Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

Mehr qo‘ygan uyiga – baxtiyordir, 
Mehrda rom etuvchi jodu bordir.
deyiladi. Muhokamamiz shu to‘g‘rida bo‘lsa...
Saodat buvi Nigoraning aqlli gaplaridan 
xursand bo‘lib, quyosh misoli charaqlab ketdi.
– Xo‘p, aylanay, bo‘lmasa mehr haqida, mehr 
turlari va sharofati haqida gaplashaylik. Qani, 
qizlar, kim gapiradi?
Yorqinoy charaqlab o‘rnidan turdi. Uy ichi 
ham Yorqinoyning yorqin chehrasi kabi yorishib 
ketganday bo‘ldi. U o‘ziga yarashib tushgan nozik 
bir ado bilan Saodat buvidan izn so‘radi.
– Gapiraver, qizim, – dedi Saodat buvi ham 
ko‘zi, ham yuzi bilan jilmayib.
– Mumtoz adabiyotimizdan ma’lumki, mehr 
so‘zi ning quyosh degan ma’nosi ham bor. Agar 
shu haqi qat bo‘lsa, men aminman, haqiqat, u 
holda har bir qalb ning o‘z quyoshi bor. Demak, 
muhabbat ham shu quyoshdan, mehr ham, 
albatta, shu quyoshdan. Yo‘q, shu quyoshning 
o‘zi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, falonchi 
falonchiga mehr bilan qaradi, deymiz yoki falon 
ishni mehr bilan qildi, deymiz. Mana shular-
dan ham ma’lumki, qalb quyoshidan nur emgan 
kim sa yo narsa borki, hammasi ichiga kichkina 
quyosh chalar, yo quyosh zarralari o‘rnatilgandek 
charaqlab ketadi oqibatda.
Barakalla aqlingga, qizim! – dedi Saodat buvi 
quvonib.


114
– Endi qochoq kelin masalasiga kelaylik, 
opoqi. Ba’zi odamlarda yaramas bir illat bor. 
Masalan, birovni qoralaydigan bo‘lsa, axlatga 
bulg‘ab tashlaydi. O‘ziga-chi? Hay-hay, gard ham 
yuqtirmaydi! Falonchi – unaqa, falonchi – bunaqa! 
Xo‘sh, o‘zing-chi, o‘zing qanaqasan? O‘zingda 
ham biron gard bormi? Vajoha tidan ma’lum – 
gard yo‘q, top-toza, oppoq! Kechagina yor-yorlar 
bilan, tantana-dabdaba bilan kuyovnikiga borgan 
kelinchak bugun aynab, uyini tashlab qoch gan 
ekan, bilingki, u ham o‘sha yaramas illat banda-
laridan. Agar u, she’rda aytilganidek uyiga mehr 
qo‘y sa – albatta, baxt topardi, obro‘ topardi, 
hurmat-e’ti bor topardi. Yana o‘sha she’rga 
murojaat qilaylik. So‘nggi satrida «Mehrda rom 
etuvchi jodu bordir» deyi ladi. Qaranglar, mehrda 
biz xayolimizga ham keltir magan shunaqa 
qudratli kuch bor ekan! Endiki, miya mizga shu 
fikr kirdi, kelinglar, qizlar, bir o‘ylab ko‘raylig-a! 
Qanchalik haqiqat bor ekan bu baland parvoz 
tavsifda?
– Buyog‘ini men aytsam maylimi, a, Yorqish? 
– deb qoldi Muqaddas, yalingansimon yoqimli bir 
tovushda.
Saodat buvi yarq etib Yorqinoyga qaradi. Uning 
mehribon ko‘zlarida «maylimi?» degan savol bor 
edi. Yorqinoy charaqlab kuldi.
– Voy, sizdan aylanay-ey, Muqaddas poshsho, 
maylimingiz nimasi, gapiravering, aylanay, 
bemalol, – dedi u.
Muqaddas o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshagan do‘ril-
doq tovushini baralla qo‘yib, so‘zlab ketdi:


115
– Men biron aqlli gap aytishga hali yoshlik 
qilar man. Lekin shunday bo‘lsa ham, odam 
mushohadasiz bo‘lmas ekan, ko‘rgan-eshitgan 
narsalarimizga qarab bir nima deydigan bo‘lsak, 
mehr kirgan hovli – baxtiyor hovli, buguni 
kumush, ertasi oltin hovli, deyishga to‘g‘ri keladi. 
Nimaga desangiz, mehr kirgan hovlida buzilish 
bo‘lmaydi, aksincha, tuzalish, yashnash, gullash 
bo‘ladi. Men xuddi shu fikrdaman. Gapimga 
ishonaveringlar, o‘rtoqjonlar, mehrda faqat 
yashnash, gullash, rivoj bor. Boya Yorqin poshsha 
mehrda qudratli kuch borligini aytdi. Shu gapi 
bilan meni qoyil qoldirdi. Qaranglar, mehrda 
shunaqa qudratli kuch, qudratli his borligini 
shu mahalgacha o‘ylab ko‘rmagan ekanman. 
Haqiqatan ham, shunaqa. Nimaga deysizmi? 
Hozir aytaman. Avval, ana o‘sha mehr qayerda, 
qachon, qanday sharoitda paydo bo‘ladi – shular 
to‘g‘risida gaplashib olaylik.
Hazilkash Otikaning xushchaqchaq ovozi 
yangradi:
– O, ko‘zim chirog‘ining munavvar nuri, o‘zingiz 
aytib qo‘ya qoling, Otikangiz tasadduq!
– Yo‘q-yo‘q, Otikaxon, meni bu xijolatpazlikdan 
qutqaring. Bilasiz-ku, men o‘zim yaxshi bilmagan 
narsalar to‘g‘risida og‘iz ochmayman, – dedi 
Muqaddas qo‘llari bilan rad alomatini qilib.
– Qo‘ying, Otikaxon, bilmagan narsasini 
gapirishga majbur qilmaylik. Menimcha ham, 
bizning tishimiz o‘tadigan jo‘n narsaga o‘xshamaydi 
bu. Opoqimlardan iltimos qilaylik, o‘zlari aytib 
bera qolsinlar, – dedi Ra’no.


116
Saodat buvi qizlarga ko‘z yugurtirib, ularning 
ham nigohlarida shu ma’no borligini ko‘rdi. 
Chehrasini charaqlatib yuboradigan odatdagi 
jilmayish bilan qizlarga qarab chiqdi. Hammaning 
ko‘zi Saodat buvida edi, u dedi:
– Qaydam, mehr hammada ham bo‘lavermay-
digandek tuyuladi menga goho. Agar u iliqlik, 
issiqlik, yurak harorati, ishq-muhabbat otashi 
bo‘ladigan bo‘lsa, gumonimda ma’lum darajada 
haqiqat bor. Xudbin, sovuq, qo‘rs, kesaktabiat 
odamda mehr nima qilsin, bolalarim! Agar yurak 
o‘ti mehr-u muhab bat uchqunidan tutashgan o‘t 
bo‘ladigan bo‘lsa, menimcha, xuddi shunday! U 
holda gulxan cho‘p-xashaksiz o‘chib qolganiga 
o‘xshash, mehr ham yonilg‘isiz so‘nadi. Qalb 
gulxanining yonilg‘isi esa, fikrimcha, sevgi, 
sadoqat, vafo, ardoq, ko‘ngil pokligi, so‘nmas 
istak, tinimsiz intilishdir. Yuqoridagi ishtibo himiz 
haq bo‘lsa-yu, mehr har qanday yurakda pay do 
bo‘lavermasa, u holda qanday yurakda paydo 
bo‘ladi? Hozirgina aytdik: «Yurak o‘ti – mehr-u 
muhabbat uchqunidan tutashgan o‘t», deb. 
Demak, uning tomiri yoyilgan joy – yurak, unib-
o‘sishiga, gullab-yashnashiga, ravnaq topishiga 
ozuqa beradigan ham – yurak. Demak, hamma 
gap yurakning tozaligi va pokligida ekan. Kim 
bilsin, odam baxti va baxtsizligining ham siri 
shundadir. Illo:

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling