Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi Reja
Ilm o’rganishning ahamiyati haqida
Download 29.68 Kb.
|
Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi0000
1.3 Ilm o’rganishning ahamiyati haqida.
Ilm sahroda do’st hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarida rahbar, qayg’uli onlarida madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir deydi ilm haqida Hadisi Sharifda (Ilm – arabcha o’qish, o’rganish, hayotiy tajribalar asosidagi bilmlar, malakalar majmui, ikkinchi ma’nosi fan). Insoniyat nimaga erishgan bo’lsa, bilim tufayli erishgan. Ilm ahli bilimni ziyoga tenggi yo’q javohirga o’xshatib, u insonni yuksaltiradi, deydi. Limning ahamiyati afzalligi, uni egallash yo’llari haqida har bir yozuvchi, alloma, shoir o’z fikrini bayon etgan. Odamzod naslining ulug’ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir. Idrok va bilim egasi bo’lgan har bir kishi sharafli. (Ma’naviyat darslari 56 bet S.Nishonova 1994) sarvari olam dunyoni yaratar ekan uni bilim bilan bezaydi. Payg’ambarimiz Muhammad Sallolohu A.B davrlarida ham ilmga etibor berilgan. Buni islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni sharifda va Hadislarga ko’rishimiz mumkin. Masalan: - Beshikdan qabirgacha ilm izla. – ilm olish har bir muslim va muslimalar uchun qarzu – faysdir. - Garchi Xitoyda bo’lsa ham ilmga intilishinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir muminga farzdir. - Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan ro’zadan afzaldir kabi hadislar bekorga aytilmagan. Hamma taniqli kishilarning tanilishiga sabab ilmdir. Butun Sharqda tanilgan alloma bobokalonlarimiz Beruniy, Ibn Sino, Farobiy, Navoiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’oriy, Ahmad Yugnakiylar ilm haqida o’z fikrlarini asarlarida bayon etadilar. Masalan: Biz ulardan qisqacha keltiramiz. Yusuf Xos Xojibning Bilishni buyuk bil, o’quvni ulug’ Shu ikkov ulg’vor kishini to’liq Bilim va zakovat juda ezgu kuch. Agar topsang ishlat, va ko’klarga uch. (Qutadg’u bilik “Yulduzcha” T.1990.11- 12-92-93 bet). Ahmad Yugnakiy Bilik birla bir nur saodat yo’li. Bilik saodat yo’lini birla Bilik birla olim yukor yo’qladi Biliksizlik erni chukardi kuydi (Pedagogika tarixi. K. Hoshimov T. o’qituvchi 1995 yil 136- bet). A. Navoiy Ilmli kishini qiyinchilikni yengib o’tadi. Ilmni o’ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon hor bo’lmaydi. Ilmning vazifasi inson baxt saodatiga qilishdir. (Pedagogika tarixi. K. Hoshimov 1995 y. t. O’qituvchi. A.Jomiy) Ilm yo’liga qadam qo’y, chunki shu yo’l farovon, Ammo umringning yo’li g’oyatda qisqa biron. Har bir kishiga bo’lmas, qayta yashash muyassar, Egalla sen bilimni mangu turar muqarrar. (Pedagogika tarixi K.Hoshimov 95 yil. O’qituvchi). Barcha mana shu allomalar, ilm ahllari qatorida Kaykovus ham o’zining “Qobusnoma” asarida ilm va uning fazilatlari egallash yo’llari haqida tajribadan kelib chiqib, o’z fikrlarini bayon etgan. Asarning 31-bobi “Ilm talabi va qozigarlik zikriga nomli bo’limida ilmning ahamiyati, xususiyatlari, ilm egallash yo’llari, ilm bilan bog’liq hunarlar” haqida gapiradi. Kaykovus ilmni 3 toifaga ajratadi. 1. Biron kasb-hunarga bog’liq ilm 2. Ilm bilan bog’liq kasb-hunar 3. Hayr vadololatga taaluqli odat Birinchi toifaga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik … va hokazolarni kiritadi. Ikkinchisiga musiqa asboblari ustasi, hayvonlar tabibi, binokor ustalarini kiritib har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligini ta’kidlaydi. U ilm olish yo’liga kirgan toliblarga ya’ni o’quvchilarga quyidagicha yo’llanma beradi. “Ilm tolib bo’lsang parxezgar va konib (qanoatli) bo’lgil. Ilmni just bekorchi, turmushni dushman tutgil. Sohibi toshqin sabrli og’ir (va sabk ruh) hursand harakatchan) bo’lgin kech, yotgil va erta turgil, kitob va daroga xaris) qiziquvchan) bo’lgil, ishlash malul ) g’amgin,xafa bo’lmagil, xifz (yodlash) etgil, takror qilg’il haqshunos ( rost to’g’ri) bo’lgil, xarna eshitsang yod qilg’il, taqlidga rozi bo’lmagil, kitob, qalam, qalamtarosh va boshqa narsalaringni hamisha yoningda saqlagil, o’zga narsani also yodingga keltirmagil. Oz so’zlagil va uzoqni o’ylagil. Har bir tolibi ilm bu sifatda bo’lsa tez fursatda zamonning yagona kishisi bo’lur” deb o’qtiradi. Bundan kelib chiqib, aytish mumkinki o’sha davrlarda o’quvchilar, toliblar ma’lum bir qoida-qonunlar asosida ishlar olib borganlar. Hozirda amalda qo’llanilayotgan o’quvchilar qoidalarining ildizlari o’sha davrlardayoq vujudga kelgan. Bu biz Qobusnomadan oldin ham mavjud bo’lgan hadislarda uchratamiz. “Ilmni yod olish, ulamolarga jim turib quloq solishning ma’qulligi” haqida aytiladi. (Hadis 1kitob 45 bet). Asarda ilm o’rgatuvchi, ya’ni o’qituvchining ilm olish va o’rgatish yo’lidagi sifatlari, qoidalari quyidagicha talqin etiladi: “Ey farzand mufti (ilmdor) bo’lsang, diyonatli bo’lgil. Xifzning va dars o’qishing ko’p bo’lsin, ikki yozdik bo’lmog’i tan va libosingni pok tutgil va hozir javob bo’lgil. Hech narsaga to andisha qilmaguncha javob bermagil. O’z taqlidingga mone’ bo’lmagil va kishining taqlidi bilan ham ish qilmagil”. O’z rayingni baland qilgil, jonkuyarlik bilan so’zlamagil. Muridlaring orasida ta’sirli so’z aytgil, toki so’zingni eshitib ular na’ra ursinlar. Kursining stol minbar ustida sust va sovuq so’zlik bo’lib o’ltirmagil muridlaring ham sust bo’lurlar. Hamisha mutaxarrik (harakatchan) bo’lgil. Bu fikrlardan bo’lajak yosh o’qituvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish muhimdir. Kaykovusning yuqoridagi fikrlari ayni paytda ham juda mos keladi. Har so’zni bir majlisda aytsang, uni yodingda tut, toki yana qaytib aytmagil, va beobro’ bo’lmagil. Xushzabon bo’lgil, takabburni, yolg’on so’zlashni va ravshadin yiroq bo’lgin deb uqtiradi. Bo’lajak yosh o’qituvchilar bu qoidalarga amal qilsalar xato qilmaydilar, deb o’ylayman. Chunki bu fikrlar tajribada qurilgan hayot sinovlaridan o’tgan. Bundan tashqari barcha biz biladigan buyuk allomalar, mutafakkirlar, o’qituvchilar haqida xuddi shunday va shunga yaqin fikr bildirganlar. Masalan: Farobiy: Ustoz shogirdiga qattiq zug’um ham haddan ziyod yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zug’um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi-yu uning yumshoqligini payqab qolsa, bu hol ustozni mensimaslikka, beradigan bilimdan sovishga olib keladi. Ibn Sino: O’qituvchining burchini quyidagicha belgilaydi: Bolalarga bosiq va jiddiy muomila qilish Fanga qiziqtira olish Bilimni yosh va aqliy darajasini hisobga olib o’rgatish Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishi zarurligi xususida. Sa’diy Sheroziy: - O’qituvchi haqida Bo’lsin qattiqqo’lligu yumshoqlik baxam Tabib ham kesaru, ham qo’yar malham Dono kishi qattiq bo’lmaydi doim Qadri ketar bo’lsa xamon muloyim. Kaykovus fikrlarining ko’pchiligi hozirda ham davom etib kelmoqda, haligacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Masalan: Ilm yo’lida munozaradan chekinmaslik, lekin uni janjalga aylantirib yubormaslik, o’z fikrini dalil va isbot bilan bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. “Isbot bilan tur, rad qilma ahtiyot bo’lgilki, keyingi so’zing avvalgisini teskari bayon qilmasin”. Ilmni faqat kitobdan o’rganish bilan cheklanib qolmay, aql va tafakkur bilan hukm chiqarish kerakligini ham ta’kidlaydi. Shu talablar asosida u bu boradagi tijorat ilmi, tib ilmi, nujum (yulduz) ilmi, xandasa ilmi haqida o’z qarashlarini bayon etadi. Bunda ota-onalarning o’z farzandlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o’rgatish zarurligini ham ta’kidlaydi. Tijorat ilmi (32 bob savdo-sotiq). Tijorat ishlari qadimdan paydo bo’lgan bo’lib, shu paytgacha davom etib kelmoqda. Shariat qonunlarida ham bu ilm qoralanmagan, inkor etilmagan. “oluv-sotuv bir molni ikkinchi mol barobariga ikki yoki undan ortiq kishilarning rozilashib almashtiriladir” deyiladi bu haqida (Muhtasar T.Cho’lpon 1994 y 15 bet Rashid Zohid). Kaykovus yashab o’tgan davrda ham kishilar tijorat bilan shug’ullanganlar, bu hunar bo’lmasada, ammo uni eng yaxshi bir san’at desa bo’ladi. Yozuvchi bu bobda savdagarlarning mashaqqatli mehnati, kun kechirish uchun dunyoning u chetidan bu chetiga borishi, tog’lardan oshib, daryolar kechib, joni, tani va molini xatarga qo’yib, xalqqa ne’mat keltirishi haqida bayon etadi. U savdogarlarga shunday yuqori baho beradiki, “Jahonning obodonligi uning bila vojib bo’lur, bu ish bozorgandin boshqa xalqdan zohir bo’lmas” – deydi. Bunday xatarli ishni aql ko’zda nur bo’lgan kishilar tanlaydi deb izoh beradi. Savdogar o’zining moliga nisbatan beparvo bo’lmasligi, uning sifatiga kafolat bera olmog’i, o’z foydasini deb birovlarga zarar yetkazmasligini o’qtiradi. Mavqei jihatdan o’zidan past bo’lgan, diyonatli, muruvvatli, halol kishilar bilan muomila qilishini firibgar, aldoqchilardan qochishni aytadi. Savdogarning foydadan umidi bo’lsa, molini nasyaga bermasin deb ta’kidlaydi. Savdogarlarning axloqiy sifatlari haqida quyidagilarni aytadi. “Diyonat kamoli savdoda yolg’on so’z aytmakdir, nedikim kofir va musulmonning orasida savdoda yolg’on so’z aytmoq fe’ldur. Sotmaguncha hech molni qo’ldan bermagil. Muomilada sharm qilmagilki ulug’lar sharmdan ko’p orzu-umidlar hosil bo’lmagusidir” debdilar. Lekin ko’p behayolik va bemuruvvatlik ham bo’lma, bu foyda bermas, tasarruf va muruvvat molni omon saqlamoqqa sabab bo’lur deydi. Asarning 33 bobida Kaykovus tib ilmi haqida o’z fikrlarini aytadi. U bu ilmini foydali ilmlar qatoriga kiritadi. Bu bobda u odam tanasi tarkibidagi moddalar, unsurlar haqida, a’zolarning o’xshash kasalliklar isitma kasali, bemorlikning sabablari haqida bayon etadi, u tib ilmining 2 tomonini aytib o’tadi. 1. Nazariy qism . 2. Amaliy qism. Avval nazariy ilmni o’rganib, so’ng uni amalda qo’llash zarurligini taklif qiladi. “ odamlarning tanasida nimaiki bo’lsa yo tabiatga tegishli, yoki tabiatdan tashqarida bo’ladi”, deydi. Inson tanasini tashkil etgan moddadan uzoq bo’lgan unsurni 4 ga bo’ladi: ya’ni o’t, suv, tuproq, havo. Tabiatdan tashqari bo’lganlariga esa energiya harakat, ruhni kiritadi. Kaykovus tananing bir xoldan, ikkinchi holga aylanishini zaruriy hol deb biladi. Bunga 6 narsa ta’sir qiladi: ya’ni havo, taom, harakat, uyqu va bedorlik kishi tabiatning xushnudligi va ma’yusligi, hamda tanadagi o’zgarishlar: ya’ni g’am, g’azab, havas, qo’rqinch hokazo ruhiy holatlar. Bulardan foydalansa, kasallik illat paydo bo’ladi deb o’qtiradi. Bu bo’limda u bemor kishining alomatlarini, shunga ko’ra muolaja usullari haqida qisqa va tushunarli tushuncha berib o’tgan. “Kasalni also qo’rqitmagil, kasallik o’qib ketmasdan ilgari davolagil. Qorin bandasi va beqanot bemorga qattiq parxez buyurmagilki, u qabul qilmaydur. Sen uning yegan taomini yo’q qilishga harakat qil” deb maslahat qiladi u bo’lajak tabibga. Astrologiya (astro-yunoncha, logos-ilm, nujum demakdir). Ayrim kishilar va xalqlar taqdirini osmon yoritkichlarining vaziyatlariga qarab faol ochib aytadigan ta’limot. Bu ta’limot o’rta asrlarda Arabiston, Eron va O’rta Osiyoda keng taraqqiy etdi. Qadimgi xalqlar o’zlarining taqdir va ifodalarini yoritqitlarning sirli harakatlariga bog’liq deb o’ylaydilar. Munajjimlar voqea sodir bo’lishi paytida planetalarning osmon qobig’ida vaziyatlariga va ular ufqning qaysi qismida joylashganiga qarab faol ochar edilar. Astrologiya 16-17 asrlargacha mustaqil fan sifatida o’qitib kelingan. Geliosentrik sistemasining kashf etilishi astrologiyani kamaytirib, astronomiyaga keng yo’l ochib berdi. Astrologiya hozir ham ba’zi kapitalistik mamlakatlarda saqlanib qolgan. Xususan, bizning mamlakatimizda astrologik kuzatishlar keng miqyosda bo’lmasa ham olib boriladi. Gazeta jurnallarda beriladigan bashoratlar, televideniyadan beriladigan “Munajjim ta’biri” ko’rsatuvi, har xil kitobchalar: “Taqdirnoma”, “Ta’birnoma”, “Taqdir kitobi” va boshqalar bundan dalolat beradi. Asarning 34 bobida Kaykovus nujum va xandasa ilmi haqida gapirdi. “Ey farzand agar munajjim bo’lmoq istasang, harakat qilib riyoziyod ilmi ustida ko’proq mashaqqat chekgil, ilmi axloq yaxshi ilmdir, o’rni batamom bilib bo’lmaydur va uni to’g’ri bilgan, xato qilmagan odam yo’qdir”. U munajjimning har bir yulduz nomini yaxshi bilib olishi, ularning jadvalini to’g’ri tuzishi, taxminiy fikrlarga ishonmasligi haqida gapiradi. Bashorat aytishdan oldin yulduzning chiqishi, darajasi, ularning oyga qanday qilib yaqinlashuvi, holati, chaqnab turishi, daraja va harakat bo’yicha yulduz tutilishi, uchburchaklar, chegara, shakl 12 belgi, burj haqida aniq va mukammal bilam, tasavvurga ega bo’lish kerakligi bayon qilingan. Bu bobda u muhandis va tanobchilar bilishi kerak bo’lgan tushuncha va ma’lumotlat haqida ham fikr yuritadi. “Ey farzand, muhandis va tanobchi bo’lsang, hisobni yaxshi bilgil. Zinxor bir soatni ham hisobni takrorlashdan holi o’tkazmagil, chunki hisob shiddatli ilmdir” deb uqtirdi. Yer o’lchaganda burchaklarni aniqlash, shakllarni yoddan chiqarmaslik, tahminiy fikr yuritmaslik, kavsimon kub yoki o’tmas burchaklarni o’lchaganda, ularning xususiyatlarini esdan chiqarmasligini talab qiladi. Bulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Kaykovus o’z zamonasining ancha ma’lumotli, ziyolilaridan bo’lgan. U musiqa va tibbiyot ilmiga g’oyat ishtiyoq bilan qaragan. (Qobusnoma 6-bet) Download 29.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling