Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
Mehr qo‘ygan uyiga – baxtiyordir,
Mehrda rom etuvchi jodu bordir. deyiladi. Muhokamamiz shu to‘g‘rida bo‘lsa... Saodat buvi Nigoraning aqlli gaplaridan xursand bo‘lib, quyosh misoli charaqlab ketdi. – Xo‘p, aylanay, bo‘lmasa mehr haqida, mehr turlari va sharofati haqida gaplashaylik. Qani, qizlar, kim gapiradi? Yorqinoy charaqlab o‘rnidan turdi. Uy ichi ham Yorqinoyning yorqin chehrasi kabi yorishib ketganday bo‘ldi. U o‘ziga yarashib tushgan nozik bir ado bilan Saodat buvidan izn so‘radi. – Gapiraver, qizim, – dedi Saodat buvi ham ko‘zi, ham yuzi bilan jilmayib. – Mumtoz adabiyotimizdan ma’lumki, mehr so‘zi ning quyosh degan ma’nosi ham bor. Agar shu haqi qat bo‘lsa, men aminman, haqiqat, u holda har bir qalb ning o‘z quyoshi bor. Demak, muhabbat ham shu quyoshdan, mehr ham, albatta, shu quyoshdan. Yo‘q, shu quyoshning o‘zi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, falonchi falonchiga mehr bilan qaradi, deymiz yoki falon ishni mehr bilan qildi, deymiz. Mana shular- dan ham ma’lumki, qalb quyoshidan nur emgan kim sa yo narsa borki, hammasi ichiga kichkina quyosh chalar, yo quyosh zarralari o‘rnatilgandek charaqlab ketadi oqibatda. – Barakalla aqlingga, qizim! – dedi Saodat buvi quvonib. 114 – Endi qochoq kelin masalasiga kelaylik, opoqi. Ba’zi odamlarda yaramas bir illat bor. Masalan, birovni qoralaydigan bo‘lsa, axlatga bulg‘ab tashlaydi. O‘ziga-chi? Hay-hay, gard ham yuqtirmaydi! Falonchi – unaqa, falonchi – bunaqa! Xo‘sh, o‘zing-chi, o‘zing qanaqasan? O‘zingda ham biron gard bormi? Vajoha tidan ma’lum – gard yo‘q, top-toza, oppoq! Kechagina yor-yorlar bilan, tantana-dabdaba bilan kuyovnikiga borgan kelinchak bugun aynab, uyini tashlab qoch gan ekan, bilingki, u ham o‘sha yaramas illat banda- laridan. Agar u, she’rda aytilganidek uyiga mehr qo‘y sa – albatta, baxt topardi, obro‘ topardi, hurmat-e’ti bor topardi. Yana o‘sha she’rga murojaat qilaylik. So‘nggi satrida «Mehrda rom etuvchi jodu bordir» deyi ladi. Qaranglar, mehrda biz xayolimizga ham keltir magan shunaqa qudratli kuch bor ekan! Endiki, miya mizga shu fikr kirdi, kelinglar, qizlar, bir o‘ylab ko‘raylig-a! Qanchalik haqiqat bor ekan bu baland parvoz tavsifda? – Buyog‘ini men aytsam maylimi, a, Yorqish? – deb qoldi Muqaddas, yalingansimon yoqimli bir tovushda. Saodat buvi yarq etib Yorqinoyga qaradi. Uning mehribon ko‘zlarida «maylimi?» degan savol bor edi. Yorqinoy charaqlab kuldi. – Voy, sizdan aylanay-ey, Muqaddas poshsho, maylimingiz nimasi, gapiravering, aylanay, bemalol, – dedi u. Muqaddas o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshagan do‘ril- doq tovushini baralla qo‘yib, so‘zlab ketdi: 115 – Men biron aqlli gap aytishga hali yoshlik qilar man. Lekin shunday bo‘lsa ham, odam mushohadasiz bo‘lmas ekan, ko‘rgan-eshitgan narsalarimizga qarab bir nima deydigan bo‘lsak, mehr kirgan hovli – baxtiyor hovli, buguni kumush, ertasi oltin hovli, deyishga to‘g‘ri keladi. Nimaga desangiz, mehr kirgan hovlida buzilish bo‘lmaydi, aksincha, tuzalish, yashnash, gullash bo‘ladi. Men xuddi shu fikrdaman. Gapimga ishonaveringlar, o‘rtoqjonlar, mehrda faqat yashnash, gullash, rivoj bor. Boya Yorqin poshsha mehrda qudratli kuch borligini aytdi. Shu gapi bilan meni qoyil qoldirdi. Qaranglar, mehrda shunaqa qudratli kuch, qudratli his borligini shu mahalgacha o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Haqiqatan ham, shunaqa. Nimaga deysizmi? Hozir aytaman. Avval, ana o‘sha mehr qayerda, qachon, qanday sharoitda paydo bo‘ladi – shular to‘g‘risida gaplashib olaylik. Hazilkash Otikaning xushchaqchaq ovozi yangradi: – O, ko‘zim chirog‘ining munavvar nuri, o‘zingiz aytib qo‘ya qoling, Otikangiz tasadduq! – Yo‘q-yo‘q, Otikaxon, meni bu xijolatpazlikdan qutqaring. Bilasiz-ku, men o‘zim yaxshi bilmagan narsalar to‘g‘risida og‘iz ochmayman, – dedi Muqaddas qo‘llari bilan rad alomatini qilib. – Qo‘ying, Otikaxon, bilmagan narsasini gapirishga majbur qilmaylik. Menimcha ham, bizning tishimiz o‘tadigan jo‘n narsaga o‘xshamaydi bu. Opoqimlardan iltimos qilaylik, o‘zlari aytib bera qolsinlar, – dedi Ra’no. 116 Saodat buvi qizlarga ko‘z yugurtirib, ularning ham nigohlarida shu ma’no borligini ko‘rdi. Chehrasini charaqlatib yuboradigan odatdagi jilmayish bilan qizlarga qarab chiqdi. Hammaning ko‘zi Saodat buvida edi, u dedi: – Qaydam, mehr hammada ham bo‘lavermay- digandek tuyuladi menga goho. Agar u iliqlik, issiqlik, yurak harorati, ishq-muhabbat otashi bo‘ladigan bo‘lsa, gumonimda ma’lum darajada haqiqat bor. Xudbin, sovuq, qo‘rs, kesaktabiat odamda mehr nima qilsin, bolalarim! Agar yurak o‘ti mehr-u muhab bat uchqunidan tutashgan o‘t bo‘ladigan bo‘lsa, menimcha, xuddi shunday! U holda gulxan cho‘p-xashaksiz o‘chib qolganiga o‘xshash, mehr ham yonilg‘isiz so‘nadi. Qalb gulxanining yonilg‘isi esa, fikrimcha, sevgi, sadoqat, vafo, ardoq, ko‘ngil pokligi, so‘nmas istak, tinimsiz intilishdir. Yuqoridagi ishtibo himiz haq bo‘lsa-yu, mehr har qanday yurakda pay do bo‘lavermasa, u holda qanday yurakda paydo bo‘ladi? Hozirgina aytdik: «Yurak o‘ti – mehr-u muhabbat uchqunidan tutashgan o‘t», deb. Demak, uning tomiri yoyilgan joy – yurak, unib- o‘sishiga, gullab-yashnashiga, ravnaq topishiga ozuqa beradigan ham – yurak. Demak, hamma gap yurakning tozaligi va pokligida ekan. Kim bilsin, odam baxti va baxtsizligining ham siri shundadir. Illo: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling