Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

matlarida: «Uyning oroyishi, uylikning osoyishi 
– xotinda; jamoli bo‘lsa – ko‘ngilga marg‘ub, aqli 
bo‘lsa – jonga matlub; aqlli bo‘lsa – ro‘zg‘orda 
intizom, uying tartibli-yu saranjom; qayg‘uli kunda 
hamdaming, dardli damda malhaming; yomon tillik 
bo‘lsa – ko‘ngil yaroliq, yomon ishlik bo‘lsa – yuz 
qaroliq!» – degan edi. «Xotin pokiza bo‘lsin, erga 
sodiq do‘st, vafoli yor bo‘lsin, hayoli, andishali, 
tili totli bo‘lsin; xushfe’l, xushatvor bo‘lsin», deydi 
dono xalqimiz. Har bir ayol, har qancha huquqqa, 
har qancha amalga, har qancha davlat va mavqega 
ega bo‘lganda ham xalqimizning bu dono o‘gitlarini 
esda tutishi lozim.
Xotin-qizlarimizga berilayotgan beqiyos 
imkoniyat va imtiyozlar, doimiy g‘amxo‘rlik va 
e’tibor, shubhasiz, biz ayollarning boshlarimizni 
osmonga yetkazadi. Lekin bu ulug‘ ne’matlarni 
suiiste’mol qiluvchilar ham borligi bizni 
afsuslantirmay qo‘ymaydi. Nazarimizda, ba’zi 
ayollar bu oliyjanob imtiyozlardan kibrlanib 
ketishayotganga o‘xshaydi. Ayrim ayollarning 
xulq-atvori, yurish-turishi, jamiyatda o‘zini tutishi, 
axloq-odob doirasiga sig‘maydigan betayin qiliqlari 
bizni o‘ylatib qo‘yyapti. Erkaklar bilan huquqimiz 
bir deb, erni er o‘rnida ko‘rmaydigan ayollar 
ham ba’zan uchrab qoladi. Bunday ayollar teng 


144
huquqlik zamirida o‘zlarining ayollik latofatlarini, 
oilaga, bola-chaqaga mehr-u muhabbatlarini
ayniqsa, ayollik latofati, andishasini orttiruvchi 
kuch borligini anglamasalar kerak.
Yaxshi ayol har qanday sharoitda ham o‘z 
latofati va mehr-u shafqatini yo‘qotmaydi. Xoh 
olima, xoh shoira, xoh baland martaba sohibasi 
bo‘lsin, baribir, u hamma sharoit va muhitda ayol, 
xotin, ona bo‘lib qoladi. Shuning uchun kerilib-
gerdayish, men falonchiman, deb havolanish, erga 
o‘dag‘aylash – ayol sha’niga isnod. Juda katta 
isnod! Yaxshi xotin erini o‘ziga faqat umr yo‘ldoshi 
debgina tushunmaydi. Ayni zamonda bolalarining 
g‘amxo‘r otasi, oilasining suyanchig‘i, o‘zining 
zabardast himoyachisi ham deb tushunadi. Erining 
shunaqaligidan faxrlanadi. Axir, er uyda bo‘lsa, 
hammayoq yorishib, to‘lib ketganday bo‘ladi. 
Qizlarim, har bir xotinning o‘ng quloq-so‘l qulog‘ida 
bo‘lsin; er – oila boshlig‘i. Uni izzat qilish kerak. 
Er kelishi bilan uy fayzga to‘lib ketadi, hamma 
narsaga ruh, jon kiradi. Lekin bu narsa o‘z-
o‘zidan bo‘lmaydi. Buni xotin, ya’ni er hurmatini 
joyiga qo‘ygan yaxshi xotin vujudga keltiradi. Er 
ko‘chadan kirganda, yaxshi xotin «hormang» deb 
kutib oladi, shirin gapirib, shirin qabul qiladi. 
Bolalari sho‘xlik qilayotgan bo‘lishsa, ularni 
tinchitadi, eri oldiga choy keltirib, hol so‘raydi. 
Biron gap bo‘lsa, yotig‘i bilan aytadi. «Ertalab ta-
yinlagan narsamni qilmabsiz!» – deb do‘q urmaydi. 
Ishdan charchab kelgan erini bema’ni g‘idi-bidilar 
bilan ta’bini xira qilmaydi. Ovqatini zaharga, 
to‘shagini tikanga aylantirmaydi.
Ba’zi betamiz xotinlar erdan baland kelish 
maqsadida uni xo‘rlaydilar. Ana shunday payt-


145
l arda er janjalni gazak oldirmaslik uchun o‘zini 
bossa, farosatsiz xotin, mendan qo‘rqyapti, deb 
avjiga chiqadi. Hatto uy sirini ko‘chaga olib 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling