Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

Pok bo‘lsa yuraging – yuzing charog‘on, 
Qayga tushsa yo‘ling – yurgingdir ravon.


117
Demak, mehr ham shunday pok, shunday 
toza yurakda paydo bo‘ladi. Shuning uchun, 
jon qizlarim, yuraklaringizni pok tuting, mehr – 
kunduzlari quyoshingiz, kechalari to‘lin oyingiz 
bo‘lsin. Bilingki, yurakni pok tutishga, demak, 
yaxshi odam bo‘lishga, yaxshi yor, vafoli yor 
bo‘lishga, yaxshi umr yo‘ldoshi, sadoqatli yo‘ldosh 
bo‘lishga intilish zamirida juda katta baxt bor. 
Bu baxt – shaxs baxtigina emas, jamiyat baxti, 
ijtimoiy baxtki, bunday baxt yo‘lida jonni tasadduq 
qilsa arziydi.
Saodat buvi so‘zini shu yerda to‘xtatib, oldidagi 
qog‘ozlar ichidan nimanidir qidira boshladi. 
Hamma jim. Faqat Hilola bezovtadek. U o‘rtadagi 
sukunatdan foydalanib qo‘lini ko‘tardi. Saodat 
buvi o‘z ishi bilan bo‘lib, ko‘rmadi. Shundan keyin 
Hilola:
– Opoqi, mening savolim javobsiz qolib ketyapti-
da, – dedi holvasini zo‘rlab yedirgan Afandi singari.
Qizlar piqirlab kulib yuborishdi. Bu kulgi 
qog‘ozlarni titkilab o‘tirgan Saodat buvini boshini 
ko‘tarib qarashga majbur qildi. Hilolaning so‘zini 
eshitmagan ekan, shekilli, nima deysan, deb 
so‘ragan edi, Hilola savolini takrorladi. Saodat 
buvi boshini qimirlatib:
– Ha, esimda. Yana picha sabr qilasan shekilli, 
qizim, – dedi. Keyin qizlarga qarab gapira ketdi: 
– yana bitta muhim gap chiqib qoldi, qizlar, 
aytmasam bo‘lmaydi. Biz jamiyat baxti to‘g‘risida 
gapirganimizda, ba’zi odamlarga shaxsiy baxt 
inkor ostida qolayotgan dek ko‘rinadi. Yo‘q, 
unaqa emas, ma’lumki, donolar ta’limotida 


118
shaxsni jamiyat hujayrasi deyiladi. Agar jamiyat 
baxtli bo‘lsa, demak, shaxs ham baxtli, u ana 
shu baxtdan bahramand bo‘ladi. Shuning 
uchun yangi kelin tushgan xonadonida kuyovi, 
qaynana-qaynatasi va boshqa oila a’zolari bilan 
birlikda, bir yoqadan bosh chiqarib, inoq-totuv 
yashasa, buguni, ertasi va kelajagi uchun suvdan 
ham, havodan ham zarur oila baxtini qidirsa, 
uni topish yo‘lida jon kuydirsa, katta-kichik 
bilan muomala va mukolamada kelinchaklarga 
yarashgan chiroyli tavozeda bo‘lsa, buning oqibati 
qand-u novvot, aylanaylar. «Tuyaga yantoq kerak 
bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zadi» degan maqol ham bor 
xalqimizda. A, bor, a? Ha, barakalla, bor. Senga 
ishq-muhab batini, hurmat va e’tiborini poyondoz 
qilib xonadoniga katta umid bilan olib kirgan 
yigit oldiga shunchaki o‘ynab-kulish uchun 
emas, yo‘q, qizlarim, o‘sha yerda tomir yoyish, 
baxt topish uchun borganing hamma vaqt ko‘z 
o‘ngingda bo‘lsin. Demak, shu niyatda kelibsanmi, 
tamom, niyatingning ustidan chiq, o‘zingni o‘tga 
urib bo‘lsa ham, suvga tashlab bo‘lsa ham 
niyatingga yetish. Yo‘q, aylanay qizlarim, bersang 
– yeyman, bermasang – o‘laman qabilida tepsa 
tebranmay, bez bo‘lib, kesak bo‘lib olsanglar 
– turmush bo‘lmaydi. Bunaqa fe’lli kelin uzoq 
turmaydi, turmushi buziladi. To‘g‘ri, yangi joy
yangi muhit, yangi odamlar kelinchakni ba’zan 
dovdiratib ham qo‘yadi. Ayniqsa, qaynanasining 
tili achchiq, o‘zi injiq bo‘lsa. Bunday paytlarda 
kelinchakdan lozimi – o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, 
umidsizlikka tushmaslik, qaynananing qattiq 


119
so‘zlarini og‘ir olmaslik, aksincha, uning fe’l-
atvorini, xarakterini, nimani yoqtirishi-yu, nimani 
yoqtirmasligini obdan bilib olib, shunga qarab ish 
tutishlik. Bu talab, albatta, og‘ir. Hatto, ba’zan 
toqat qilib bo‘lmaydigan darajada fojiali ko‘rinishi 
mumkin. Xuddi mana shu «hayot qil ko‘prigi»dan 
eson-omon o‘ta olgan kelinchakkina baxtini topib, 
uvali-juvali bo‘lib ketadi. Har dam yeb yuboradi-
gandek ko‘ringan qaynananing u yengidan kirib 
bu yengidan chiqa bilgan, ko‘nglidagini topib 
gapiradigan, uy-ro‘zg‘or ishlarini saranjom-
sarishta qiladigan kelinni qaynanasi yalmog‘iz 
bo‘lganda ham yeb tashlamaydi. Yo‘q, Hilola, 
yeb tashlamaydi. Aksincha, aql-idroki, yaxshi 
muomala va mukolamasi bilan sehrlab olgan 
kelinga qaynana mehribon ona, dono maslahatgo‘y, 
samimiy g‘amxo‘r murabbiy bo‘lib qoladi. Bu juda 
katta baxt. Lekin bu osonlik bilan qo‘lga kiradigan 
baxt emas. Bunga erishish uchun sabr, sabr va 
yana sabr-toqat kerak. Shu ma’noda gul haqida 
aytilgan bir hikmat bor: «Gul tikan zahriga 
chidash bermaganda, hecham gul bo‘lmas edi», 
deyiladi. Haqiqatan ham, hayotda gul bag‘riga 
sanchilgan tikanga o‘xshash nashtarlar urilib 
turadi yuragimizga. Chidasak – gul bo‘lamiz, 
chidamasak – yona-yona kul bo‘lamiz.
– «Sabr qilsang – g‘o‘radan halvo bitar, besabrlar 
o‘z oyog‘idan yitar» degan maqolimiz ham bora, 
opoqi, – dedi Shijoat o‘tirgan yeridan sal boshini 
ko‘tarib.
 – Bor, qizim, bor. Innaykeyin: «Qizim, senga 
aytaman, kelinim, sen eshit», degan pichingli 


120
maqolimiz ham bor. Ividiq, ivirsiq kelinchaklarga 
qaratib aytilgan yashirin ta’na emasmikan bu?
Qizlar javobga ojizmidi yo tortinishdimi, bir-
birlariga qaray boshlashgan edi, shaddod Otika 
boshini bir yoniga qiyshaytirib, labini burdi.
– Eh, opoqijon-a, shunaqa shamalarga ham 
bardosh berishimiz zarurligi qalamda ketgan 
bo‘lsa, nachora, bardosh beramiz-da, – dedi u 
kulgili qilib.
Qizlar sharaqlab kulib yuborishdi. Saodat buvi 
kulgi tugagach, Hiloladan so‘radi:
– Sen nima deysan, bardosh berish kerakmi yo 
qaynanam yeb tashlaydi, deb qochvorish kerakmi?
Hilola birdan qizarib ketdi. Keyin o‘zini bosib:
– Yo‘-o‘q, bardosh beramiz, – dedi-da, bir fursat 
labini tishlab turgach, asta qo‘shib qo‘ydi: – Boyagi 
savolimga ham javob oldim, rahmat, opoqi.
– Unday bo‘lsa, – dedi Saodat buvi oldidagi 
qog‘ozlardan birini qo‘liga olib, – unday bo‘lsa, 
bugungi suhbatimizni ham, odatdagidek, bir band 
she’r bilan tugatamiz:
Qanoatning tubimish – zar-u oltin, 
Qanoat qilgan xotin – oltin xotin!


121

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling