Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAKKIZINCHI OQSHOM HIKOYATI Erni er qiladigan ham – xotin, Qaro yer qiladigan ham – xotin.
Yomon yursang – ketar baxting qo‘lingdan,
Adashma hech to‘g‘ri yurgan yo‘lingdan! Yomon xulqning oqibati – ko‘p yomon, Jazo tortgung axir bir kun beomon! 141 SAKKIZINCHI OQSHOM HIKOYATI Erni er qiladigan ham – xotin, Qaro yer qiladigan ham – xotin. (Maqol) Saodat buvining oqshom suhbatlari qizlar maroqini kun sayin orttirib borar edi. Ba’zi qizlar kech kirib, soat sakkiz bo‘lishini toqatsizlik bilan kutishardi. Shakarxon bilan Kajira to‘g‘risidagi kechagi hikoyat qizlarda juda qattiq taassurot qoldirgan ekanmi, bugun suhbat soatini ham kutib o‘tirmay barvaqt kelib olishdi. Saodat buvi bundan behad xursand edi. U har bir qiz bilan ko‘rishib, ota-onalarining hol-ahvollarini g‘amxo‘rlik bilan so‘radi. Keyin odatdagi vazmin ovozda suhbatini boshladi: – Biz bu oqshomgi hikoyatimizni «Erni er qiladigan ham – xotin, qaro yer qiladigan ham – xotin» maqoli bilan boshlaymiz. O‘zbek xalqining hayot tajribasida sayqal topgan bu maqoldan ravshan ko‘rinib turib diki, xotin bo‘lish – nahorda turib tut qoqishdek oson narsa emas. Bu – kelinchaklik shodiyonasi o‘tib, vafodor xotin, mehribon ona va nihoyat, dono qaynana bo‘lguncha oila tashvishi bilan yashash, oila kam-u ko‘stini butlash, er hurmatini joyiga qo‘yish, er keltirgan narsani oz bo‘lsa ham ko‘p o‘rnida ko‘rish, oxiri janjalga olib borishi ehtimol bo‘lgan isrofgar chiliklardan, beboshliklardan qochish, bolalarga mehribon ona, g‘amxo‘r murabbiy bo‘lish, qaynana bilan qaynataga kelin emas, umrlarining oxirigacha qiz bo‘lib qolish kerak, degan so‘z. 142 Bu shartni esdan chiqargan yo pisand qilmagan kelin yaxshi xotin bo‘lolmaydi. Aksincha, kecha muhokamamizdan o‘tgan Kajira singarilarning axir bir kun kavushi to‘g‘rilab qo‘yiladi. Saodat buvi gazeta qirqmalaridan ikkitasini olib, oldiga qo‘ydi. Goh gazetaga qarab, goh o‘z ko‘nglidan chiqarib gapira ketdi: – Er bilan xotin o‘rtasidagi totuvlik misoli bir daryo, uning keltiradigan ne’mati olam-jahon. Eng avval, oila a’zolari bundan baxt, rohat ko‘radi. Agar xotin eriga shirin til, yaqin dil bo‘lsa, o‘zini oilada odob, andisha doirasida tutsa – bunday xotin eriga suyukli xotin, bolalariga mehribon ona, mahalla-ko‘yda ibrat malikasi bo‘lib qoladi. Ana shunday xotinlarning qizlari ona izidan borishga, kelgusi umr yo‘ldoshlariga onasi singari hurmat- izzat bilan qarashga o‘rganadilar. Lekin, afsuski, jamiyatimizda ming-minglab Shakarxonlar ora- sida yakka-dukka Kajiralar ham uchrab turadi. Bundaylar erni er o‘rnida ko‘rish maydi, er gapini nazarga olishmaydi. Oqibatda o‘zlari gagina emas, oila farog‘atiga, ayniqsa, jamiyat ravnaqiga ma’lum darajada ziyon yetkazadilar. Shu haqda madaniyatimiz onaxonlaridan biri – filologiya fanlari nomzodi Muzayyana Alaviya xonim «Bolalarin gizning otasi» nomli otashin maqolalari bilan biz ayollarga murojaatda bo‘ldilar. Men ana shu ko‘p dono, ko‘p boandisha fikrlar bilan to‘liq maqoladan o‘zimizga kerakli joylarini sizlarga o‘qib eshittirmoq chiman, qizlarim. Qizlar chug‘urlashib, o‘qib bering, opoqi, jon deb eshitamiz, deyishdi. Saodat buvi maqola parchalarini o‘qishdan oldin shunday dedi: 143 – Hurmatli olimamiz baxtli xotin-qizlarimizning yuksak ma’naviy mavqelari va bizning jami- yatimizda ta’min haq-huquqlari haqida, mam- lakatimizda ayollar qo‘li tegmagan biron xo‘jalik, madaniy soha yo‘qligi haqida ancha batafsil so‘z yuritganlaridan keyin, maqolalarida shundoq deydilar: «Alisher Navoiy xotinlar haqidagi hik- Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling