Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

Kelin baxti –  kelinning o‘z qo‘lida, 
Chaman bor qilmoq ham yurgan yo‘lida. 
Mehr qo‘ygan uyiga baxtiyordir
Mehrda rom etuvchi jodu bordir.
– Qani, qizlar, kimda qanaqa fikr bor?
Tursunoy durkun gavdasini chaqqon ko‘tarib 
o‘rnidan turdi-da, tabassumidan charaqlagan 
xumor ko‘zlari bilan avval dugonalarini bir suzib 
chiqdi, keyin buvijoniga mamnun qaradi.
– Mening tushunishimcha-da, buvijon, bu 
to‘rtlik da hikmat katta. Bunda ta’kidlangan 
narsalarga amal qilding – baxt topding, yo‘qsa – 
ko‘z yoshing daryo, kuning qaro. Axir, bu yerda 
gap kelin shaxsi ustida emas, inson taqdiri 
ustida ketmayaptimikan? O‘ylab qaraylig-a, 
qizlar, bugun iymanib, begonalardek qimtinib 
kirib kelgan yangi mehmon ertaga shu xona don 
bekasi, qator-qator bolalar onasi, zahmatkash 
yostiqdoshi yonida turib oila baxtini quruvchi 
vafodor xotin, mehribon ona-ku! Ayol baxtini topib 
ketsa, bu o‘sha oila kishilari bilan birga butun 
jamiyatning ham yutug‘i-ku! Demak, kelin baxtiga 
kelinning o‘z shaxsiy ishi, deb qaramasdan, 
bundan jamiyat ham man faatdor ekanini ko‘z 
o‘ngimizdan qochirmas ligimiz kerak ekan. Agar 
kelinchak ham masalaga shu tarzda, ya’ni o‘z 


111
baxti jamiyat baxti bilan chambar chas bog‘liq 
ekanini anglasa, boshiga mushkul ish tushgan 
paytlarda qiyinchiliklardan qochmay, ularni 
yengib o‘tib, oila zaminini mustahkamlashga 
intilar, buni o‘zining xotinlik, onalik burchi deb 
bilar edi. Shu ma’noda:
Kelin baxti – kelinning o‘z qo‘lida, 
Chaman bor qilmoq ham yurgan yo‘lida.
deyilgani juda to‘g‘ri, juda o‘rinli.
Tursunoy gapini tugatar-tugatmas, Nigor 
poshsha o‘rnidan turdi.
– Mening ham ikki og‘iz so‘zim bor edi, – dedi u 
gap navbatini boshqalar ilib ketishidan qo‘rqayot-
gandek shoshib.
– Marhamat, gapiraver.
Nigor poshsha oq-sariq uzunchoq yuziga juda 
yarashgan chiroyli burni ustidagi ter durlarini 
nafis ro‘molchasi bilan asta artib, so‘z boshladi:
– Tursunoy juda to‘g‘ri gapirdi. Qani endi 
hamma kelinchaklar ham taqdiriga Tursunoyga 
o‘xshab qarasa! Ba’zi yosh oilalarda turmushga 
shunaqa qarash yo‘q yo bo‘lsa ham yetarlik 
emasdirki, tezda ajralib ketishadi. Menimcha, bu 
yoqdan kelin bo‘lib tushib borib, u yoqdan unisi 
yoqmadi, bunisi yoqmadi, onasi unaqa ekan, otasi 
bunaqa ekan, menga u qildirdi, menga bu qildirdi
degan tuturiqsiz bahonalar bilan uyga qaytib 
kelish – shunchaki bir nodonlik emas, borib 
turgan ahmoqlik! Ha, ahmoqlik! Ota-onasi yemay-
ichmay to‘plagan sep-u salobatini yondirish, 


112
el-yurt oldiga solgan tabarruk dasturxo niga 
mag‘zava to‘kish ertaga ona bo‘lishi muqarrar bir 
tabarruk zot sha’niga isnod bu! Ha, isnod, qizlar! 
Baxt koshonasini qurish yo‘lida uchraydigan 
qiyinchiliklardan qo‘rqib, umid bilan bir yostiqqa 
bosh qo‘ygan yorini ota-onasi bilan dog‘-u 
hasratda qoldirib qochish – tubanlikning tubanligi! 
Vijdonsizlik!
– To‘g‘ri, juda to‘g‘ri, Nigor poshsha!
– Menga qolsa, – deya Nigora so‘zini davom 
ettirdi, – menga qolsa, o‘shanaqa tegmanozik 
o‘ktamniso lardan so‘rar edim: xo‘p, onasi-ku 
unaqa ekan, otasi ham bunaqa ekan, xo‘sh, 
o‘zing qanaqa eding? O‘zingni qanaqa tutding? 
Sen qo‘ydek yuvvosh, beayb eding-u, ular 
bo‘ridek yirtqichlik qilishdimi? Nima uchun 
shunday qilishdi? Hech narsadan hech narsa 
yo‘q, besabab, bevaj seni sig‘dirishmadi – tursang 
o‘poq, o‘tirsang so‘poq, deyishdimi? Xo‘p, ular-
ku shunaqa nobop odamlar ekan, sen-chi? 
Sen ular bilan til topishishga, ularni iydirib, 
opoq-chapoq bo‘lib ketishga harakat qildingmi? 
Yo ota-onangning baland oxuridan tushmay 
kekkayib yuraverdingmi? Har narsa bo‘lay, 
qizlar, bu savollarni tirnoq ostidan kir qidirish 
maqsadida berilgan g‘irrom savollar deb bo‘lmaydi. 
Menimcha, bular javob berilishi juda-juda zarur 
bo‘lgan, nihoyatda o‘rinli, nihoyatda adolatli 
savollar. Xayr, qochoq kelin davramizda yo‘q. 
Shuning uchun, ming afsuski, haligi haqqoniy 
savollarimizga javob ololmadik, deylik. Xo‘sh, shu 
bilan gap tamom, ora ochiqmi? Yo‘q, menimcha, 


113
opoqimlar keltirgan to‘rtlikda muhokama talab 
bir joyi bor. U mehr haqida. Mana, eshitinglar:

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling