Kazus boʻyicha savollar


Download 12.94 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi12.94 Kb.
#1787468
Bog'liq
1-мавзу казус жавоби


1. Fuqaro D. 2020-yil 20-avgust kuni soat 20-30larda Navoiy shahar Gʻalaba koʻchasida yolgʻiz ketayotgan A. ismli qizning qoʻlidagi sumkasini tortib olib, qochib ketib, talonchilik jinoyatini sodir etadi. Tergov organi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,  unga nisbatan JK 166-moddasi 2-qismining  “b” bandi bilan ayb eʼlon qilinadi. Ish sudga yuborilgach, sudda jamoat himoyachisi tariqasida mahalla fuqarolar yigʻini vakili ishtirok etadi va D.ga  ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlashni soʻraydi.
Kazus boʻyicha savollar:
1. D.ning qilmishini sudda koʻrishda mahalla fuqarolar yigʻini vakili ishtirokini JKning 6-moddasi (demokratizm prinsipi)da belgilangan qoidalar asosida tahlil qiling?
2. Mazkur holatda Jinoyat kodeksining 6-moddasida nazarda tutilgan demokratizm prinsipiga rioya qilinganmi?
Kazus bo’yicha javob:

Bizlarga ma’lumki jinoyat huquqida prinsplar 7 tani tashkil qilib, bular qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. Ularning eng asosiysi demokratizm prinspi hisoblanib unga ko’ra, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin deb ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi JPKning 42-moddasida Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborishlari mumkinligi, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yig‘ilishi ko‘rsatishi, yig‘ilish qarori sudga taqdim etilishi lozimligi, jamoat birlashmasi, jamoa o‘zi yo‘llagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqli ekanligi belgilangan. Shuningdek JPKning 44-moddasiga muvofiq, sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart deb ko’rsatilgan.


Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining bir ko’rinishi ya’ni demokratik institut ekanligini hisobga olsak, ushbu holatda vakil ishtirokini mazkur prinsip talablariga mos bo’lgan harakat deb hisoblash mumkin. Bu holatda Jinoyat kodeksining 6-moddasida nazarda tutilgan demokratizm prinsipiga rioya etilgan desak bo’ladi.



Download 12.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling