
Do'stlaringiz bilan baham: |