Kazus davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan


Davlat tuzilishining yana bir shakllaridan biri bu konfederatsiyadir.-


Download 30.03 Kb.
bet3/4
Sana09.02.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1182670
1   2   3   4
Bog'liq
dhn oraliq

Davlat tuzilishining yana bir shakllaridan biri bu konfederatsiyadir.-Konfederatsiya bu-bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1)konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi;
2)barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;
3)yagona hududning bo‘lmasligi;
4)yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
5)konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6)konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik huquqiga egaligi;
7)konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish kirishi;
8)konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisining qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz berdi. «Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirgacha ta’kidlanmoqda. Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya. Davlatning shakllari subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi. Konfederatsiya federatsiyaga nisbatan uncha mustahkam emas, chunki u odatda biron-bir masalalani hal etish ehtiyoji orqali tashkil etiladi. Tarixda ham konfederatsiyalar uncha ko`p bo`lmagan, bo`lganlari ham keyinchalik yo federatsiyaga aylanishgan, yoki alohida-alohida unitar davlatlarga bo`linib ketishgan.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, davlat tuzilish shakli tushunchasini batafsil sharhlash orqali davlat hokimiyati qay yoʼsinda tashkil etilganligi, uning tarkibiy qismi va ushbu qismlar oʼrtasidagi munosabatlar haqida bilib olishimiz mumkin.


O’zbekistonning tuzulish shakliga to’xtalib o’tsak, republikamiz rasman unitar davlat hisoblansa ham, ammo federative davlat alomatlari ham mavjud, ya’ni davlat tarkibida suveren bo’la olish huquqiga ega Qoraqalpog’iston Respublikasining mavjudligidir. To’g’ri Qoraqalpog’iston o’zining qonunlari o’zining boshqaruv organlariga egadir ammo O’zbekiston Respublikasida yagona hokimiyat va yagona konstitutsiya bor bo’lishi davlatning unitar davlatga xosligini bildiradi. Ushbu tasdiqni biz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda u asosida chiqarilgan qonunlar orqali bilib olishimiz mumkin.


Download 30.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling