Kbk: 84(5O‘zb)7
YETTINCHI OQSHOM HIKOYATI
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
YETTINCHI OQSHOM HIKOYATI
Yaxshi bo‘lsang – taxt-u baxting qo‘lingda, Turfa gullar ungay o‘ng-u so‘lingda. Kelinchak xulq-atvori haqida kecha aytilgan so‘zlar qizlarda chuqur taassurot qoldirgani shundoqqina ko‘zlaridan ko‘rinib turar edi. Saodat buvining kechagi gaplardan ko‘ngli uncha to‘lmagan, shekilli, qizlar to‘planar-to‘planmas gapini yana o‘sha mavzudan boshladi: – Kechagi suhbatimizda kelinchak qanday bo‘lishi, o‘zini qanday tutishi to‘g‘risida gap- lashdig-u, lekin oilada, ayniqsa, kelin bilan qaynana o‘rtasida janjal chiqib qolsa, uni qanday bosish, umuman, janjal chiqarmaslik yo‘lini topish to‘g‘risida gaplashib olishga ulgurmadik. O‘zlaringiz eshitdilaringiz, Hilola tili achchiq, zahar qaynanadan qo‘rqishini aytdi. Lekin shunaqa qaysar, qildan qiyiq qidiradigan injiq kampirni iyitib olish mumkinmi-yo‘qligi ustida gaplashib ololmadik. Holbuki, bu juda muhim masala. Qaynanalar nima uchun kelinlarini ilg‘ashadi, qiynashadi, tergashadi – eng oldin shuni aniqlash kerak. Aslida, qaynanasi shunaqa fe’li yomon, qitmir xotinmi yo kelinining xatti-harakati uni shu kepataga solganmi? Agar, aslida fe’li o‘zi shunaqa bo‘lsa, u vaqt kampirga yoqadigan, uni iyitib olishga yordam beradigan yo‘lni tutish kerak. Bordi-yu, bunda kelinchak aybdor bo‘lsa-chi? U holda kelin insof yo‘liga kirishi, o‘zini o‘nglash harakatiga tushishi lozim bo‘ladi. Agar qaynana bilan kelin o‘rtasida hadeb jan jal chiqaversa, 122 o‘rtada ittifoqlik, ahillik bo‘lmasa, bunday oiladan halovat ko‘tariladi, xosiyat ham ketadi. Buning ustiga, kelinning ham, qaynananing ham ular kasriga qolgan qaynata bilan kuyov bolaning ham yegan-ichgani zahar bo‘ladi. Bunday oila uzoqqa bormay qazoga uchraydi. Shu haqda ikkita hayotiy hikoyatim bor, yo‘q demasalaringiz, o‘qib bersam. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling